payme’da novvot nimaga beriladi

Novvot beriladigan holatlar:

  1. payme'da qilingan xaridlar uchun. Bunga onlayn xaridlar, do‘konlarda payme QR kodi orqali qilingan to‘lovlar, bo‘lib to‘lash va to‘lovni kechiktirish orqali qilingan xaridlar ham kiradi.
  2. Topshiriqlarni bajarganingiz uchun. Ular profilingizda paydo bo‘ladi. Masalan, do‘stingizni ilovaga taklif qilganingiz yoki kartani ilovaga ulaganingiz uchun novvot beriladi.

Qancha novvot olganingiz va qancha sarflaganingizni payme’da ko‘rib turasiz. Ma’lumotlar umumiy operatsiyalar lentasida va alohida Novvot bo‘limida bo‘ladi. Bo‘limda qaysi xarid uchun qancha novvot olganingizni ham ko‘rish mumkin.

Shaxsiy kabinetda qancha novvot qaysi xaridlar uchun berilgani va ular nimaga sarflaganini ko‘rish mumkin

payme’da qancha novvot beriladi

Bu xarid summasi, payme plus obunasi borligi va qaysi karta bilan to‘lov qilganingizga bog‘liq.

Eng ko‘pi bilan xarid summasining 5% miqdorida novvot olish mumkin. Masalan, 2 mln so‘mlik xarid qilsangiz, 100 000 ta novvot olasiz. Ammo oylik limit ham bor. Bir oyda faqat 200 000 tagacha novvot olish mumkin.

‍

Foyda olish uchun:

  1. payme plus obunasini yoqing. Shunda xaridlar uchun ko‘proq novvot olasiz. Oylik limit ham 4 baravar oshadi. payme plus obunasi oyiga 39 900 so‘m turadi. Unda boshqa bonuslar ham bor. Masalan, 5 mln so‘mgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalariga 0% komissiya, to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi.
  2. payme ilovasida TBC Bank kartalaridan foydalaning. Bular debet TBC Salom Visa va kredit TBC Osmon Mastercard kartalari. Ular bilan payme plus obunasi bo‘lganda, xaridlar uchun novvot 1% dan 2% gacha oshadi.

Novvotlarni tezroq to‘plash va oylik limitni karrasiga oshirishning boshqa usullari ham bor.

TBC Bank kartalari bilan payme’da 4 baravar ko‘proq novvot oling

Sizda TBC Bank kartasi bo‘lsa yoki uni endi olsangiz, karta orqali qilingan oflayn xaridlar uchun ham novvot olasiz. Bu novvotlar payme va TBC Bank Uzbekistan ilovalaridagi yagona balansga qo‘shiladi. Ularni shu ilovalarda sarflash mumkin.

TBC Bank kartalari bilan oyiga 600 000 tagacha novvot olish mumkin. Buning uchun payme yoki TBC Bank Uzbekistan ilovalarining birida payme plus obunasi bo‘lishi kerak:

Bu limitlar ilova orqali qilingan xaridlar uchun beriladigan 200 000 novvotlik limitga qo‘shiladi.

Eng foydali variant, ikkala TBC kartasidan foydalanish. Masalan, shu oy TBC Salom Visa kartasi bilan oflayn xaridlar uchun maksimal miqdorda novvot oldingiz. Keyingi xaridlarni TBC Osmon Mastercard orqali to‘lasangiz, uning limiti doirasida yana novvot olishingiz mumkin.

TBC Salom kartasida hamkorlar uchun ham alohida bonuslar bor. Ba’zi oflayn xaridlar uchun xarid summasining 5% miqdorida novvot hisoblanadi. Hamkorlar orasida KFC, Korzinka Go, Yandex taksi, jamoat transporti va boshqa hamkorlar bor.

Novvotlarni nimaga sarflash mumkin

Novvotlarni naqd puldek yechish yoki boshqa odamga o‘tkazishning iloji yo‘q. Ularni uch xil usulda sarflash mumkin:

  1. payme ilovasi orqali xaridlarni to‘lash. Bunda payme plus obunasisiz oyiga 50 000 tagacha, obuna bilan esa 200 000 tagacha novvotni ishlatish mumkin. Bunda xaridning faqat bir qismini emas, to‘liq summasini novvotlar bilan to‘laysiz.
  2. “Novvot” do‘konidan mahsulot xarid qilish. Bu yerda novvotlarni hech qanday limitsiz sarflash mumkin. Masalan, texnika yoki sovg‘a sertifikatlarini sotib olsa bo‘ladi. Do‘kondagi narxlar bozor narxlari bilan bir xil.
  3. payme’dagi bo‘lib to‘lash yoki to‘lovni kechiktirish servisini yopish. Bu servis qanday ishlashi haqida “Hozir xarid qilib, pulini keyin to‘lash servisi qanday ishlaydi” maqolamizda yozganmiz.

Yana nimalarni bilish kerak

Xariddan keyin novvotlar qachon tushadi. Xaridni payme orqali to‘lagan bo‘lsangiz, novvotlar xariddan keyin avtomatik ravishda hisoblanadi. TBC Bank kartalari bilan do‘konda to‘laganda novvotlar bir necha kun ichida beriladi. Umumiy balans payme va TBC Bank Uzbekistan ilovalarida bir vaqtda yangilanadi.

Oldin yig‘ilgan payme keshbekiga nima bo‘ladi? U novvotga aylantiriladi. 1 so‘m keshbek = 1 ta novvot. Keyinchalik bonuslar faqat novvot ko‘rinishida hisoblanadi va ularni yig‘ish hamda sarflash imkoniyatlari ko‘payadi.

O‘tkazmalar uchun novvot hisoblanadimi?
Yo‘q. Boshqa tashkilotlarga yoki odamlarga pul o‘tkazganingiz uchun novvot berilmaydi.

Kreditga xarid qilganda novvot hisoblanadimi? Novvot pulni o‘z pulingiz bilan to‘laganingizda yoki payme ilovasidagi “Keyinroq to‘lash” servisini ishlatganingizda beriladi. Bo‘lib to‘lashni yopish yoki kreditlarni to‘lash uchun novvot berilmaydi.

Obuna bilan beriladigan novvotlar nima?
TBC Bank chiqarmagan kartalar bilan to‘lasangiz va sizda payme plus obunasi bo‘lmasa, bu to‘lovlar uchun olingan novvotlar ishlamaydi. Ularni sarflash uchun payme plus yoki TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi Plus obunasini yoqish kerak.

payme o‘rniga TBC Bank Uzbekistan ilovasida to‘lov qilinsa nima bo‘ladi?
Novvotlar xuddi payme’dek hisoblanadi. Plus obunasi bo‘lsa, ikkala ilova orqali qilingan xaridlar uchun jami 200 000 tagacha novvot olish mumkin.