Ocean Park

Yosh: 1 yoshdan
Manzil:
Zargarlik ko‘chasi, 10a, Globus Mall
Narx:
bola uchun kun bo‘yi — 90 ming so‘mdan. Barcha attraksionlar uchun cheksiz kirish — 200 ming so‘m. bepul, ikkinchisi — 10 ming so‘m

Kichkintoylar uchun qum maydonchalari, konstruktorli o‘yin xonalari, karusel va arg‘imchoqlar bor. Kattaroq bolalar esa batutlar, sirpanma, skalodrom, ziplayn va kartingda vaqt o‘tkazishi mumkin. Manba: Ocean Park Instagram sahifasi

Ocean Park — turli yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar park. Tug‘ilgan kunni faol formatda o‘tkazish mumkin: bolalar o‘ynaydi, yuguradi, zonalar orasida bemalol almashadi, kattalarga esa alohida dastur o‘ylab topish shart emas.

Dam olish kunlari turli shoular bo‘lib o‘tadi, masalan, “TikTok party” yoki “Qaroqchilar sarguzashti”. Bayramni alohida buyurtma qilish ham mumkin: animatorlar, shou va menyu bilan. Bayram menyusiga chegirma beriladi, tug‘ilgan kun egasi esa bepul kiradi.

Agar guruhda yosh farqi katta bo‘lgan bolalar bo‘lsa, enaga xizmatidan foydalanish mumkin: kichkina bola qarov ostida qoladi, kattalar esa bemalol o‘ynaydi.

Ribambelle

Yosh: 3 yoshdan
Manzil:
Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy, Tashkent City Mall, 3-qavat
Narx:
tanlangan menyu va bayram formatiga bog‘liq, stolni band qilganingizda aniqlashtiriladi

Bu yerda bir nechta o‘yin zonalari joylashgan. Kichkintoylar uchun ota-onalar nazoratida alohida hudud, kattaroq bolalar uchun uycha, sirpanma va sharli hovuzdan iborat mini-shahar, shuningdek, verandada yumshoq o‘yin maydoni bor. Manba: Ribambelle Instagram sahifasi

Ribambelle — bolaga chiroyli tug‘ilgan kun qilishni xohlaydigan, lekin tashkiliy ishlar bilan bosh qotirmaydiganlar uchun qulay variant.

Xohishga qarab turli shoular buyurtma qilsa bo‘ladi. Masalan “Ko‘zguli odamlar” yoki “Sovun pufaklari”. Multfilm qahramonlari ishtirokidagi animatorlar ham bor. Tug‘ilgan kun egasi uchun sevimli qahramoni shaklida tort tayyorlab berishadi. Suratga tushish uchun alohida fotohudud ham ajratilgan.

Oilaviy tug‘ilgan kunlar uchun ayni mos variant.

Legopard

Yosh: 3 yoshdan
Manzil:
Yunusobod tumani, 12-mavze, 20A
Narx:
10 nafar bola uchun 3 soat — 2 mln so‘m. Har bir qo‘shimcha bola — 100 ming so‘m. Bandlash uchun 500 ming so‘m depozit kerak

Dasturda turli master-klasslar bor: modellarni yangilash, Lego-multfilm qilish, kubiklardan rasmlar yig‘ish, robototexnika va arxitektura asoslari bilan tanishish. Katta maketlar va ekspozitsiyalar ham mavjud. Manba: Legopard Instagram sahifasi

Legopard — Lego konstruktori asosidagi ijodiy makon. Bu yerda bolalar shunchaki o‘ynamaydi, balki o‘rganadi va o‘z syujetlarini yaratadi.

Bayram tinch va ijodiy formatda o‘tadi. Tadbir vaqtida o‘yin xonasi boshqa mehmonlar uchun yopiladi, bayram dasturxoni bezatiladi. Bolalar tayyor yo‘riqnoma bo‘yicha yoki o‘z fantaziyasiga tayanib konstruktor yig‘adi, keyin esa turli modellari bilan o‘ynaydi.

Mavzular juda ko‘p: “Garri Potter”, “City”, temir yo‘l, “Minecraft” va boshqa seriyalar. Ovqat va ichimliklarni menyudan buyurtma qilish yoki o‘zingiz bilan olib kelish mumkin.

Konstruktorlar, ijod va syujetli o‘yinlarni yaxshi ko‘radigan bolalar uchun mos.

Pix Quest

Yosh: 3 yoshdan
Manzil:
Furqat ko‘chasi, 23
Narx:
bitta ishtirokchi uchun 200 ming so‘m. 10 nafar bola uchun 2 soat — 2,2 mln so‘mdan

Pix Quest’da butun oila birga o‘ynashi va turnirlarda qatnashishi mumkin. Manba: pixquest.uz

Bu yerda tug‘ilgan kunni do‘stlar bilan birga nishonlash uchun interaktiv o‘yinlar tashkil qilinadi. Yorug‘li pol harakatlarga javob beradi, o‘yinlar esa jarayon davomida almashib turadi: “Pol — lava”, “Klassiklar”, “Yugurib o‘tish”, raqsli va jamoaviy vazifalar. Umumiy hisobda 50 ga yaqin ssenariy bor.

Bu formatda harakat ko’p, lekin xavfsiz. Bolalar yuguradi, sakraydi, jamoa bo‘lib o‘ynaydi. O‘yinlar turli yoshga mos, lider esa guruhga qarab ssenariylarni tanlaydi va jarayonni nazorat qiladi.

Bayramlar uchun hamma sharoit bor: choy ichish uchun alohida xona, musiqa, animator chaqirish imkoniyati, bezatish va dasturxon yozish. Faol o‘yinlardan keyin bolalar Play station yoki stol o‘yinlarida dam olishi mumkin.

SkyPark

Yosh: 3 yoshdan
Manzil:
Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy, Tashkent City Mall, 4-qavat
Narx:
bola uchun 310 ming so‘mdan 650 ming so‘mgacha, tanlangan tarifga qarab

SkyPark — yopiq katta ko‘ngilochar park. Bayram davomida bolalar zerikib qolmaydi. Kichkintoylar uchun yumshoq o‘yin zonalari, kattaroq bolalar uchun esa labirintlar, skalodromlar, ziplayn, katta sirpanmalar, VR-attraksionlar va jamoaviy o‘yinlar uchun kiber-arena bor.

SkyPark’ning o‘ziga xos jihati shundaki, bu yerda faqat yugurib-sakrabgina qolishmaydi. Ilmiy zonalar ham bor — u yerda tajribalar qilish va texnologiyalar bilan tanishish mumkin.

Dam olish kunlari va bayramlarda bolalar o‘zlari ishtirok etadigan shoular o‘tkaziladi: topshiriqlar bajarishadi, savollarga javob berishadi, bellashishadi. Tug‘ilgan kunni “kalit topshirish” formatida ham tashkil qilish mumkin: stol bezash, kosmik mavzudagi yengil taomlar, superqahramonlar libosidagi animatorlar, foto va video suratga olish xizmati. Agar guruhda kichik bolalar bo‘lsa, enaga xizmatidan foydalanish mumkin.

Key of Art

Yosh: 3 yoshdan
Manzil:
Shalola 1-tor ko‘chasi, 11
Narx:
bir kishi uchun 350 ming so‘mdan

Art-studiyada tug‘ilgan kunlar, oilaviy mahorat darslari, interaktivlar, art-patilar o‘tkaziladi. Manba: Key of Art Instagram sahifasi

Key of Art — bolalar bayramlari uchun mo‘ljallangan art-makon. Bolalar faqat xolstda emas, balki kiyimda, devorlarda, yuzlarida ham rasm chizishadi. Ijodiy bezoriliklar uchun joy.

Format erkin ijod va tajribaga asoslangan. Bolalar akril, suyuq bo‘yoqlar, tomchilar va turli teksturalar bilan ishlaydi, o‘z asarlarini yaratadi va oxirida uyiga olib ketadi.

Tug‘ilgan kun uchun makon yopiladi. Master-klass yoki erkin rasm chizish formatini tanlash mumkin. Ovqat va ichimliklarni alohida xonaga olib kelishga ruxsat bor.

Sciencelab

Yosh: 5 yoshdan
Manzil:
Mirzo Ulug‘bek tumani, Irrigator mavzesi, 2
Narx:
soatiga 200 ming so‘mdan, 15 kishigacha

Master-klasslar nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham qiziq bo‘ladi. Masalan, oddiy kran suvini qanday tez tozalash mumkinligini ham ko‘rsatishadi. Manba: Sciencelab Instagram sahisasi

Sciencelab — bu tug‘ilgan kun faqat o‘yin bilan cheklanib qolmaydigan format. Bu yerda bolalar ilmiy shou ishtirokchisiga aylanadi. Bayram interaktiv master-klass ko‘rinishida o‘tadi: bolalar tajribalar qiladi, masalan, lava-lampa yasaydi, suyuq azot yordamida buyumlarni muzlatadi yoki “chaqmoqni boshqaradi”. 

Qiziqarli tajribalardan keyin tug‘ilgan kunni alohida xonada davom ettirish mumkin. Ovqat va ichimliklarni o‘zingiz bilan olib kelishga ruxsat beriladi.

“Nima uchun bunday?” degan savollarni ko‘p beradigan bolalar uchun ayni mos joy.

Warpoint

Yosh: 6 yoshdan
Manzil:
Afrosiyob ko‘chasi, 12B
Narx:
tarif va haftaning kuniga bog‘liq. Ish kunlari 10 kishigacha bo‘lgan guruh uchun 2,5 mln so‘mdan, dam olish va bayram kunlari — 3 mln so‘mdan

Warpoint’da bolalar VR-ko‘zoynak taqib, virtual olamga kiradi. O‘yin maydonlari turlicha: qal’alar joylashgan tekisliklar, qorli qoyalar yoki boshqa o‘yin xaritalari. Manba: Warpoint Instagram sahifasi

Format jamoaviy va harakatga asoslangan. Bolalar shunchaki o‘ynamaydi — do‘stlari bilan birga sarguzashtni “yashab o‘tadi”. VR janglaridan keyin dam olish uchun zona bor: u yerda PS5 va yengil tamaddi qilish joyi mavjud. Ovqatni o‘zingiz bilan olib kelish mumkin.

Tug‘ilgan kunlar uchun bir nechta tariflar bor. Ular davomiyligi va ishtirokchilar soniga qarab farqlanadi. O‘yinlar 1 soat 45 daqiqadan 4 soat 45 daqiqagacha davom etadi, format 10–25 kishilik kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.

Faol, noodatiy va esda qoladigan tug‘ilgan kun qilishni xohlaganlar uchun.

Legion paintball-club

Yosh: 10 yoshdan
Manzil:
Mustaqillik shoh ko‘chasi, 38-uy, “Pushkin” metrosidan 100 metr
Narx:
bir kishi uchun 150 ming so‘m, kamida 8 kishi. Har bir qo‘shimcha shar — 1 000 so‘m

O‘yinlar 2 soatgacha davom etadi. Format bolalar, o‘smirlar va xohishga ko‘ra kattalar uchun ham mos. Maydon yopiq, shuning uchun har qanday ob-havoda o‘ynash mumkin. Manba: Legion Instagram sahifasi

Legion — bu bolalar tug‘ilgan kuni jamoaviy taktik o‘yin formatida o‘tadigan peyntbol-klub. Bolalar jamoalarga bo‘linadi va maxsus jihozlangan maydonda ssenariy asosida o‘ynaydi. Bu tartibli, qoidali va jamoaviy o‘yin.

Bolalar uchun yengillashtirilgan peyntbol qo‘llaniladi: markerlar yengilroq, sharlarning tezligi sozlangan, har bir ishtirokchiga mos himoya kiyimlari beriladi. Maydonda doim instruktor bo‘ladi — u qoidalarni tushuntiradi, xavfsizlikni nazorat qiladi va o‘yinni olib boradi.

Faol o‘yinlar, harakat va jamoaviy raqobatni yaxshi ko‘radigan 10 yoshdan katta bolalar uchun mos variant.