Umra — muhim, lekin farz bo‘lmagan ziyoratdir. U ruhiy poklanish hamda imon-e’tiqodni mustahkamlaydi. Umra, sunnat-muakkada ya’ni qat’iy tavsiya etilgan ibodat hisoblanadi.

Umra ziyorati qanday bo‘lib o‘tadi:

  • Ehrom — pokizalik holatiga kirish. Ziyoratchilar tahorat olishadi, erkaklar ikkita oq mato kiyishadi, ayollar esa kamtarona kiyim kiyishadi. Bosh ham yopilgan bo‘lishi kerak.
  • Tavof — Ka’ba, atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda yetti marta aylanish.
  • Say — as-Safo va al-Marva tepaliklari orasidagi yettita yo‘lak.
  • Xalq yoki taksir - tozalanish belgisi sifatida sochni oldirish.

Haj ziyoratidan farqi, Umra ziyoratini yilning istalgan vaqtida ado etish mumkin. Qish va kuzda turlar biroz arzonroq, odam kamroq, havo harorati esa qulayroq bo’ladi.

Sayohatga qanday tayyorgarlik ko‘rdim

Bibisora xola:

2024-yilda ikki marta umra ziyoratiga bordim. Birinchisi, fevralda: hayotdan ko‘z yumgan o‘g’limga aza tutib. Ikkinchi marta esa oktyabr oyida, jiyanim olib bordi. Sayohatga anchadan beri tayyorlanardim, lekin, ilgari salomatligim hamda narx-navolar bunga yo’l qo’ymasdi.

Bir necha yil pul yig’dim — istirohat bog’lari oldida shirin paxta sotganman. Men, nafaqadaman va 800 000 so‘m olaman, yana tozalash ishlariga ozgina yordam beraman: oyiga 3 000 000 so‘mgacha chiqadi. Mening mushuklarim ko‘p — hammasi ko‘cha mushuklari. Mushuklar uchun ovqatning o‘ziga bir oyda 200 000 so‘mgacha pul ketadi. Qo‘shnilar va qarindoshlar ham menga yordam berishadi.

Ka’ba yonida

Umraga borish uchun turni qanday tanladim?

Tur narxiga borish-kelish, mehmonxona, ovqatlanish, ekskursiyalar va kirish chiptalari bo’lishi muhim edi. Agentliklar viza bilan ham yordam beradi. 2023-yildan boshlab O‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga faqat maxsus Umra vizasi bilan kirishlari shart. Ularni berish esa haj mavsumida to‘xtatiladi. Vizani, 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar faqat guruh tarkibida yoki erkak vasiy hamrohligida ziyoratni amalga oshiradigan taqdirdagina olishlari mumkin.

Jiyanim ishonchli, litsenziyasi bor agentliklar haqida gapirib berdi . Men, telefon orqali mos agentni tanladim, to‘lov summasining 50% oldindan berdim va Saudiya Arabistoniga kelganimda yana 50% berdim.

Faqat litsenziyaga ega agentliklarni tanlang

Firibgarlarga tushmaslik uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning litsenziyasiga ega bo‘lgan agentliklarini tanlang. 2024-yilda 14 ta korxonada litsenziya bor.

Toshkentda:

  • MCHJ “Hikmat Umra Travel”. Manzil: Mirobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 43-uy, 41-xonadon. Telefon: +998555048888, +998951508788;
  • MCHJ “Real Dreams”. Manzil: Olmazor tumani, Zarqaynar 14-berk ko‘chasi, 75-uy. Telefon: +998781139988, +998887874443;
  • MCHJ “Travel with family”. Manzil: Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li, 21-uy. Telefon: +998712066666, +998886334444;
  • MCHJ “Sofa Marva tour”. Manzil: Olmazor tumani, Ziyo mahallasi, Kichik halqa yo‘li, 19-uy. Telefon: +998974501682, +998335076666;
  • MCHJ “B2 Management”; Manzil: Yakkasaroy tumani, O‘rikzor ko‘chasi, 124-uy. Telefon: +998956309090, +998954449090;
  • MCHJ «Safar time exclusive». Manzil: Chilonzor tumani, Charx Kamolon-2 mahallasi, Bunyodkor ko‘chasi, 2-uy. Telefon: +998781502266, +998909702266;
  • MCHJ “Centrum holidays”. Manzil: Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 38 uy.

Namangan:

  • MCHJ “Muhtasham travel”. Manzil: Shodlik mahallasi, A. Navoiy ko‘chasi, 2/1-uy, 3s-xonadon. Telefon: +998781130103, +998972507770;
  • MCHJ “Musaffo turizm xizmati”. Manzil: Bobur mavzesi, 10-uy. Telefon: +998555162222, +998908864444;
  • MCHJ “Risola travel lux” Manzil: Uychi ko‘chasi, 1-uy. Telefon: +998781134444, +998918134444;

Andijonda: MCHJ “Ihlos travel 1”. Manzil: O‘zbegim mahallasi, Boburshoh ko‘chasi, 40v uy. Telefon: +998979921311

Marg’ilonda: АJ “Yuksak travel Air”. Manzil: B. Marg’iloniy ko‘chasi, 3b uy. Telefon: +998901621111, +998972341111

Urganchda: MCHJ “Xorazm umra jamiyati”. Manzil: P. Mahmud ko‘chasi, 350-uy. Telefon: +998555169999, +998934676676

Buxoro: ООО «Buxoro umra jamiyati». Manzil: Abu ali ibn sino ko’chasi, 6 uy.

So‘nggi paytlarda haj va umra safarlarida firibgarlik holatlari ko‘paygan. Ayrim “agentliklar” arzon narx va’dasi bilan odamlarni jalb qiladi, odatiy ziyorat haqida gapirib ishontiradi, va oxirida pul bilan yo‘qoladi, yo bo‘lmasa hujjatsiz, noqonuniy tarzda safarga yuboradi.

2025 yilning o‘zida shunday holatlar bo‘yicha 40 ta jinoyat ishi ochilgan. Eng katta voqea 2024 yilda bo‘lgandi — o‘shanda 2 558 kishi firibgarlar qurboniga aylangan.

Unutmang: ruxsatsiz tarzda haj yoki umraga borish — bu nafaqat xavfli, balki qonunga zid. Shuning uchun safar oldidan agentlikni yaxshilab tekshiring va ishonchli manbalarni tanlang.

Umra safari qancha turadi

Bibisora xola:

15 kunlik sayohat menga 1200 $ yoki 2024-yilgi kurs bo‘yicha taxminan 14,5 million so‘mga tushdi. Qisqaroq turni tanlash mumkin — yetti kunlik. Barcha xizmatlar shartnomada ko’rsatilgan.

Turimga quyidagilar kiritilgan edi:  

  1. Transfer Toshkent — Sharja — Makka — Madina va ortga.
  2. Viza.
  3. Mehmonxonaning to‘rt kishilik xonasida yashash.
  4. Muqaddas joylar uchun kirish chiptalari va transfer.
  5. Nimcha, beydjik va ichida Qur’on, suv hamda shaxsiy buyumlar bo‘lgan umra sumkasi.
  6. Gid va mullaning hamrohligi.
  7. Uch mahal ovqatlanish.
  8. Tibbiy sug’urta.

Umra safarini mustaqil tashkil qilish mumkin, lekin bu qiyin, ayol kishi esa baribir Saudiya Arabistoniga faqat erkak hamrohligida borishi mumkin. Ba’zi ulamolar ayollarning mulla hamda gid rahbarligida guruh bo‘lib sayohat qilishlariga ruxsat berishadi.

Agentlik siz uchun barchasini qiladi — men faqat hujjatlarni topshirishim, shartnomani imzolashim, pulni berishim va uchish kunida aeroportga yetib borishim kerak edi. Bu, ayniqsa, yangi ziyoratchilar uchun qulay.

Jiyanim bilan ziyoratgohlarda

Qanday qilib umra ziyoratini ado etdim 

Ikkala safarda ham biz bilan birga gid va mulla bo’lgan. Ziyoratgohlarga borish uchun yo‘lni va transportni o‘zimiz qidirmadik. Mulla tajribasiz ziyoratchilarga yordam berib, nima qilish kerakligini aytib turdi.

Umra, muqaddas kiyim — ehromni kiyishdan boshlanadi. So‘ng talbiyani o‘qib, musulmonlarning asosiy ziyoratgohi Ka’ba joylashgan Al-Masjid al-Harom’ga yo‘l oldik. Keyingi kunlar davomida Zamzam qudug’ini ziyorat qilib, as-Safo va al-Marva tepaliklari o‘rtasida yetti marta aylanib chiqildi. Bularning barchasi maxsus duolar hamda oyatlar bilan amalga oshiriladi.

Barcha muqaddas joylarga cheklanmagan miqdorda tashrif buyurish mumkin, asosiysi - ehrom kiyish va guruh beydjikiga ega bo‘lish. Umrada marosimlarni bir necha marta takrorlash mumkin.

Al-Gamama masjidi yonida

Guruhda men bilan ko‘plab nafaqadagilar bor edi, shuningdek yoshlar ham, umra ziyoratining maqsadi barchada har xil. Misol uchun, kimdir ruhiy poklanish uchun ziyoratga yo‘l oladi yoki hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun yordam so‘rab ibodat qiladi. Men uchun o‘g’limning ruhiga bag’ishlab ibodat qilish va ilohiy madad sifatida o‘zimga tayanchni qaytarish muhim edi.

Birinchi safarda guruh bilan yurdim, ikkinchisida esa Ka’ba va boshqa ziyoratgohlarga necha marta borishni o‘zim tanladim. Mehmonxonadan transfer bepul — faqat beydjik hamda mehmonxona bilaguzugini ko‘rsatish kerak. Ka’badan yoritqich, qarindoshlarga sovg’alar, zamzam suvi, xushbo‘y atirlar, xurmo olib keldim. Xaridlar taxminan 65 $ ya’ni 835 250 so‘mga tushdi.

Yana boraman

Safar menga ruhan yordam berdi: og’ir o‘ylardan xalos bo‘ldim. Muqaddas joylarda bo‘lish ichki tayanchni topishga yordam berdi.

Hajga borishni juda xohlayman, lekin agentimning hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 kunlik sayohat 2025-yilda 7000 $ yoki 91 mln so‘mga tushadi.