Gemotest
Bu xalqaro laboratoriyalar tarmog‘i O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonda ham ishlaydi. Saytida kerakli tahlilni qidirish mumkin. Tahlillar katalogida ularning narxi, tayyor bo‘lish muddati, topshirishga tayyorgarlik qoidalari va boshqa foydali ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
Xizmatlar. Laboratoriyada oddiy va murakkab tahlillarni topshirish mumkin. Masalan, genetik tahlillar va kompleks tekshiruvlar (check up), yana EKG tekshiruvi, muolaja xonasi xizmatlari, inyeksiya va tomchi dorilarni oldirish imkoniyati bor. Shifokorlar bilan onlayn maslahatlashsa ham bo‘ladi. Ammo bu xizmat uchun faqat Rossiya bank kartalari orqali to‘lov qilish mumkin.
Natijalarni qanday olish mumkin? Natijalar elektron pochta, saytdagi shaxsiy kabinet yoki Telegram bot orqali yuboriladi.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Toshkent shahri bo‘ylab soat 6:30 dan 12:00 gacha bepul standart xizmat ko‘rsatiladi.
Filiallar. Toshkentda 4 ta filial bor, shulardan 2 tasi Buyuk Ipak Yuli va Yunusobod metro yaqinida.
Ish vaqti jadvali. Dushanbadan shanbagacha soat 7:30 dan 14:30 gacha ishlaydi. Ayrim tahlillarni faqat soat 12:00–13:00 gacha topshirish mumkin. Bu haqda telefon orqali yoki saytda bilib olsa bo‘ladi.
Tanlangan tahlillarning umumiy narxi: 680 000 so‘m.

SWISS LAB
Bu O‘zbekistondagi laboratoriyalar tarmog‘i. Saytda qulay qidiruv tizimi bor. Har bir tahlil bo‘yicha narxi, natija tayyor bo‘lish muddati, qaysi holatlarda tavsiya etilishi va unga qanday tayyorlanish kerakligi haqida ma’lumot berilgan.
Xizmatlar. Oddiy tahlillardan tortib, murakkab tekshiruvlargacha topshirish mumkin. Yana bir nechta to‘liq tekshiruv (check up) dasturlari ham bor.
Natijalarni qanday olish mumkin? Saytdagi shaxsiy kabinet, mobil ilova yoki Telegram bot orqali olasiz.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Toshkent shahri bo‘ylab mutaxassisni uyga chaqirish bepul. Shahar tashqarisiga chiqish narxi — 200 000 so‘m.
Filiallar. Toshkent shahri va viloyati bo‘ylab 19 ta filial bor.
Ish vaqti. Ba’zi filiallar har kuni ishlaydi. Dushanbadan jumagacha — 7:00 dan 15:00 gacha, shanba kuni — 14:00 gacha, yakshanba kuni esa 13:00 gacha. Qon olish xizmati filial yopilishidan bir soat oldin to‘xtatiladi. Ayrim filiallar yakshanba kuni ishlamaydi. Ularning to‘liq ro‘yxati va ish vaqtini Telegram bot orqali ko‘rish mumkin.
Tanlangan tahlillarning umumiy narxi: 930 000 so‘m.

VITROS Diagnostics
O‘zbekistondagi laboratoriyalar tarmog‘i. Saytida tahlillarni qidirish imkoniyati bor. Har bir tahlil bo‘yicha narxi, natija tayyor bo‘lish muddati, unga qanday tayyorlanish kerakligi, qaysi holatlarda topshirish tavsiya etilishi va boshqa foydali ma’lumotlar berilgan.
Xizmatlar. Laboratoriyada ba’zi tahlillarni topshirish yoki 10 ta to‘liq tekshiruv dasturlaridan birini tanlash mumkin. Dasturlar narxi 400 000 so‘mdan boshlanadi. UZI tekshiruvi ham bor.
Natijalarni qanday olish mumkin? Natijalarni saytdagi shaxsiy kabinet, Telegram chat bot yoki elektron pochta orqali olasiz.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Soat 7:00 dan 12:00 gacha, xizmat narxi 100 000 so‘m.
Filiallar. Toshkent bo‘ylab 16 ta filial bor.
Ish jadvali. Filiallar dushanbadan shanbagacha 7:30 dan 18:00 gacha ishlaydi. Ammo tahlil topshirish uchun 11:30 gacha kelish kerak.
Tanlangan tahlillarning jami narxi. 980 000 so‘m.

INTERMED Innovation (Interlab)
Bu tibbiyot markazining Toshkent bo‘ylab tahlil topshirish punktlari bor. Saytida tahlillar ro‘yxati berilgan, lekin qidiruv tizimidan foydalanish biroz noqulay. Har bir tahlil bo‘yicha yetarlicha batafsil ma’lumot yo‘q.
Xizmatlar. Laboratoriya tahlillaridan tashqari, har xil mutaxassislar maslahatini olish, emlanish, UZI, EKG va boshqa diagnostika tekshiruvlaridan o‘tish mumkin.
Natijalarni qanday olish mumkin? Natijalarni chekdagi QR kod yoki laboratoriya saytiga tibbiy karta raqami orqali olasiz.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Uyga mutaxassis chaqirish uchun tahlillar narxi kamida 600 000 so‘m bo‘lishi kerak. Chaqiruv narxi masofaga bog‘liq va o‘rtacha 120 000–170 000 so‘m bo‘ladi.
Filiallar. Tahlillarni shahar bo‘ylab joylashgan 79 ta oilaviy poliklinikadan birida yoki Chinobod ko‘chasi, 10A manzilidagi markazda topshirish mumkin.
Ish jadvali. Chinobod ko‘chasi, 10A dagi markaz dushanba–shanba kunlari 7:00–23:00, yakshanba kuni 7:00–17:00 gacha ochiq. Tahlillarni 16:00 gacha topshirish mumkin. Oilaviy poliklinikalardagi punktlarning ba’zilari dushanbadan shanbagacha 8:00–12:00 oralig‘ida ishlaydi.
Tanlangan tahlillarning jami narxi. 990 000 so‘m.

INCARE LAB
O‘zbekistondagi laboratoriyalar tarmog‘i. Saytida tahlillar katalogi bor. Unda tahlillar narxi, topshirish tartibi, tayyorgarlik talablari, qaysi holatlarda tavsiya etilishi va natijalarni qanday tushunish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Qidiruv tizimidan foydalanish ham qulay.
Xizmatlar. Oddiy va murakkab tahlillardan tashqari, to‘liq tekshiruv (check up) dasturlari ham bor. Shifokorlar qabuliga yozilish, biopsiya va UZI tekshiruvlaridan ham o‘tish mumkin.
Natijalarni qanday olish mumkin? Tahlil javoblari elektron pochta yoki saytdagi shaxsiy kabinetga yuboriladi.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Soat 07:00 dan 09:00 gacha, tahlillarning umumiy narxi 500 000 so‘mdan oshsa, mutaxassis uyga bepul keladi. Soat 09:00 dan keyin yoki tahlillar narxi 500 000 so‘mdan kam bo‘lsa, uyga chaqirish 99 900 so‘mga tushadi.
Filiallar. Toshkent bo‘ylab 7 ta filiali bor. Ularning ko‘pchiligi metroga yaqin.
Ish jadvali. Filiallar dushanbadan shanbagacha 07:30–16:00 oralig‘ida ishlaydi. Ba’zi tahlillar faqat ertalab yoki kunning birinchi yarmida topshiriladi.
Tanlangan tahlillarning jami narxi. 1 004 100 so‘m.

TTD
O‘zbekistondagi o‘z laboratoriyasi bor klinikalar tarmog‘i. Saytida kerakli tekshiruv narxini bilish uchun laboratoriya tahlillari katalogi ham bor. Ammo katalogda faqat narxlar berilgan, tahlilga tayyorgarlik va natijalarni olish muddati haqida ma’lumot yo‘q.
Xizmat turlari. Deyarli hamma tahlillar, to‘liq tekshiruv dasturlari, UTT, EKG va MRT apparatlari bor. Shifokorlar ko‘rigiga ham yozilsa bo‘ladi.
Natijalarni qanday olish mumkin? Telegram bot yoki elektron pochtadan olish mumkin.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Toshkent bo‘ylab soat 8:00–11:00 oralig‘ida mutaxassisni uyga chaqirish mumkin. Chaqiruv narxi manzilga qarab o‘zgaradi. Aniq summani aloqa markazidan bilib oling.
Filiallar. TTDning Toshkentda, metro bekatlariga yaqin joylashgan 6 ta filiali bor.
Ish jadvali. Laboratoriyalar 24/7 ishlaydi. Tahlil namunalari 6:00 dan 12:00 gacha qabul qilinadi. Ayrim tahlillar faqat tong saharda topshiriladi.
Tanlangan tahlillarning jami narxi. 1 045 000 so‘m.

LABNET
Laboratoriya avval Qozog‘istonda tashkil etilgan, keyinchalik O‘zbekistonda ham faoliyat boshlagan. Saytida tahlillar katalogi bor. Unda narxlar, tahlil topshirishga ko‘rsatmalar, tayyorgarlik qoidalari va natijalarni izohlash bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Xizmatlar. Har xil laboratoriya tahlillaridan tashqari, hamma turdagi UZI tekshiruvlaridan o‘tish mumkin.
Natijalarni qanday olish mumkin? Natijalarni elektron pochta, buyurtma blankasidagi QR kod, saytdagi shaxsiy kabinet yoki Telegram orqali olasiz.
Uyga kelib xizmat ko‘rsatish. Toshkent, Chirchiq va Samarqand bo‘ylab uyga borish xizmati bepul. Xizmat dam olish kunlarisiz, har kuni 7:00 dan 11:00 gacha ishlaydi.
Filiallar. Metro bekatlari yaqinida joylashgan 4 ta filial bor.
Ish vaqti. Muhammad Yusuf ko‘chasi, 53-uydagi asosiy markaz (Buyuk Ipak Yo‘li metro bekati yaqinida) har kuni 7:30 dan 18:30 gacha ishlaydi. Tahlillar 13:00 gacha qabul qilinadi. Qolgan filiallarning ish vaqtini telefon yoki Telegram orqali aniqlashtiring.
Tanlangan tahlillarning jami narxi. 1 095 000 so‘m.

