Rassvet

Bu yerga uy hayvonlari bilan kelish mumkin, ichimliklar tanlovi katta. Nonushtalarni soat 16:00 gacha buyurtma qilsa bo‘ladi, chorshanbadan yakshanbagacha soat 16:00 dan keyin kechki menyu bor. Dam olish kunlari qahvaxonada multfilmlar va kino namoyishlari tashkil etiladi. 

Bahorgi menyudagi ajoyib ichimlik: Qulupnayli yoki sitrusli mon-blek (Mont-black). Narxi — 350 ml uchun 75 000 so‘m. Tarkibi: filtr-kofe, mevali pyure va qaymoqli “shapka”.


Espresso narxi: 35 000 so‘m
Wi-Fi va rozetkalar: Bor
Kofedan tashqari: Choy, limonadlar, kakao, desertlar, pishiriqlar, nonushtalar, tushlik va asosiy taomlar.

Manzil: Chimkent ko‘chasi, 17.

“Rassvet” nonushtasi. Manba: Instagram “Rassvet”

Beanberry

Bu katta kofe xaritasi bo‘lgan kofe-butik. Bu joy 7:30 dan boshlab ishlagani uchun nonushta qilishga juda qulay. Kofe donlari Kolumbiyadan keltiriladi. Ekzotik tanlov sifatida mokkachino yoki shokoladli sirop qo‘shilgan kapuchinoni olsa bo‘ladi. Uni xohishingizga ko‘ra oddiy yoki o‘simlik sutida tayyorlab berishlari mumkin. 300 ml uchun narxi — 52 000 so‘m. 

Espresso narxi: 30 000 so‘mdan boshlanadi
Wi-Fi va rozetkalar: Bor 

Kofedan tashqari: Choylar, smuzi, freshlar, limonadlar, sutli kokteyllar, nonushtalar, birinchi va ikkinchi taomlar, rollar, bolalar menyusi, pishiriqlar va desertlar. 

Manzil: Maxatma Gandi ko‘chasi, 14.

Tiramisu latte ko‘rinishi. Manba: instagram Beanbery

Master Coffee

Qozog‘istondan kelgan qahvaxonalar tarmog‘i keng ichimliklar tanlovi va shinam interyeri bilan ajralib turadi. Bu yerda filtr-kofe, masalan, batch-bryu (batch-brew) ichish, mevali qo‘shimchalari bor sovuq kofelarni tatib ko‘rish mumkin. Bu yerda qadoqlangan kofe donlari ham sotiladi — 250 gramm uchun 250 000 so‘m. 

Espresso narxi: 27 000 so‘m
Wi-Fi va rozetkalar: Bor
Kofedan tashqari: Choylar, limonadlar, desertlar. 

Manzil: Mirobod ko‘chasi, 27/7 va Maxtumquli ko‘chasi, 114. 

Qahvaxonada kofening turlari juda ko‘p. Manba: instagram Master Coffee
Kofe uchun to‘lovni payme orqali qiling

Qahvaxonalarda payme ilovasi orqali to‘lov qilish mumkin — buning uchun naqd pul yoki karta kerak emas. Agar “Hammasi ichida” tarifidagi payme plus obunasini yoqqan bo‘lsangiz, har bir to‘lovdan sizga 1% keshbek qaytadi

payme plus’ni yoqish

Coffee Nation

Bu yerda Lungo kofesi bor. U damlanish usuli bilan oddiy qora kofedan farq qiladi. Yana menyuda o‘ziga xos ichimliklar ham bor, masalan, qovun va bergamotli latte.  Bundan tashqari, stol o‘yinlarini o‘ynash, mahalliy rassomlarning asarlarini sotib olish va uyda damlash uchun kofe donlarini sotib olish mumkin — narxi 250 gramm uchun 89 000 so‘mdan boshlanadi. 

Espresso narxi: 30 000 so‘m
Wi-Fi va rozetkalar: Bor
Kofedan tashqari: Choylar, kombucha, desertlar, sendvichlar va pishiriqlar. 

Manzil: Afrosiyob ko‘chasi, 14/1. 

Bahoriy ob-havoda kofeni terrasada o‘tirib ichsa bo‘ladi. Manba: instagram Coffee Nation

Shavi Coffee

Gruziya qahvaxonasi kofe donlarini Indoneziya, Efiopiya va Kolumbiyadan olib keladi. Qahvaxona shaharning tarixiy markazida joylashgan, ertalabki soat 8:00 dan ochiladi. Bu yerda espresso va filtr-kofedan iborat kofe-setni tatib ko‘rish mumkin — uning narxi 45 000 so‘m. Yana uyda damlash uchun kofe donlari sotiladi — 250 gramm uchun 250 000 so‘m. 

Espresso narxi: 28 000 so‘m
Wi-Fi va rozetkalar: Bor
Kofedan tashqari: Choy, limonadlar, pechenye va piroglar

Manzil: Buxoro ko‘chasi, 26 

Uch xil kofedan iborat kofe-set ko‘rinishi. Manba: instagram Shavi Coffee