Qayerga borish kerak
Toshkent aeroportida bitta yuk va ikkitayo‘lovchi terminali bor:
- 2-terminal — xalqaro reyslar: Moskva, Istanbul, Dubay va boshqa xorijiy yo‘nalishlar.
- 3-terminal — ichki reyslar: Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqalar.
Xalqaro va mahalliy terminallar bir-biridan taxminan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ularni adashtirib qo‘ysangiz, ko‘chaga chiqib kerakli terminalga avtobus yoki taksida borishga to‘g‘ri keladi. Bunga taxminan 20 daqiqa vaqt ketadi.
“Toshkent aeroportiga qanday yetib borish mumkin” maqolasida aeroportga borish yo‘llari haqida batafsil yozganmiz.

Qancha vaqt oldin borish kerak
Asosiy qoida:
- Xalqaro yo‘nalishda va yuk bilan uchayotgan bo‘lsangiz, 2-terminalga reysdan uch soat oldin boring.
- Ichki yo‘nalishdagi reysga 3-terminalga ikki soat oldin borishning o‘zi yetadi. Pasport nazorati yo‘qligi uchun u yerdan tezroq o‘tasiz.
Yukingiz bo‘lmasa, xalqaro reysga 2,5 soat, ichki reysga 1,5 soat oldin kelsa ham bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va samolyotga chiqish tez bo‘lgani bilan, yo‘ldagi tirbandliklar va kutilmagan kechik ishlarni inobatga olish kerak. Pasport va bojxona nazoratidagi navbatlarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Ba’zan hammasi dano‘tishga 10 daqiqa yetadi, ba’zida 40 daqiqa ham yetmaydi.
Aviakompaniyalar ro‘yxatdan o‘tishni vaqtliroq boshlashadi. Masalan,“Uzbekistan Airways” xalqaro reyslarning ko‘piga 3 soat oldin ro‘yxatdan o‘tishni ochadi. Uchishga 40 daqiqa qolganda yopadi. Nyu-York, Frankfurt, Rim,Milan va Istanbul kabi shaharlarga 4 soat oldin boshlanib, 1 soat qolganda tugaydi. Boshqa aviakompaniyalarda ham qoidalar deyarli bir xil. Kechikkanlarni, samolyot joyida turgan bo‘lsa ham reysga kiritishmaydi.
Aeroportda sizni nima kutyapti
Terminalga kirish. U yerda xavfsizlik xizmati xodimlari va maxsus detektorlar turadi. Chamadon va sumkalarni lentaga qo‘yasiz, gadjetlarni savatchaga solasiz. O‘zingiz detektordan o‘tib, buyumlaringizni olasiz. Asosiy maqsad — xavfli buyumlar bor-yo‘qligini tekshirish.
Keyin ro‘yxatdan o‘tish zaliga kirasiz. Har bir ro‘yxatga olish joyidagi ekranlarda bu joy qaysi reysga xizmat ko‘rsatayotgani yoziladi. Xalqaro reyslarga odatda bir nechta joy ajratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va yuk topshirish. Reysga onlayn ro‘yxatdan o‘tsaham bo‘ladi. Bu xizmat aviakompaniyaning sayti yoki ilovasida uchishdan 24 soatoldin ochiladi. Keyin, elektron bortga chiqish taloni beriladi. Uni oldindan chiqarish yoki aeroportda qog‘oz nusxasini olish kerak. Yukingiz bo‘lsa, uniham aeroportning o‘zida rasmiylashtirasiz.
Ba’zi aviakompaniyalarda onlayn ro‘yxatdan o‘tish hamma yo‘nalishlar uchun ham ishlamasligi mumkin. Masalan, Uzbekistan Airways’ning ko‘plab xalqaro reyslariga faqat aeroportda ro‘yxatdan o‘tish mumkin, buni oldindan tekshiring.
Ro‘yxatdan o‘tish joyida yukingizga ma’lumotlaringiz va boradigan manzilingiz yozilgan birka yopishtiriladi. Birkaning bir qismi bortga chiqish taloniga yopishtiriladi. Yukni olib bo‘lguningizcha uni saqlab qo‘ying. Agar chamadoningiz yo‘qolib qolsa, uni topish ancha oson bo‘ladi.
Aeroportda yuk vazni o‘lchanadi. Agar u belgilangan me’yordan oshsa, qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin. Yukingiz me’yordan ko‘pligini bilsangiz, qo‘shimcha vazn uchun aviakompaniya saytida oldindan to‘lov qiling. Shunda vaqt yo‘qotmaysiz va ortiqcha xarajat qilmaysiz. Aeroportning o‘zida bu qimmatroqqa tushadi.

Bojxona nazorati. Chet elga uchayotganlar uchun kerak bo‘ladi. Bu yerda antikvar buyumlar yoki qiymati 100 mln so‘mdan qimmat zargarlik buyumlarini deklaratsiya qilish kerak. 100 mln so‘mgacha bo‘lgan valyutani deklaratsiya qilish shart emas. Undan ko‘pini esa O‘zbekiston fuqarolari olib chiqolmaydi. Ortiqcha pulni safardan oldin kartaga o‘tkazib qo‘ying.
Toshkent aeroporti dadeklaratsiya qilinadigan yo‘lovchilar uchun alohida qizil yo‘lak yo‘q. Buning o‘rniga bojxona rasmiylashtiruvi punkti bor. Uni topa olmasangiz, aeroport xodimlaridan so‘rang. Deklaratsiya qilinadigan buyumlaringiz bo‘lsa, boshqa yo‘lovchilar bilanbirga o‘tib ketmang. Aks holda buyumlar musodara qilinishi, sizga esa jarimasolinishi mumkin.
Xalqaro reysdagi pasport nazorati. Qator turgan kabinalar oldiga xorijga chiqish pasporti va bortga chiqish taloni bilan borish kerak. Chegarachi pasportingizga shtamp bosib, uni qaytarib beradi. U sizga oddiy savollar berishi ham mumkin.
O‘zbekiston fuqarolari elektron pasport nazoratidan o‘tishlari ham mumkin. Bunda pasportni skanerga qo‘yish va kameraga qarash kerak.
Parvoz oldi tekshiruvi. Samolyotga chiqish hududiga kirishdan oldin yana tekshiruvdan o‘tasiz. Qo‘l yukingizni lentaga qo‘yib, rentgen skaneridan o‘tkazishingiz kerak.
Savatcha va bir juft bahila oling — oyoq kiyimni yechish kerak bo‘ladi. Qo‘l yuki va oyoq kiyimingizni savatchaga qo‘yasiz, gadjetlar va suyuqliklarni ham o‘sha yerga joylaysiz. Kamar, ustki kiyim va soatni yechasiz. Keyin shaxsiy tekshiruvdan o‘tasiz. Hammasi joyida bo‘lsa, buyumlaringizni olib, oldinga o‘tasiz va oyoq kiyimingizni kiyasiz.
Nimalarni bagajga topshirish kerakligini “Qo‘l yuki: samolyotga olish mumkin va mumkin bo‘lmagan narsalar” maqolasida yozganmiz.
Kutish zali va samolyotga chiqish. Tekshiruvdan keyin kutish zaligakirasiz. U yerda kafelar, restoranlar va do‘konlar bor.
Chiqish yo‘lagi raqami va boshlanish vaqti taloningizda yozilgan bo‘ladi. Lekin, zalga o‘rnatilgan tablolarni ham kuzatib turing — ba’ziday o‘lak raqami o‘zgarib qoladi. Odatda parvozga 40–50 daqiqa qolganda samolyotga chiqish boshlanadi va 15–20 daqiqa qolganda yopiladi. Unga kechikish mumkin emas.
Samolyotga chiqish e’lon qilingach, chiqish yo‘lagida navbatga turasiz.
Aeroport xodimi pasportingiz va taloningizni yana bir bor tekshiradi. Keyin, to‘g‘ri samolyot bortiga yoki maxsus avtobusga chiqasiz.
