Eng arzon variant avtobus va marshrutka
Kunduzi katta bagajsiz aeroportga avtobus yoki marshrutkada borsa bo‘ladi. Metroda aeroportgacha borib bo‘lmaydi. Yon atrofda metro bekati yo‘q. Metroda “Xalqlar do‘stligi” yoki “Oybek” bekatigacha borib, keyin avtobus, marshrutka yoki taksida yetib olsa bo‘ladi.
Yandeks Karta yoki 2GIS aeroportgacha yo‘lni ko‘rsatadi.Kartada qaysi transportda borish, qayerda transportni almashtirish va avtobusqachon kelishini ko‘rish mumkin.
Narxi. Avtobusga 1 700 so‘m, marshrutkagaesa taxminan 3 000 so‘m to‘laysiz. Avtobusda naqd pul qabul qilinmaydi. Yo‘lhaqini payme’ga o‘xshash ilova, ATTO kartasi yoki kontaktsiz bank kartasi bilanto‘laysiz. Marshrutkaga naqd pul o‘tadi.
Afzalliklar. Arzon. Avtobus vamarshrutkalar tez-tez qatnaydi. Transport kelishini uzoq kutmaysiz.
Kamchiliklar. Shahar markazidanaeroportgacha avtobusda 40–60 minut ketadi. Katta chamadon bilan borishnoqulayroq, chunki bagaj bo‘limi yo‘q. Avtobus va marshrutkalar taxminan 06:00dan 21:00 gacha yuradi. Shuning uchun kechki yoki tungi reyslar uchun buvariant mos kelmaydi.
Asosiy yo‘nalishlar: 11, 40, 45, 61, 62, 67, 76, 77, 94, 106.
Taksi: tezroq, lekin qimmatroq.
Taksi sizni kerakli terminalgacha olib boradi. Transportni almashtirmaysiz, bekatlarda to‘xtamaysiz. Yaxshisi Yandex Go’ga o‘xshagan ilova orqali taksi chaqiring. Agar Toshkentga uchib kelsangiz, aeroportning rasmiy Taxi Airport Tashkent xizmatidan foydalaning. Mashinalar terminal oldida turadi, narxi esa odatda xususiy taksichilarnikidan arzonroq.
Narxi. Qancha to‘lashingiz masofa, vaqt,talab va tarifga bog‘liq. Odatda markazdan aeroportgacha yoki aeroportdanmarkazgacha taksi 25 000–50 000 so‘m bo‘ladi.
Afzalliklar. Yo‘llarda tirbandlik bo‘lmasa,markazdan aeroportgacha 15–25 minutda yetib olasiz. Agar reysingiz kechqurunyoki tunda bo‘lsa, bagaj yoki bolalar bilan ketayotgan bo‘lsangiz, bu variantjuda qulay.
Kamchiliklar. Taksi jamoat transportiga qaragandaqimmatroq. Tig‘iz paytda narx qimmatlashishi, yo‘lga esa ko‘proq vaqt ketishimumkin. Yo‘lga vaqtliroq chiqishni tavsiya qilamiz.
Eng qulayi — transfer.
Oldindan mashinani buyurtma qilasiz. Haydovchi sizni aeroportda ism yozilgan qog‘oz bilan kutib oladi. Kerak bo‘lsa manzilingizga kelib, bagajni olib, kerakli joyga olib boradi.
Bagajingiz ko‘p bo‘lsa, oila, keksa yaqinlaringiz bilan ketayotgan bo‘lsangiz yoki bolalarar avachasi, sport anjomlari va katta sumkalarni olib yursangiz, transfer judaqulay. Transferga GetTransfer va KiwiTaxi orqali buyurtma berish mumkin.
Bagajganima solish, nimalarni o‘zingiz bilan samolyotga olish mumkinligi haqida “Qo‘l yuki qanday olib o‘tiladi” maqolamizda yozganmiz.
Narxi. Narx yo‘nalish, avtomobil klassiva o‘rindiqlar soniga bog‘liq. Masalan, miniven 80 yevrodan boshlanadi, bu 1million so‘mdan ko‘proq. Mikroavtobus esa 170 yevrodan, taxminan 2,4 millionso‘m. Bandlashdan oldin servisdan yakuniy narxni bilib oling.
Afzalliklar. Narx va avtomobil oldindan ma’lumbo‘ladi. Yo‘lovchilar soni va bagajga qarab oddiy avtomobil, miniven yoki mikroavtobusni tanlash mumkin.
Kamchiliklar. Transferni oldindan band qilishkerak, narxi esa taksiga qaraganda qimmatroq. Shoshilinch safarlar uchun mos kelmaydi.

