Iyunda payme ilova dizaynini yangilandi. Funksiyalar o‘z joyida qoldi, lekin foydalanish qulayroq bo‘ldi. Nimalar o‘zgarganini birga ko‘rib chiqamiz.

Redizayndan keyin ilovani birinchi marta ochganingizda, o‘zgrishlarni ko‘rasiz

Mobil aloqa va boshqa xizmatlar qayerda to‘lanadi

To‘lov, o‘tkazmalar va Scan & GO tugmalari eng ko‘zga ko‘rinadigan joyga — ekran markaziga joylashtirildi. 

“To‘lash” tugmasi orqali barcha xizmatlar bor. Uni bossangiz, xizmatlar katalogi, oxirgi va tez-tez qilinadigan to‘lovlar, joyida to‘lash, MIB jarimalari va 10 kunlik to‘lovni kechiktirish funksiyasini ko‘rasiz.

“To‘lash” bo‘limida xizmatlar katalogi, joyida to‘lash, tez-tez qilinadigan to‘lovlaringiz va jarimalar bor

Pul o‘tkazish usuli

“O‘tkazish” tugmasi endi ekran markazida joylashgan. Pastda “Kimga o‘tkazish” maydoni bor. Ikkala usul ham ishlaydi. Istagingizga qarab qulayini tanlang.

Bo‘limda yaqinda pul yuborilganlar ro‘yxati endi vertikal ko‘rinishda. Bu kerakli ismni topishni osonlashtiradi. Kartalaringiz orasida pul o‘tkazish tepada joylashgan. Uni qidirib o‘tirmaysiz.

Oxirgi o‘tkazmalar ro‘yxati qulaylashdi

GO va QR-kod skaneri endi bitta joyda

GO bilan to‘lash va do‘konlarda QR-kodlarni skanerlash bitta tugma orqali qilinadi. Servis yordamida Korzinka yoki Bloom kabi do‘konlarning bonus kartalarini skanerlab, payme’da saqlab qo‘yish mumkin. payme orqali sotib olinsa bonuslar avtomatik tarzda yig‘ilib boradi.

Ilovada skaner orqali to‘lash, sodiqlik kartalarini qo‘shish va hamkor kartalarini ochish mumkin
Ba’zi do‘kon kartalarida balans va bonuslar ko‘rinadi

Kommunal to‘lovlar

“Mening uyim” kommunal to‘lovlar servisi shaxsiy vazifalar lentasida bo‘ladi. U yuqorida, uchta asosiy tugma ustida joylashgan.

Shu yerda siz tez-tez kiradigan boshqa servislar ham chiqadi. Masalan, “Keyinroq to‘lash” va boshqa funksiyalar. Ko‘p ishlatadigan narsalaringiz endi doim qo‘l ostingizda bo‘ladi.

“Mening uyim” — yangi ko‘rinishi

Chipta sotib olish va monitoring o‘z joyida qoldi

Avia va kino chiptalari yo‘qolmadi. Ular ekran markazidagi uchta asosiy tugma ostiga ko‘chirildi. Xarajatlarni kuzatish qulay bo‘lishi uchun monitoring asosiy ekrandagi joyida qoldi. payme plus obunasi boshqa tugmalar yoniga o‘tdi. Shunda servislarni boshqarish osonroq bo‘ladi.

Xarajat va tushumlar monitoringi yanada qulay bo‘ldi. Grafika orqali hammasini ko‘rish mumkin

Ilovaga foydali maqolalar qo‘shildi

Endi sizning sevimli pul haqidagi mediangiz — nechpul yanada yaqinroq bo‘ldi. Maqolalarni endi payme ilovasining o‘zida, pastki qismda o‘qish mumkin. U yerda O‘zbekistonda nima, qayerda va qancha turishi haqida eng qiziqarli maqolalarni topasiz. Hammasini endi payme’ning o‘zida o‘qish mumkin.

Maqolalar lentasi doim yangilanib turadi. Masalan, qalbaki dorini tekshirish, maxsus kofeni qayerdan izlash yoki rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qiladigan qulay ilovalarni topish haqida o‘qishingiz  mumkin.