“Futbolchining narxi” degani o‘zi nima?
Futbolchi “100500 million yevro turadi” deyishganda, aslida uning bozor qiymati nazarda tutiladi. Bu futbolchining hozir qanchaga baholanayotganining taxminiy ko‘rsatkichidir. Bunday narxlarni futbol statistikasi va futbolchilarni taqqoslaydigan yirik futbol saytlari e’lon qiladi. Eng mashhurlaridan biri — Transfermarkt.

Futbolchi boshqa klubga o‘tganda bir klub ikkinchisiga to‘laydigan pul bu transfer summasi. Futbolchining bir klubdan boshqasiga o‘tishi esa transfer deyiladi. Transfer summasi bozor narxidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Bu kelishuv shartlariga bog‘liq.
Futbolchining bozor narxiga odatda bir necha omillar ta’sir qiladi. Masalan uning yoshi, salohiyati va barqarorligi, ya’ni uzoq vaqt yaxshi formada bo‘lishi yoki muntazam maydonga tushishi. Chempionatlardagi natijalar, klubning darajasi va pozitsiyaga bo‘lgan talab ham muhim.
Agar futbolchi muntazam yuqori saviyada o‘ynasa, ligada ko‘zga tashlansa va o‘sishda davom etsa, uning bozor qiymati ham oshib boradi.
Transfer summasi esa ko‘proq muzokaralarga bog‘liq. Bunda shartnoma muddati va klubning muzokara jarayonidagi pozitsiyasi juda muhim: agar o‘yinchining shartnomasi tugashiga hali bir necha yil bo‘lsa va klub uni qo‘yib yuborishni istamasa, narx odatda yuqoriroq bo‘ladi. Agar shartnoma muddatiga oz qolgan bo‘lsa, klub uchun o‘yinchini tekinga qo‘yib yuborgandan ko‘ra, arzonroqqa sotish foydaliroq bo‘ladi.
Shuningdek, futbolchi narxi bir nechta klub u uchun raqobatlashganda o‘sadi va liga qoidalari, masalan, legionerlar uchun limitlar yoki mahalliy maqomga ega o‘yinchilarga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Va albatta, xaridor klubning byudjetiga ham: bu klub umuman o‘yinchi uchun qancha sarflay olishi mumkinligini belgilaydi.
Masalan, o‘yinchining bozor qiymati — 5 million yevro. Agar uning shartnomasi tugashiga hali 2–3 yil bo‘lsa va u uchun bir nechta klub kurashayotgan bo‘lsa, transfer summasi 8–12 million yevrogacha ko‘tarilishi mumkin. Agar shartnoma tugashiga 6–12 oy qolgan va klub o‘yinchini tekinga qo‘yib yuborishi mumkin bo‘lsa, uni 2–4 million yevroga, ya’ni bozor qiymatidan pastroq narxga sotib yuborishlari mumkin.
Bizning futbolchilar qancha turadi?
Terma jamoaga ko‘pincha o‘z klubida muntazam o‘ynaydigan va yaxshi formada bo‘lgan futbolchilar chaqiriladi. Shu sababli, bozordagi eng qimmat o‘yinchilar kuchli ligalar va top-jamoalarda o‘ynashadi.
Terma jamoamizning eng taniqli futbolchilari — bu Abduqodir Xusanov, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov.
Abduqodir Xusanov — 35 million yevro

Abduqodir Xusanov 21 yoshda, u “Manchester City” jamoasi markaziy himoyachisi. 2025-yilning yanvar oyida u Fransiyaning “Lans” klubidan ketib “shaharliklar” safiga qo‘shildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv summasi bonuslar bilan birga taxminan 40 million yevroni tashkil etgan.
Abbosbek Fayzullayev — 7 milllion yevro
.webp)
Abbosbek Fayzullayev 22 yoshda, u “Istanbul Bashakshehir” va O‘zbekiston terma jamoasi qanot hujumchisi. Faoliyatini “Paxtakor” tizimida boshlagan, keyin SSKA safida o‘ynagan, 2025-yilning yozida esa “Bashakshehir”ga o‘tgan. Transfer summasi — 7,5 million yevro atrofida.
Eldor Shomurodov — 7 million yevro

Eldor 30 yoshda, u hujumchi va O‘zbekiston terma jamoasi sardori. Klub miqyosida ijara asosida “Istanbul Bashakshehir”da o‘ynaydi — ya’ni, shartnomasi Italiyaning “Roma” klubiga tegishli va u turk klubida vaqtincha to‘p surmoqda. 2021-yilda “Roma” uni “Jenoa”dan taxminan 17,5 million yevro va bonuslar evaziga sotib olgan. Ammo hozirda o‘yinchining yoshi, formasi va klubdagi roli sababli uning bozor narxi pastroq.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Tarkibda jahon bozorida yuqori baholanadigan kuchli o‘yinchilar bor. Terma jamoamizni kuzatib boramiz va albatta, omad tilaymiz.
*Keltirilgan narxlar maqola chop etilgan vaqt uchun aktual hisoblanadi
Agar o‘yinlarni stadionda jonli ko‘rmoqchi qilmoqchi bo‘lsangiz, chempionat uchun chiptalarni olish vaqti keldi. Bormasangiz ham, hech bo‘lmasa do‘stlaringiz bilan futbol o‘ynang. Siz uchun Toshkentda futbol o‘ynash mumkin bo‘lgan maydonlar ro‘yxatini tayyorladik.

