Geomagnit bo‘roni nima?

Yer magnit maydonining tebranishlari — bu magnit yoki geomagnit bo‘ronlari. Bu Quyoshdagi chaqnashlar — vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan va bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadigan energiya va zarralar ajralib chiqishi natijasida yuzaga keladi. Ba’zan elektromagnit nurlanishi Yergacha yetib keladi, sayyoramizning magnit maydonida esa o‘zgarishlar bo’ladi. 

Bo‘ronlar Yerdagi hayotga ta’sir qilishi mumkin, lekin odatda yangiliklarda yozilganidek darajada emas. Masalan, ular GPS va uzoq masofali aloqa tizimlari ishini yomonlashtiradi, sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarishga xalaqit beradi va ba’zan elektr tarmoqlarida kuchlanish ortishiga (sakrashiga) sabab bo‘ladi. Quyosh chaqnashlari kuchi bo‘yicha A, B, C, M va X sinflariga bo‘linadi. Uskunalar ishiga faqat oxirgi ikkitasi ta’sir qilishi mumkin: M sinfidagilar qutblarda qisqa muddatli radioaloqa uzilishlariga, X sinfidagilar esa butun sayyoramiz bo‘ylab yer ustida turuvchi qurilmalar uchun xavflidir. 

Magnit bo‘ronlarini deb qutb yog‘dusi hosil bo‘ladi. Bu atmosfera yuqori qatlamlaridagi atom va molekulalarning ortiqcha energiya to‘plashi natijasidir. Agar Quyoshdagi chaqnash kuchli bo‘lsa, buni hatto qutblardan ancha uzoq masofalarda ham ko‘rish mumkin. Bunda magnit bo‘ronlarining inson salomatligiga ta’siri juda oshirib ko‘rsatilgan.

Bunday xabarlarni ko'pincha ijtimoiy tarmoqlar va OAV da ko'rish mumkin.

Bo‘ronlar inson uchun xavflimi?

Zamonaviy tadqiqotlarga ko‘ra, Quyoshdagi chaqnashlar inson holatiga ta’sir qilmaydi, garchi ilgari bunday ehtimol taxmin qilingan bo‘lsa-da. Masalan, XX asr boshlarida Sovet Ittifoqida geliobiologiya degan alohida ilmiy yo‘nalishbo’lgan. Uning asoschisi fizik-olim Aleksandr Chijevskiy. U va uning shogirtlari magnit bo‘ronlari yurak va asab tizimini yomonlashtirishi, ruhiy kasalliklarning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lishi mumkinligini yozishgan. Lekin bunga hech qanday dalil hali ham topilmagan.

Boshqa olimlar magnit bo‘ronlari va yomon kayfiyat hamda turli kasalliklardan o‘lim holatlari o‘rtasida bog‘liqlikni topishga harakat qilishgan. Ular yo hech narsa topa olishmagan, yo tadqiqotlar sifati past bo‘lgan. Masalan, o‘lim ko‘rsatkichining oshishi olimlar inobatga olmagan boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. 

Aslida, Quyosh chaqnashlari paytidagi magnit maydoni tebranishlari odamlar ularning ta’sirini his qilishi uchun juda kuchsiz bo‘ladi.

Xususan, Yer magnit maydonining kuchlanishi — 22 dan 67 mikroteslagacha, geomagnit tebranishlar, ya’ni magnit bo‘ronlari paytidagi tebranishlar esa — o‘rtacha 0,5—1,5 mikroteslani tashkil etadi. Taqqoslash uchun: MRT apparatidagi magnit maydoni — 3 teslaga yetadi. Ya’ni, tekshiruv vaqtida inson ming marta kuchliroq tebranishlarga duch keladi. Ammo, ular sezilarsiz va zararsizdir: MRT — eng xavfsiz tadqiqot usullaridan biri hisoblanadi. Magnit bo‘ronlari kabi, u ham faqat asboblar ishiga, masalan, kardiostimulyatorlarning ayrim turlariga ta’sir qilishi mumkin.

Geomagnit bo‘roni nima?

Yer magnit maydonining tebranishlari — bu magnit yoki geomagnit bo‘ronlari. Bu Quyoshdagi chaqnashlar — vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan va bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadigan energiya va zarralar ajralib chiqishi natijasida yuzaga keladi. Ba’zan elektromagnit nurlanishi Yergacha yetib keladi, sayyoramizning magnit maydonida esa o‘zgarishlar bo’ladi. 

Bo‘ronlar Yerdagi hayotga ta’sir qilishi mumkin, lekin odatda yangiliklarda yozilganidek darajada emas. Masalan, ular GPS va uzoq masofali aloqa tizimlari ishini yomonlashtiradi, sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarishga xalaqit beradi va ba’zan elektr tarmoqlarida kuchlanish ortishiga (sakrashiga) sabab bo‘ladi. Quyosh chaqnashlari kuchi bo‘yicha A, B, C, M va X sinflariga bo‘linadi. Uskunalar ishiga faqat oxirgi ikkitasi ta’sir qilishi mumkin: M sinfidagilar qutblarda qisqa muddatli radioaloqa uzilishlariga, X sinfidagilar esa butun sayyoramiz bo‘ylab yer ustida turuvchi qurilmalar uchun xavflidir. 

Magnit bo‘ronlarini deb qutb yog‘dusi hosil bo‘ladi. Bu atmosfera yuqori qatlamlaridagi atom va molekulalarning ortiqcha energiya to‘plashi natijasidir. Agar Quyoshdagi chaqnash kuchli bo‘lsa, buni hatto qutblardan ancha uzoq masofalarda ham ko‘rish mumkin. Bunda magnit bo‘ronlarining inson salomatligiga ta’siri juda oshirib ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, odamlar yuqori kuchlikdagi elektr uzatish liniyalari yoki poyezdlar yaqinida yurishadi, ular ham o‘z atrofida ba’zan kuchli elektromagnit maydonlarni hosil qiladi. Shu bilan birga, hech kim buni sezmaydi va sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi. 

Magnit bo‘ronlaridan haqiqatda faqat uchuvchilar va astronavtlar zarar ko‘rishi mumkin — bo‘ronlar paytida yuqori balandliklarda radiatsiya darajasi ko‘tariladi. Lekin u Yer yuzasiga sezilarli darjada yetib bormaydi. Shuning uchun odamlar xavfsizlikda. 

Magnit bo'ronlari paytidagi hodisa, Alyaska ustidagi shimoliy yog'dular, NASA

Nega odam magnit bo‘ronlari paytida o‘zini yomon his qiladi? Dori ichish shartmi?

Ba’zilar magnit bo‘ronlari vaqtida bosh og‘rig‘i yoki qon bosimi oshishidan shikoyat qilishlari mumkin. Bu salbiy oqibatlarni kutish — Notsebo effekti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, odamlar boshqa sabablardan bo’ladigan asoratlarni magnit bo‘ronlari bilan izohlashga moyil bo‘ladilar. Masalan, agar kishi to‘yib uxlamagan bo‘lsa yoki unda migren xuruji bo‘lsa-yu, aynan o‘sha kuni yangiliklarda Quyoshdagi chaqnashlar haqida yozilsa, bu eng oddiy va qulay tushuntirish bo‘lib ko‘rinadi.

Aslida esa magnit bo‘ronlarini faqat ayrim texnik mutaxassislar kuzatib borishlari kerak. Sayyoramizda elektr tarmoqlari, radio tizimlari va boshqa uskunalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, Quyoshdagi kuchli chaqnashlarning ehtimoliy oqibatlari shunchalik xavfli bo‘ladi. Aynan shu sababli olimlar ular haqida xabar berishadi va Yer magnit maydonining tebranishlarini kuzatib borishadi.

Nikita Jukov
shifokor-nevrolog, psixiatr, dalillarga asoslangan tibbiyot targ‘ibotchisi

Magnit bo‘ronlarining salomatlik va inson holatiga ta’siri ko‘p marta tekshirilgan. Klinik jihatdan e’tiborga molik bog‘liqlik borligi haqida qat’iy dalillar mavjud emas.

Ko‘pincha biz magnit bo‘ronining ta’sirini o‘zimiz o‘ylab topganimiz sababli his qilamiz: yangiliklar, xavotir va his-tuyg‘ularimizga haddan tashqari e’tibor qaratamiz. Yoki o‘zimizni yomon his qilganimiz sabablarini qidiramiz va uni magnit foni haqidagi yangiliklardan topamiz.

Ha, surunkali holatlarda — migren, yurak-qon tomir kasalliklarida — yuqori geomagnit faollik kunlarida odamlar o‘zlarini ba’zan yomonroq his qilishadi. Rostini aytganda, bunday "yomonlashuv"larning ko‘pchiligida magnit bo‘ronining real ta’siridan ko‘ra, "ahvolim yomonlashadi" degan kutish sabab bo‘ladi.

Shuning uchun bo‘ronni o‘tkazib olish uchun biron-bir dori vositasini qabul qilishga hech qanday zarurat yo‘q: na magniy, na vitaminlar va na tinchlantiruvchi vositalar bunda yordam bermaydi.

Magnit bo‘ronlari sog‘liqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmasligi sababli, ularning ta’sirini qo‘shimchalar yoki dorilar bilan "yumshatishga" urinishdan ma’no yo‘q. Ba’zan bunday yondashuv hatto zararli bo‘lishi mumkin. Masalan, agar shifokor avvalroq qon bosimiga qarshi yoki migren profilaktikasi uchun dorilar tayinlagan bo‘lsa, magnit bo‘ronlari sababli qabul qilish sxemasini o‘zgartirish yoki qo‘shimcha tabletkalar ichish mumkin emas — bu ahvolni yanada yomonlashtirishi mumkin. 

To‘yib uxlash va stress darajasini nazorat qilish kabi maslahatlar esa, aksincha, nafaqat Quyosh chaqnashlari davrida, balki barcha odamlar uchun har doim foydalidir — imkon qadar ularga doimiy amal qilgan ma’qul.