Qidiruv tizimlari

Google Translate va Yandex tarjimon

Qisqa gap, sayt sahifasi yoki matnni chuqurlashmay tarjima qilish kerak bo‘lganda yordam beradi. Ular oddiy, kundalik so‘zlarni yaxshi tarjima qiladi. Lekin ba’zi iboralar va ohangni so‘zma-so‘z yetkazadi, shuning uchun muhim matnlarni qayta o‘qib tekshirish kerak.

Formatlar: matn, hujjatlar, brauzer sahifalari, saytlar, rasmlar va skrinshotlar.

Afzalliklar: brauzerda butun sahifalarni tarjima qilish va rasm tarjimasi. O‘zbek lotin va kirill alifbosi bor. So‘zlar va iboralar variantlarini tez solishtirish mumkin.

Narxi: bepul.

UzbekVoice AI

Nutqni onlayn tarjima qilib, tekstga aylantiradi. Audio va video bilan ham ishlaydi. Transkript, tarjima yoki subtitrlar olib, ularni tezda tahrirlash kerak bo‘lsa, yordam beradi.

Formatlar: nutq, matn, audio, video.

Afzalliklar: aralash o‘zbek-rus nutqini taniydi. Matnni nutqqa o‘giradi, ovozni tanlash mumkin. Spikerlarni aniqlaydi, subtitrlarni yaratadi va ularni tahrirlash imkonini beradi. Bir vaqtda 30 tagacha so‘rovni ko‘rib chiqishi mumkin. 

So‘zlarni vaqt bo‘yicha belgilash mumkin. Kerakli yozuv parchasini tezda topib, tarjima qilib, tahrirlay oladi

Narxi: Matn — 1000 ta belgiga 500 so‘mdan. Audio yoki video — daqiqasi 450 so‘mdan. Ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnomani to‘ldirish uchun 10 000 so‘m bonus beriladi.

Tilmoch AI

Turkiy tillarga mo‘ljallangan onlayn tarjimon. Matn yoki hujjatni tarjima qilib, gaplar tuzilishini tezda tekshirish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Servisda, mos ma’noni tanlash uchun so‘zlarning misollari keltirilgan. 

Servis tarjimani badiiy uslubda qiladi, lekin koʻchma maʼnoli so‘zlarni tushunmaydi

Formatlar: matn, hujjatlar, PDF fayllar.

Afzalliklar: 9 ta tilni biladi: qoraqalpoq, turk va ingliz tillarini ham. Turli kontekstlardagi so‘zlar tarjimasi variantlarini ko‘rish mumkin. O‘rnatilgan sun’iy intellekt yordamida tayyor tarjimani yaxshilasa bo‘ladi.  

Narxi: limitli bepul tarif bor: har bir matn tarjimasi uchun 1000 tagacha belgi, 10 ta atamali glossariy va 25 000 tagacha belgili 1 ta fayl tarjimasi. Qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘lgan pullik tariflar, oyiga 4$ yoki 15$ turadi.

Salom AI

O‘zimizning dasturchilar yaratgan tarjimon. Sun’iy intellekt -chat platformasi ham bor. Servis hali yangi, maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari bor. 

Mobil ilova ham bor, hozircha faqat IPhone’da ishlaydi. Foydalanishdan oldin shartlar bilan tanishib chiqish kerak. Begonalarga oshkor qilmaydigan hujjatlar va ma’lumotlarni chatga yubormang.  

Platforma faqat o‘zbek tilida ishlaydi. Esda tuting: agar suhbatni rus tilida boshlasangiz u, o‘zbek tiliga o‘tmay rus tilida gaplashishni davom etadi

Format: matn, hujjatlar.

Afzalliklar: matn va audio bilan ishlaydi, ingliz va rus tillariga tarjima qiladi. Ikkita modelga ega— tezkori va rivojlangani. 

Narxi: kuniga 5 000 tagacha belgi limiti bo‘lgan bepul tarif bor. Qo‘shimcha limit va imkoniyatlar bo‘lgan pullik tariflar 3 ta: oyiga 29 000, 59 000 va 299 000 so‘m.

Chat GPT

Tarjima qilib, matnni darhol kerakli ko‘rinishga keltiradigan universal yordamchi. Qayta ifodalaydi, muloyimroq, qisqaroq, oddiyroq yoki rasmiyroq qilib beradi. Fayl yoki skrinshotni yuklab, tarjima qilishni so‘rash mumkin.

Formatlar: matn, fayllar, rasmlar va skrinshotlar.

Afzalliklar: tarjima uslubi va ohangini belgilab, bir nechta variantni so‘rash mumkin. Modellar ko‘p tilli ma’lumotlarga ega. Qaysi tilda yozsangiz o‘sha tilda javob qaytaradi.

Chat, koʻchma maʼnoli so‘zlarni tushunadi va bir nechta tarjima variantlarini beradi

Narxi: bepul versiyasi bor, lekin xabarlar va funksiyalar cheklangan. Kuniga 10 tagacha xabar yuborish va 3 ta fayl yuklash mumkin. Bu limit qisqa va o‘rtacha tarjimalar uchun yetarli. Shaxsiy foydalanish uchun pullik paketlar narxi oyiga 5 $ dan 200 $ gacha bo‘ladi.

Servislarni Visa TBC Salom kartasi bilan to‘lang

Karta, Visa bor bo‘lgan butun dunyo bo‘ylab ishlaydi. Xaridlar uchun bank shartlariga ko‘ra keshbek qaytariladi. Hisobdagi qoldiqqa esa yillik 12% beradi. Agar sizda hali Salom Visa kartasi bo‘lmasa, uni ochish vaqti keldi. Chiqarish va yetkazib berish bepul.

Visa Salom’ga buyurtma berish