Tashkent Runners

Toshkentdagi eng katta yugurish klublaridan biri. Klubda bepul guruh mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Seshanba va payshanba kunlari ertalab va kechqurun Eko bog‘ida va “Jasorat” monumenti yonida yig‘ilishadi. Shanba kunlari umumiy guruh bo‘lib yugurishadi. Tezlikni o‘zingizga mos qilib belgilaysiz. Mashg‘ulotlar turli darajadagi tayyorgarlikka ega odamlar uchun mos keladi.

Joyi va yo‘nalish haqida ma’lumot oldindan Telegram kanalda yoziladi.

Jamoaviy yugurish haftada uch marta bo‘ladi. Manba: klubning instagram sahifasi

Die Hard Tashkent

Uzoq masofaga yuguruvchilarning xalqaro hamjamiyati. Har yakshanba umumiy yugurishlar o‘tkaziladi. Istalgan odam qo‘shilishi mumkin. Ishtirokchilar bir nechta guruhga bo‘linadi, har bir guruhda yugurish tezligi har xil. O‘zingizga qulay tezlikni tanlashingiz mumkin. Soat 6:50 da yig‘ilishadi, 7:00 da yugurish boshlanadi. Asosiy masofa taxminan 20 km, lekin kamroq yugurish ham mumkin.

Qatnashish bepul. Yo‘nalish Botanika bog‘i hududidan o‘tsa, bog‘ga kirish uchun 20 000 so‘m to‘lash kerak. Boshlanish joyi va yo‘nalish haqida ma’lumotni tashkilotchilar oldindan Telegram kanalida e’lon qiladi.

Yakshanba kungi yugurishlarda odam ko‘p bo‘ladi. Manba: Telegram kanal

Sub3 community

Natijalarini yaxshilamoqchi bo‘lganlar uchun joy. Har chorshanba birgalikda mashq qilib, musobaqalarga tayyorlansa bo‘ladi. Mashg‘ulotlar bepul, faqat “Paxtakor” stadioniga kirish uchun 20 000 so‘m to‘laysiz.

Jamoa ba’zida birga yugurishga ham chiqadi. Mashg‘ulotlar qachon va qayerda bo‘lishini Telegram kanaldan bilib olasiz.

Musobaqaga tayyorlanayotgan va natijasini oshirmoqchi bo‘lganlarga to‘g‘ri keladi. Yugurish bilan birga kuchmashqlari ham o‘tkaziladi. Manba: Telegram kanal

Runshanba

Parkrun’dan ilhomlangan yugurish hamjamiyati. Parkrun — dunyoning turli shaharlaridagi parklarda har hafta bepul o‘tkaziladigan 5 km masofadagi yugurish marafoni. Har shanba kuni ertalab ishtirokchilar Toshkentdagi parklardan birida yig‘ilishadi. Istalgan odam qo‘shilishi mumkin. Yugurish tezligini o‘zingizga moslab olishingiz yoki piyoda yurishingiz mumkin.

Yugurish joylari o‘zgarib turadi, lekin masofa har doim 5 km. Qayerda va qachon yig‘ilish haqida ma’lumotni tashkilotchilar Telegram kanalda oldindan e’lon qiladi.

Yugurishdagi rasmlaringizni jamoaning Telegram kanalidan topasiz

Run 21 Day

Yugurishni endi boshlayotganlar uchun 21 kunlik dastur. U muntazam shug‘ullanish odatini shakllantirishga yordam beradi. Dastur maxsus tayyorgarligi bo‘lmaganlar uchun mos keladi. Unda to‘g‘ri yugurish va nafas olishni o‘rganasiz, mashg‘ulot vaqtini esa asta-sekin oshirib borasiz.

Birinchi ikki hafta mashqlar murabbiy bilan o‘tadi. Uchinchi haftada jamoa bilan birga yugurasiz. Mashg‘ulotlar Eko bog‘da ertalab o‘tkaziladi va 45 daqiqa davom etadi. Birinchi 4 ta sinov darslari bepul, undan keyin shug‘ullanishni davom ettirish uchun to‘lov qilasiz. Tavsiya etilgan to‘lov 620 000 so‘m, lekin xohlasangiz ko‘proq yoki kamroq to‘lashingiz mumkin. 25 000 so‘m depozit ham bor. To‘rtta mashg‘ulotdan keyin davom ettirmaslikka qaror qilsangiz, bu summa sizga qaytariladi.

Kurs deyarli har oy yangi guruh bilan boshlanadi. Yangi guruhga qabul qachon boshlanishini bilish uchun saytda ariza qoldirishingiz yoki Telegram kanalni kuzatib borishingiz mumkin.

Tadbir ishtirokchilari. Manba: loyiha sayti

ProRun.uz

Havaskor yuguruvchilar uchun har xil yugurish musobaqalarini tashkil qiladi. Ular orasida Tashkent International Half Marathon va Aral Sea Eco Marathon’ga o‘xshagan yirik musobaqalar, Toshkentda o‘tkaziladigan 5–10 km masofadagi kichik va bepul yugurishlar ham bor.

Musobaqalarga saytda yoki loyiha Android va iOS ilovalarida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Natijalaringizni ham shu yerda ko‘rsangiz bo’ladi. Tashkilotchilar yangiliklarni Telegram kanalga ham joylashadi.

ProRun jamoasi Toshkentda marafonlar, yarim marafonlar va boshqa tadbirlarini o‘tkazadi. Manba: klubningI nstagram sahifasi

Mustaqil yugurish uchun joylar

Bobur nomidagi Markaziy eko bog‘i. Manzil: Mahtumquli ko‘chasi.

Yuguruvchilar orasida mashhur joy. Bepul sport zonas, pullik dush, kiyinish xonasi, yoga, tennis, voleybol va futbol maydonchalari ham bor.

Eko bog‘ida yugurish uchun maxsus yo‘laklar qurilgan. Manba: afisha.uz

Rusanov nomidagi Botanika bog‘i. Manzil: Bog’ishamol ko‘chasi 232B

Daraxtlar ko‘pligi uchun yozda ham salqin bo‘ladigan joy. Yozda 8:00 dan 19:00 gacha, boshqa paytlarda 9:00 dan ishlaydi. Kattalar uchun kirish — 20 000 so‘m.

“Paxtakor” . Manzil: Islom Karimov ko‘chasi 69.

Asfalt yo‘lakda yugurish bepul, uzunligi 1,1 km. Shu yerda Yengil atletika federatsiyasi stadioni ham bor. Stadionda rezina qoplamali zamonaviy yo‘laklar va tepaga yugurishni mashq qilish uchun alohida 150 metrli yo‘lakcha bor. Kirish narxi: 20 000 so‘m.

Anhor boyi. Ochiq havoda yugurish uchun yaxshi joy. Yo‘laklari tekis, daraxtlar ko‘p, har qanday masofaga yugurishga mos keladigan uzun yo‘l bor.

Suv bo‘yida havosi salqinroq bo‘ladi. Manba: rutraveller.ru

Tashkent City Park. Manzil: Botir Zokirov ko‘chasi.

Park bo‘ylab bir aylana masofa taxminan 1,6 km. Yo‘laklari tekis, sport maydonchalari bor. Kirish bepul. Yugurish uchun ertalab chiqqan yaxshi, chunki kechqurun odam ko‘p bo‘ladi.

Parkda yugurish uchun yo‘nalish tuzish mumkin. Manba: afisha.uz

Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ . Manzil: Bunyodkor shoh ko‘chasi 1/1.

Yugurish uchun Komsomol ko‘li atrofi va Adiblar xiyoboni bor. Magic City yaqinida odam ko‘p bo‘lishi mumkin.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i. Manzil: Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasi.

Keng va yashil hudud. Uzunligi taxminan 3,2 km bo‘lgan aylana bo‘ylab yugurish mumkin, biroz tepalikka ko‘tariluvchi yo‘lagi intensiv mashg‘ulotlar uchun mos keladi. Sport va dam olish joylari bor. Kirish bepul.

Yana qayerda yugurish mumkin? Yugurish uchun joylarni Wikiloc va Strava ilovalaridan yoki “Toshkentda yugurish uchun lokatsiyalar” Telegram kanalida tanlasa bo‘ladi.

Telegram kanalimizda sport va boshqa joylar haqida ko‘p yozamiz. Obuna bo‘ling — biz O‘zbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz.