Ustozim

O‘zbekistonlik dasturchilar yaratilgan ilova. Interfeysda o‘zbek tilidan tashqari, rus, arab, turk va qozoq tillari bor.

Ilovada chatbot bilan hayotiy suhbatlar yuritish, kitoblarni yuklash va repetitor bilan darslarni band qilish mumkin. Repetitor bilan haftasiga ikki marta 30 daqiqadan shug‘ullansa bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tayotganda ingliz tilini darajasini aniqlaydigan testdan o‘tib, o‘rganish maqsadingizni belgilaysiz. Ilova sizga mos o‘quv dasturini taklif qiladi.

Ilovada til darajangizni tanlab, qaysi ko‘nikmani yaxshilamoqchi ekaningizni belgilaysiz

Narxi. Bepul tarif bilan asosiy materiallar va ilovaning muhim funksiyalaridan foydalanish mumkin. Turli o‘yinlar, kitoblar, qo‘shimcha haftalik topshiriqlar, talaffuzni baholash va boshqa imkoniyatlardan foydalanish uchun Ustozim Plus obunasini olish kerak.

Oylik obuna 125 000 so‘m, yillik obuna 1 080 000 so‘m turadi. Faqat kitob o‘qish uchun oyiga 34 000 so‘m to‘laysiz.

Qayerdan yuklab olish mumkin: Google Play va App Store.

Englify

O‘zbekistonda ishlab chiqilgan ilova. Ingliz tilini mustaqil o‘rganishga yordam beradi. Ilova interfeysi o‘zbek tilida.

Englify’da tilni o‘yin shaklida o‘rganasiz. Bu esa yangi materiallarni osonroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Ilovada grammatika va yangi so‘zlarni o‘rganish, turli topshiriqlarni bajarish, o‘qish, tinglab tushunish va talaffuz ustida ishlash mumkin. O‘z natijalaringizni ham kuzatib borasiz. Ingliz tilini mashq qilish uchun AI-chat, Speaking Bot, podkastlar va kitoblar bor.

Ilovada turli til darajalari uchun darslar va foydali mashg‘ulotlar bor

Narxi. Bepul versiyada yangi so‘zlarni o‘rganish va kitob o‘qish mumkin. Barcha imkoniyatlardan foydalanish uchun pullik obunani olish kerak. U orqali AI-chat, videodarslar, jonli darslar va boshqa qo‘shimcha funksiyalar ochiladi.

Oylik obuna narxi — 850 000 so‘m, yarim yillik — 2 970 000 so‘m.

Qayerdan yuklab olish mumkin: Google Play va App Store.

Ibrat Academy

Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida ishlab chiqilgan ilova. Unda o‘rganmoqchi bo‘lgan tilingizni tanlaysiz. O‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida o‘qish imkoniyati bor.

Ingliz tilidan tashqari, ilovada rus, turk, arab, ispan, koreys va boshqa tillarni o‘rgansa bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlangan tilni bilish darajangizni ko‘rsatasiz. Keyin tizim siz uchun individual o‘quv dasturini tayyorlaydi.

Ilovada videodarslar, bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlar, testlar, audio va video topshiriqlar bor. O‘zlashtirish natijalarini kuzatish, suhbat klublariga qo‘shilish va boshqa foydalanuvchilar bilan ham mashq qilish mumkin. Topshiriqlarni bajarganingiz uchun yulduzchalar olasiz. Ularni bir oylik bepul ta’limga almashtirsa bo‘ladi.

Ilovada turli topshiriqlarni bajarib, yulduzchalar yig‘ish mumkin

Narxi. Ilovaning bepul va pullik versiyalari bor. Pullik obuna bilan birdaniga bir nechta tilni o‘rganish va qo‘shimcha imkoniyatlarni ochish mumkin. Uch oylik obuna 159 000 so‘m, yillik obuna 318 000 so‘m turadi.

Qayerdan yuklab olish mumkin: Google Play va App Store.

Izi Study

Ilovada ingliz tilini o‘zbek yoki rus tilida o‘rganish mumkin. Ingliz tilidan tashqari, rus, nemis, fransuz, arab va turk tillari uchun ham kurslar bor. Foydalanuvchilar grammatikani mustaqil o‘rganishi, interaktiv topshiriqlarni bajarishi, til darajasini aniqlash testlaridan o‘tishi va nutqni tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishi mumkin.

Darslar turli interaktiv mashqlar bilan o‘tadi

Narxi. Ilovadan bepul foydalanish mumkin. Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega umrbod Premium obuna ham bor. Narxi 168 210 so‘m. Bir marta to‘lov qilib, obunadan doimiy foydalanasiz.

Qayerdan yuklab olish mumkin: Google Play va App Store.

Preply

Preply xorijiy tillarni o‘rganish uchun xalqaro platforma. Ro‘yxatdan o‘tishda o‘rganmoqchi bo‘lgan tilni va hozirgi bilim darajangizni ko‘rsatasiz. Keyin turli mamlakatlardan o‘qituvchilarni, jumladan, ingliz tili ona tili bo‘lgan ustozlarni ham tanlashingiz mumkin. O‘qituvchini dars narxi, reyting, tajribasi va sizga qulay vaqtga qarab tanlaysiz. Darslar o‘qituvchi bilan individual onlayn dars shaklida o‘tadi.

Platforma turli maqsadlar uchun mos keladi. Masalan, tilni noldan o‘rganish, suhbatlashish ko‘nikmalarini rivojlantirish, imtihonlarga tayyorlanish, ish yoki sayohat uchun tilni mashq qilish mumkin. Ingliz tilidan tashqari, o‘nlab boshqa xorijiy tillar ham bor.

Ilovada mos o‘qituvchini narxiga qarab tanlash mumkin

Narxi. Darslar narxi 3 $ dan boshlanadi va 50 daqiqa davom etadi.

O‘qituvchi sizga mos kelishini bilish uchun sinov darsiga yozilish mumkin. Dars 25 yoki 50 daqiqa davom etadi. 25 daqiqalik dars uchun esa narxning yarmini to‘laysiz. Darslar uchun Visa va Mastercard xalqaro to‘lov kartalari orqali to‘lov qilish kerak. Masalan, TBC Salom Visa kartasidan foydalansangiz bo‘ladi.

Qayerdan yuklab olish mumkin: App Store va Google Play.

Falabola

Sun’iy intellekt yordamida ingliz tilida gaplashish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradigan ilova. Neyron tarmoq bilan ovozli xabarlar orqali gaplashish, suhbat davomida fikr-mulohaza qilish va xatolarni tuzatish mumkin. Ingliz tilidan tashqari, ilovada ispan, fransuz va nemis tillari ham bor.

Ilovada suhbat mavzusini tanlash va interfeys tilini rus tiliga o‘zgartirish mumkin

Narxi. Bepul versiyada xizmatni sinab ko‘rish va bir nechta suhbat o‘tkazish mumkin. Pullik obuna sun’iy intellekt bilan cheksiz muloqot qilish, tezkor fikr-mulohaza olish va shaxsiylashtirilgan mashqlardan foydalanish imkonini beradi. Obuna oyiga 14,95 $ yiliga 79,90 $ turadi. To‘lovni Visa kartasi bilan qilish mumkin.

Qayerdan yuklab olish mumkin: Google Play va App Store.

Servislarga TBC Salom Visa kartasi bilan to‘lang

TBC Salom Visa kartasi Visa ishlaydigan dunyoning istalgan joyida to‘lov qilishga yordam beradi. Xarid qilganingizda bank shartlariga ko‘ra keshbek olasiz. Hisobingizda qolgan pulingizga esa yiliga 12% hisoblanadi. Sizda hali TBC Salom Visa kartasi bo‘lmasa, uni olish payti keldi. Kartani chiqarish va yetkazib berish bepul.

TBC Salom Visa kartasini olish