Nikoh shartnomasi o’zi nima va u nimaga kerak?

Nikoh shartnomasi — bu, er-xotinlar kimga nima tegishli ekanini kelishib oladigan hujjat: xonadon, mashina, biznes, kreditlar yoki hatto to‘y sovg’alari. Bundan tashqari hozir mavjud bo‘lgan va kelajakda paydo bo‘ladigan mulkni oldindan taqsimlash mumkin. 

Shartnomani istalgan vaqtda — to‘ydan oldin ham, keyin ham tuzish mumkin. Ajrim yoki nizoda sud nafaqat umumiy qonunni, balki nikoh shartnomasi shartlarini ham hisobga oladi.

Qonunga ko‘ra, nikohda sotib olingan barcha narsalar umumiy hisoblanadi. Sud kim ko‘proq pul topgani, kimning nomiga xonadon yoki mashina rasmiylashtirilganiga qaramaydi — hammasi ikkiga bo‘linadi.

Siz o‘zingizniki deb hisoblagan va nikohdan oldin sotib olgan narsalar ham, agar bu mulkka umumiy pul yoki mehnat sarflangan bo‘lsa, umumiy hisoblanish mumkin. Masalan, siz to‘ydan oldin xonadon sotib oldingiz, lekin keyinchalik uni birgalikda ta’mirladingiz. Yoki siz ishlab pul topardingiz, xotiningiz esa ro‘zg’or bilan shug’ullanardi. Bunday hollarda sud mol-mulkka ikkovining ham sa’y-harakatlari sarf qilinganligini e’tirof etishi va uni taqsimlashi mumkin.

Slide 1
Nikoh shartnomasini qanday tuzishni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun biz namuna tayyorladik. Qulaylik uchun PDF ko‘rinishi ham bor, uni yuklab olish mumkin.
Slide 2
Nikoh shartnomasini qanday tuzishni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun biz namuna tayyorladik. Qulaylik uchun PDF ko‘rinishi ham bor, uni yuklab olish mumkin.
Slide 3
Nikoh shartnomasini qanday tuzishni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun biz namuna tayyorladik. Qulaylik uchun PDF ko‘rinishi ham bor, uni yuklab olish mumkin.
Slide 3
Nikoh shartnomasini qanday tuzishni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun biz namuna tayyorladik. Qulaylik uchun PDF ko‘rinishi ham bor, uni yuklab olish mumkin.
Slide 3
Nikoh shartnomasini qanday tuzishni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun biz namuna tayyorladik. Qulaylik uchun PDF ko‘rinishi ham bor, uni yuklab olish mumkin.

Nikoh shartnomasini qanday tuzishni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun biz namuna tayyorladik. Qulaylik uchun PDF ko‘rinishi ham bor, uni yuklab olish mumkin.

Keyinchalik kim qancha pul sarflaganini sudda isbotlamaslik uchun nikoh shartnomasida barchasini oldindan yozib qo‘ygan ma’qul. U, mulkni adolatli taqsimlashga va nizolarga duch kelmaslikga yordam beradi.

Nikoh shartnomasi qachon asqotishi mumkin?

Nikoh shartnomasi turli vaziyatlarda foydali: ko‘chmas mulk, biznes, sovg’alar yoki kreditlarni bo‘lishda.

Masalan, to‘yingizga ota-onangiz xonadon sovg’a qilishdi. Ota-onalar tomonidan sarmoya teng bo‘lmagan taqdirda ham, masalan, bir oila 300 million so‘m, boshqasi esa 100 million so‘m bergan bo‘lsa — nikoh shartnomasi bo‘lmasa, uy-joy umumiy deb tan olinadi va ikkiga bo‘linadi. Ajrim paytida hisobga olinishi uchun shartnomada haqiqiy ulushlarni ko‘rsatish mumkin.

Yoki to‘ydan oldin biznesingiz bor edi. Biznesning o‘zi shaxsiy bo‘lib qoladi, lekin nikoh paytida u keltiradigan foyda umumiy hisoblanadi. Bu pulga sotib olinadigan barcha narsalar: xonadon, mashina, dala hovli, texnika, mebel ham umumiy mulk. Nikoh shartnomasida bunday xaridlarni qanday taqsimlashni oldindan belgilash mumkin: masalan, bitasiga xonadon, boshqasiga mashina.

Shuningdek, shartnomada har kim o‘z qarzlari uchun o‘zi javob berishini oldindan belgilash mumkin. Shunda ajrim paytida turmush o‘rtog’ingizning qarzlarini to‘lamaysiz.

Nikoh shartnomasida nimalarni yozib bo‘lmaydi?

Nikoh shartnomasi faqat moddy masalalarga taalluqli. Bu masaladan tashqaridagi barcha narsalar haqiqiy emas, chunki ular er-xotin va bolalarning huquqlarini buzishi mumkin.

Shaxsiy hayot. Kechki ovqatni kim tayyorlashi, axlatni kim olib chiqishi yoki munosabatlar qanday bo‘lishini yozib bo‘lmaydi. Bu shaxsiy kelishuvlar, ular yuridik kuchga ega emas.

Bolalar haqida. Ajrimdan so‘ng bolalar qayerda yashashi, ota-onadan biri ular bilan qanchalik tez-tez ko‘rishishi va kim qancha aliment to‘lashi nikoh shartnomasi bilan emas, balki alohida kelishuv yoki sud orqali hal qilinadi.

Huquq va erkinliklar. Turmush o‘rtoqni ishda, yashash joyida, muloqotda cheklash yoki ajrimdan so‘ng yana uylanish yoki turmushga chiqish huquqiga ega emasligini belgilash mumkin emas. Bunday bandlar amal qilmaydi.

Qonuniy kafolatlar. Er-xotindan birini ta’minot olish huquqidan mahrum qilish yoki umuman mol-mulksiz qoldirish mumkin emas, ayniqsa u mehnatga layoqatsiz bo‘lsa. Bunday shartnomani notarius tasdiqlamaydi yoki sud haqiqiy emas deb topadi.

Nikoh shartnomasini qanday tuzish mumkin?

O‘zaro kelishib oling. Shartnoma sizga nima uchun kerakligini va aynan nimani mustahkamlamoqchi ekanligingizni muhokama qiling: xonadon kimga tegishli, kelajakdagi xaridlar qanday taqsimlanadi, kreditlar va katta xarajatlar bilan nima qilish kerak.

Matnni tayyorlang. Shartnomani o‘zingiz yozishingiz, huquqshunosdan so‘rashingiz yoki notariusda tuzishingiz mumkin. Agar birinchi nusxani o‘zingiz tayyorlayotgan bo‘lsangiz, uni mutaxassisga ko‘rsatib, bahsli yoki yaroqsiz joylarini olib tashlaganingiz ma’qul.

Shartnomani notariusda tasdiqlang. Shartnoma albatta notarius tomonidan tasdiqlanadi, busiz u haqiqiy emas. Ikkingiz kelishingiz kerak, siz uchun hech kim imzo qo'ya olmaydi. Pasport oling, agar turmush qurgan bo‘lsangiz, nikoh guvohnomasini ham oling. Agar shartnomada xonadon, mashina yoki boshqa mol-mulk haqida so‘z borsa, ularning hujjatlari ham kerak.

Nikoh shartnomasini tasdiqlash xizmati bepul. Faqat matnni tayyorlashda yordam pullik bo‘lishi mumkin bu ham agar buyurtma bersangiz,

Er-xotin bo‘lsangiz, shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar to‘ydan oldin rasmiylashtirgan bo‘lsangiz, u nikoh qayd etilgan kundan boshlab amal qila boshlaydi. To‘y bekor qilinsa, shartnoma kuchga kirmaydi.

Nikoh shartnomasini notariusda istalgan vaqtda o‘zaro kelishuvga ko‘ra o'zgarish yoki bekor qilish mumkin.

Qisqa: nima uchun nikoh shartnomasi bo‘lmaganidan bo‘lgani yaxshiroq?

Nikohda sotib olingan barcha narsa avtomatik ravishda ikkiga bo‘linmaydi. Shartnomada kimga xonadon, mashina yoki boshqa xaridlar tegishini darhol belgilab olish mumkin.

Qarzlar umumiy bo‘lmaydi. Har kim faqat o‘z kreditlari va qarzlari uchun javob berishi haqida yozish mumkin.

Nikohgacha bo‘lgan mulkingiz sizniki bo‘lib qoladi. Unga birgalikdagi pul yoki mehnat sarflangan bo‘lsa ham, shartnoma sizga mulk huquqini saqlab qolishga yordam beradi.

Kamroq nizolar va asablar. Sud shartnoma shartlarini hisobga olgan holda mol-mulkni umumiy qoida bo‘yicha emas, balki shartnoma bo‘yicha taqsimlaydi.