Xorijdan buyurtma qanday yetib keladi?
Aslida, ko‘p xorijiy do‘konlar O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib bermaydi. Lekin bu muammo emas. Chunki sizga yordam beradigan kuryerlik xizmatlari bor. Ular AQSh, Yevropa yoki Xitoyda o‘z omborlari orqali sizga buyurtmani yetkazishadi.
Bu qanday ishlaydi?
- Siz Amazon, iHerb yoki boshqa do‘kondan buyurtma qilasiz. Ammo o‘z manzilingizni emas, kuryerlik xizmatining xorijdagi manzilini ko‘rsatasiz.
- Tovar kuryerlik xizmatining omboriga boradi.
- Ular esa uni O‘zbekistonga yuborishadi.
Amazon, iHerb, Asos, Tmall va boshqa do‘konlardan yetkazib berish shu tarzda ishlaydi. Bu qulay va foydali: deyarli barcha joyda vositachilarning ustamasisiz sotib olish mumkin.
Kim yetkazib beradi?
O‘zbekistonda xorijdan buyurtmalarni olib keladigan bir nechta kuryerlik xizmatlari bor. Shartlar hammada taxminan bir xil, lekin nozik jihatlarlari bor — kimdir tezroq ishlaydi, kimdir kilogramm uchun kamroq pul oladi, kimdir esa ko‘proq davlatlardan yetkazib beradi.
Eng mashhurlari:

AQShdan tez-tez buyurtma bermoqchi bo‘lsangiz — yuqoridagi xizmatlarning istalganidan foydalanishingiz mumkin. Turkiyadan narsa olib kelmoqchi bo‘lsangiz — Boxette mos keladi. Qo‘llab-quvvatlash xizmati rus tilida bo‘lishi muhim bo‘lsa — Globbing va Meest siz uchun qulayroq bo‘ladi.
Qanday qo‘shimcha xizmatlar bor?
Bu xizmatlar nafaqat yetkazib beradi, balki quyidagi qo‘shimcha qulayliklarni ham taklif qiladi:
- Siz uchun to‘lov qilish — agar valyutali kartangiz bo‘lmasa, ular o‘rningizga to‘lovni amalga oshiradi.
- Buyurtmalarni birlashtirish — turli do‘konlardan olgan narsalarni bitta qutiga yig‘ib, yetkazib berish xarajatini kamaytirishadi.
- Suratga tushirib yuborish — tovar to‘g‘riligini tekshirishingiz mumkin, xato bo‘lsa, ombordanoq qaytarish osonroq.
Globbing va Boxette’da esa hatto “Mening o‘rnimga buyurtma ber” xizmati bor — bu xizmat erinchoqligi tutgan yoki yetkazib berishni qanday rasmiylashtirishni bilmaydiganlar uchun mo‘ljallangan. Siz shunchaki kerakli mahsulotlar uchun havolalar yuborasiz va izohlar berasiz: rang, o‘lcham, miqdor. Qolganlari: rasmiylashtirish, to‘lov, yetkazib berishni ular o‘z zimmalariga oladilar. Bunday xizmat odatda buyurtma narxining taxminan 5% tashkil qiladi.
Saytlarda kalkulyator ham bor — buyurtma oldidan qancha xarajat bo‘lishini taxminiy hisoblab ko‘rishingiz mumkin.
Birinchi marta buyurtma qilish: nimalar qilish kerak?
Birinchi safar ozgina vaqt ketadi, lekin keyingi safarlarida osonlashadi.
Kuryerlik xizmati saytida ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin sizga, AQSH, Xitoy yoki Yevropadan buyurtmalar uchun shaxsiy manzil beriladi. Bu manzil odatdagidek ko‘rinadi: ko‘cha, uy raqami, shtat, indeks. Xorij do‘konidan buyurtma berayotganingizda uni ko‘rsatasiz.

Do‘kon saytida ro‘yxatdan o‘ting, masalan, Amazon yoki iHerb. Barcha marketpleyslar va do‘konlarda buyurtma berish tizimi bir xil: pochta manzili, yetkazib berish usuli, to‘lov ma’lumotlaringiz va buyurtma uchun izohni kiritishingiz kerak — masalan, sovg’a qadog’ini qo‘shish. Amerika saytlarida ham xuddi shunday, faqat hammasi ingliz tilida bo‘ladi. Buni hal qilish oson — sahifani brauzerda o‘rnatilgan Google Translate yordamida tarjima qiling.
Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin elektron pochtangizni tekshiring — ba’zida do‘konlar birinchi buyurtma uchun chegirma yoki bepul yetkazib berish xizmatini taqdim etadi.
Shaxsiy ma’lumotlarni kiriting: kuryerlik xizmati kabinetida berilgan manzil, sizning haqiqiy ismingiz, familiyangiz va telefon raqamingiz. Ba’zida manzilni ikki marta “billing address” va “shipping address” sifatida kiritish kerak — bir xil qilib kiriting.

Mahsulotlarni odatdagidek tanlang — yoqqanlarini savatga yuboring. Buyurtma berishga tayyor bo‘lganingizda, to‘lovdan oldin savatni yana bir bor tekshiring. Ayniqsa, kiyim yoki poyabzal buyurtma qilsangiz — o‘lchamlar tizimi boshqacha bo‘lishi mumkin, yaxshisi saytda ko‘rsatilgan jadval bilan solishtiring. Barchasi to’g’ri ekanini tekshiring: rangi, o‘lchami, miqdori, manzili.
Do‘kon saytida to‘lovni amalga oshiring.
O‘zbekistonda chiqarilgan Visa yoki MasterCard valyuta kartasi mos keladi. So‘m kartasi o’tmaydi. Agar to‘lov amalga oshmasa, bank ilovasida onlayn to‘lovlar yoqilganini tekshiring.
Jo‘natmani kuryerlik xizmati saytida ro‘yxatdan o‘tkazing. Buyurtmani rasmiylashtirilgandan so‘ng, jo‘natmaning trek raqamini kutish kerak bo‘ladi — odatda do‘kondan jo‘natish bir kundan oshmaydi. Do‘kon saytidagi shaxsiy kabinetda jo‘natma trek raqami paydo bo‘lganda, uni kuryerlik xizmati saytida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan ham buyurtma berish mumkin — ombordagi menejer jo‘natmani qayerga yuborishni o’zi bilib oladi. Lekin, yetkazib berish vaqti uzayishi mumkin. Yaxshisi, trek raqamini belgilab qoying, shunda jo‘natma yo‘qolib qolishidan xavotirlanmaysiz.

Tovar vositachi omboriga kelib tushganda siz, pochta yoki SMS orqali xabarnoma olasiz. Jo‘natmani kuryerlik ofisidan olib ketish yoki uyga yetkazib berish uchun buyurtma berish mumkin. Jo‘natmani qabul qilishda uni tekshirib oling — agar noto‘g’ri narsa kelgan bo‘lsa, qaytarishni tezroq rasmiylashtirishingiz mumkin bo‘ladi.
Boj to‘lash kerakmi?
2025-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda xorijdan jo‘natmalar uchun yangi qoidalar amal qiladi. Buyurtmalar uchun limit:
- Pochta orqali — oyiga 100$
- Kuryerlik xizmatlari orqali — oyiga 200$.
Bu esa bir oy ichida siz ushbu summadagi tovarlarni olishingiz va bojxona to‘lovini to‘lamasligingiz mumkinligini anglatadi. Buyurtmalarning umumiy narxi limitdan oshganda, limitdan yuqori summaning 30% to‘lashingiz kerak. Yetkazib berish narxi bojxona limitiga kirmaydi.
Masalan, siz 210 $ sumka buyurtma qildingiz. 3$ soliq to‘lang:
210 $ - 200 $ limit = 10 $ - oshgan summa.
10$ dan 30% = 3$.
Limit, jo‘natma O‘zbekistonga kelib tushgan sana bo‘yicha hisoblanadi. Aprel oyida buyurtma bergan bo‘lsangiz lekin, jo‘natma may oyida kelgan bo‘lsa — u, may oyi limitiga kiradi..
Jo‘natma Toshkentga yetib kelganidagina yetkazib berish uchun to‘lov qilish lozim. Oldinroq jo‘natmaning aniq og‘irligi ma’lum bo‘lmaydi, u faqat jo‘natmani topshirishdan oldin aniqlanadi.
Maishiy va orgtexnikaga 6 oyda bir marta buyurtma berish mumkin. Agar limitdan oshib ketsangiz — mahsulot qaytarib yuboriladi va qaytarish uchun pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi. 2025-yilning 20-iyulidan esa import qilinadigan BFQ (biologik faol qo‘shimcha), parfyumeriya hamda tamaki mahsulotlari miqdoriga cheklovlar kuchga kiradi. Masalan, ilgari BFQlar (biologik faol qo‘shimcha) idishdagi kapsulalar soni bo‘yicha hisoblanmas edi , faqat og’irlik limiti va choraklik 1000 $ bo‘yicha hisoblar edi. Sigaretalarni esa bir qutidagi sigaretalar soni cheklanmagan holda 10 qutigacha olib kirish mumkin edi. Endi ularni bitta katta qadoqda bo‘lsa ham, atigi 200 donasini olib kirish mumkin.
Agar bojxona sizga boj hisoblagan bo‘lsa, kuryerlik xizmatidan xabarnoma olasiz. Boj to‘lovini bankingizning mobil ilovasi, payme yoki UzPost orqali to‘lashingiz mumkin.
Qaysi mahsulotlarga buyurtma berish mumkin va qaysilariga mumkin emas
Xorijdan kelgan barcha jo‘natmalar bojxona tekshiruvidan o‘tadi. O‘zbekistonga olib kirish taqiqlangan tovarlar ham bor, garchi ular shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham. Masalan, dori-darmonlar, qimmatbaho metallar, tayyor ovqatlar, aerozollar.
Bundan tashqari, Xitoydan xavfsizlik yostiqlarini buyurtma qilish mumkin emas — ular, samolyotda tashilganda yorilib ketishi mumkin, shuningdek hujjatlarni ham — soxta hujjatlar sifatida ishlatmaslik uchun. Angliyadan esa ichki yonuv dvigatellariga buyurtma berishning iloji yo‘q — ular hukumatning ekologik toza avtomobillarga bo‘lgan kursi tufayli sotilmaydi. Buyurtma berishdan oldin ro‘yxatni tekshirib ko‘ring, shunda, qaytarish uchun to‘lov qilmaysiz.
Qayerdan sotib olish mumkin
Aslida, dunyoning istalgan joyidan, agar do‘kon butun dunyo bo‘ylab tovarni yetkazib bersa — kuryerlik xizmatining turli mamlakatlarda o‘z omborlari bo’ladi. Eng mashhur do‘konlar:
- Amazon — bu, marketpleys Ozon kabi, faqat undan yaxshiroq. Barcha narsani topish mumkin: kiyim-kechak, poyabzal, hayvonlar uchun ozuqa, idish-tovoq va boshqalar.
- iHerb — BFQlar (biologik faol qo‘shimcha), kosmetika va gazaklar.
- Newegg — kompyuter butlovchi qismlar va devayslar.
- Farfetch, Asos, Zara — kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar.
Xorijdan buyurtma berish uchun chek-list
- Xaridlar ro‘yxatini to‘plang
- Qayerdan buyurtma berishni tanlang — masalan, Amazon’dan tezroq yetib keladi, lekin brendning rasmiy sayti birinchi buyurtmaga 10% chegirma berishi mumkin
- Kuryerlik xizmatini tanlang hamda uning saytida ro‘yxatdan o‘ting
- Xaridlaringizni savatga soling va kuryerlik xizmati tomonidan berilgan manzilni kiriting, u saytdagi shaxsiy kabinetingizda bo‘ladi
- Buyurtmani to‘lang
- Jo‘natma yetkazilgani haqidagi xabarni kuting va uning trek raqamini kuryerlik xizmatining shaxsiy kabinetiga biriktiring
- Kutish muddati: 5-10 ish kuni 🙂