Nega onlayn chipta yaxshiroq
Elektron aviachipta qog‘ozdek qonuniy kuchga ega. Xariddan keyin u telefonda saqlanadi va elektron pochtaga keladi. Ma’lumotlar reysga ro‘yxatdan o‘tishda avtomatik qo‘shiladi.
Onlayn xarid paytida turli aviakompaniyalarning takliflarini solishtirsa bo‘ladi. Narx va reys vaqti bir-biridan farq qilishi mumkin. Elektron chiptani qaytarish ham almashtirish ham oson. Kassaga borish shart emas. Ular ko‘pincha arzonroqqa ham tushadi. Qo‘shimcha to‘lovlar kam, aksiya va chegirmalar bo‘lib turadi. Chipta sotish servislaridan keshbek ham olish mumkin.
payme travel qanday ishlaydi
payme travel orqali dunyoning istalgan shahriga aviachipta sotib olish mumkin. Buning uchun saytga kiring, kerakli yo‘nalishni tanlang va chiptani to‘lang. Buni ro‘yxatdan o‘tmasdan ham qilish mumkin. Xizmatda ichki va xalqaro reyslar bor. Variantlarni narxi, sanasi yoki uchish vaqti bo‘yicha saralab, o‘zingizga mosini tanlaysiz. Aviachipta sotib olish uchun payme ilovasidagi payme travel bo‘limidan ham foydalanishingiz mumkin.
Bunda boshqa saytga o‘tish yoki qaytadan ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Chiptani qidirish, solishtirish va sotib olish payme ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Xariddan keyin elektron chipta pochtangizga yuboriladi va ilovada ham saqlanadi.
O‘zingizni va oila a'zolaringizni ma’lumotlarni har safar qaytadan kiritmaslik uchun yo‘lovchilarni oldindan saqlab qo‘yish mumkin. Keyingi safar ro‘yxatdan kerakli yo‘lovchini tanlaysiz.
payme’ni Google Play yoki App Store’dan yuklab olish mumkin.

payme travel sayti orqali aviachipta qanday sotib olinadi
1-qadam. Uchib ketish va uchib borish joylarini kiriting. Uchish sanasini yoki borish-qaytish sanalarini tanlang. Yo‘lovchilar sonini kiriting va ekonom yoki biznesni belgilang. Ko‘pi bilan 9 ta yo‘lovchi uchun chipta sotib olish mumkin. Keyin “Qidirishni boshlash” knopkasini bosing.


2-qadam. Chiptani tanlang. Tanlagan sanalaringizga mos barcha aviakompaniyalar reyslari chiqadi. Qulaylik uchun ularni narxi bo‘yicha saralash, faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yoki bagaj kiritilgan variantlarni tanlash mumkin. O‘zingizga mos chiptani tanlang. O‘ng tomonda uning tafsilotlari chiqadi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, “Keyingi” tugmasini bosing.


3-qadam. Yo‘lovchi ma’lumotlarini kiriting. Familiya va ism, jins, fuqarolik, tug‘ilgan sana hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini kiriting. Bu ID-karta, ichki pasport yoki xorijga chiqish pasporti bo‘lishi mumkin. Telefon raqami va elektron pochta manzilini ham kiriting. Shu bosqichda chipta narxi ham ko‘rsatiladi. Ma’lumotlarni yana bir bor tekshirib chiqing va “Bron qilishga o‘tish” knopkasini bosing.

4-qadam. Chiptani to‘lang. Bronlash boshlanganidan keyin chiptani belgilangan vaqt ichida to‘lash kerak.
To‘lovni bank kartasi yoki QR-kod orqali qilish mumkin. payme ilovasi orqali to‘lasangiz va sizda payme plus “Hammasi ichida” obunasi yoqilgan bo‘lsa, 200 ming so‘mgacha 10% keshbek olasiz.To‘lovni 10 kunga kechiktirish yoki bo‘lib to‘lashni ham tanlash mumkin. Bunda chipta narxi 3 oy davomida 0% bilan, boshlang‘ich to‘lovsiz to‘lanadi. Birinchi to‘lov esa keyingi oy yechib olinadi.
Agar TBC Salom kartasi bilan to‘lasangiz, yana qo‘shimcha 5% keshbek ham beriladi. Maksimal summa — 500 ming so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan ham karta ma’lumotlarini kiritib to‘lov qilish mumkin.
Xarid tugagach, elektron chipta pochtangizga yuboriladi. Xaridni payme ilovasi orqali qilgan bo‘lsangiz, chipta ilovada ham saqlanadi.


payme travel’da aviachiptalarni qanday olish mumkin
1-qadam. payme’ni yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. lovadan allaqachon foydalansangiz, bu qadamni bajarmang.
payme’dagi xaridlar uchun verifikatsiyadan o‘tish kerak, ilova selfi olishni so‘raydi. Selfilarni hech kim ko‘rmaydi, ularni algoritm tekshiradi va oddiy rasmlarga o‘xshab saqlamaydi. Verifikatsiyadan qanday o‘tish haqida, “O’zbekistonda to’lov ilovalari pasport talab qilmoqda — nima uchun? Nega ilovalar menga qiziqib qoldi?”. maqolasida yozgamiz.
2-qadam. payme travel’ga o‘tish. “Servislar” → payme travel tugmasini bosing. Bu yerda Uzbekistan Airways, SilkAvia, Centrum, Qanot va boshqa aviakompaniyalarning O‘zbekiston bo‘ylab barcha yo‘nalishlari uchun chiptalari bor.
Reyslar juda ko‘p. Turkiya, Tailand, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadek mashhur yo‘nalishlarni tez topasiz. Istalgan shahar va mamlakatni qidirsa bo‘ladi.

3-qadam. Chiptalar va sanalarni tanlang. “Qayerga boramiz?” tugmasiga bosib → uchish shahri, manzil va sanani ko‘rsating. “Yo‘lovchilar” bo‘limida chipta toifasini tanlab, kim uchishini ko‘rsatish mumkin: kattalar, bolalar yoki ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Eng arzon takliflar narxi kalendarda yashil rangda bo‘ladi. Foydali va tez reyslar esa ro‘yxatning boshida ko‘rsatiladi.
Almashib o‘tish (xalq tilida “peresadka”) bilan uchayotgan bo‘lsangiz, reyslar orasidagi vaqtga e’tibor bering. Vaqt zaxirasi bor variantni tanlang. Masalan, terminal yoki aeroportni almashtirish yoki bagajni qayta rasmiylashtirish kerak bo‘lsa, bir-bir yarim soat kam bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ehtiyot choralarini ko‘rish kerak. Ikkinchi reysga kech qolishdan ko‘ra, dam olish joyida o‘tirish yoki bo‘sh vaqt bo‘lsa, shaharni aylanish mumkin.

4-qadam. Tarif va bagajni tanlang. Sanalar bo‘yicha qidiruvni boshlab, mos reysni toping va “Tarifni tanlash” tugmasini bosing.
Tarifda chiptani qaytarish mumkinligi va bagaj borligi ko‘rsatiladi. Tanlangan tarif buyurtmadagi barcha chiptalar uchun amal qiladi. Eng arzon takliflar ko‘pincha qaytarilmaydigan, bagajsiz, faqat qo‘l yuki bilan bo‘ladi. Uning hajmini aviakompaniya saytida aniqlash kerak.

5-qadam. Yo‘lovchi ma’lumotlarini kiriting. “Yo‘lovchilarga o‘tish” knopkasini bosib, ma’lumotlar va hujjatlarni kiriting. Ichki reyslarga ID-karta, xorijiy reyslarga xorijga chiqish pasporti kerak. Barchasi ilovada saqlanadi va keyingi xaridlarni tezlashtiradi. Har safar ma’lumotlarni qaytadan shart emas. Kimlar uchun chipta sotib olganingiz haqidagi ma’lumotlar ham saqlanadi. Boshqa mamlakatning pasporti bor yo‘lovchini ham qo‘shish mumkin.
Barcha ma’lumotlar hujjatlardagidek aniq ko‘rsatilishi shart. Ularni tekshirishni unutmang. payme ilovasidagi ma’lumot kiritish maydonlari tushunarli qilingan. Lekin ism, familiya va xorijga chiqish pasporti yoki ID-karta raqamini to‘g‘ri kiritish muhim. Xato topilsa, reysga kiritishmasligi mumkin.
Ilgari payme travel orqali chipta sotib olgan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan saqlangan yo‘lovchini tanlasangiz bo‘ladi. Keyin telefon va elektron pochtani ko‘rsatish kerak.
.jpg)
.jpg)
6-qadam. Bronni tasdiqlab, to‘lov qiling. Oxirgi qadamlar: “Bron qilish” tugmasini bosib, chipta uchun istalgan bank kartasi orqali to‘lov qiling. Ilovaga ulangan kartalardan birini tanlash mumkin, shunda ma’lumotlarni kiritish kerak bo‘lmaydi. Yangi kartani ham qo‘shsa bo‘ladi.
payme+ obunasini ulasangiz chiptalarni sotib olganda kartangizga chipta narxining 10% keshbek qilib beriladi. Keshbekning eng yuqori miqdori 200 000 so‘m. Yangi foydalanuvchilar uchun obunaning birinchi oyi bepul, keyin 39 990 so‘m.
Uchish fikridan qaytsangiz, ilovani yopsangiz bo‘ldi. Taxminan yarim soatdan keyin bron avtomatik bekor qilinadi.
.jpg)
Keyinga qoldirmang. Eng foydali takliflarni topish uchun chiptalarni bir oy yoki undan oldinroq sotib oling. Dam olish va bayram kunlari chipta narxi yo‘lovchilar ko‘pligi uchun qimmatroq bo‘ladi.
Yashil sanalarda reyslarni bron qiling. Ilova oyning eng arzon chiptalarini kalendarda belgilab beradi.
Loukoster aviakompaniyalarni tanlang. Ular ham payme travel’da bor. Bunday reyslarda servis oddiy bo‘ladi, ovqat ham berilmaydi. Lekin yaxshigina tejash mumkin. Kamida 500 000-800 000 so‘m. Bunday chiptalar ko‘pincha qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.
Maxsus takliflardan foydalaning. Masalan, payme+ obunasi imkoniyatlari bor. Chipta servislari va aviakompaniyalarda onlayn xarid uchun foydali aksiyalar, chegirmalar bo‘ladi. Ma’lumotni chipta rasmiylashtiriladigan bo‘limda topish mumkin.
Mabodo...
Reys bekor qilinsa yoki ko‘chirilsa-chi? Shunday holatlar uchun aviakompaniya xarid qilishdan oldin aloqa ma’lumotlarini so‘raydi. Siz bilan bog‘lanib, yangi sanalar haqida xabar berishadi.
Chiptani qaytarmoqchi bo‘lsam-chi? “Mening chiptalarim” bo‘limini ochib, payme qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Agar chipta qaytariladigan bo‘lsa, pul kartangizga yuboriladi.
Reys sanasini o‘zgartirishni xohlasam-chi? “Mening chiptalarim” bo‘limini ochib, payme qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Tarif bo‘yicha o‘zgartirish mumkin bo‘lsa, sizga yordam berishadi.
Reys raqami va boshqa ma’lumotlar haqida savolim bor. Parvoz kuni payme barcha ma’lumotlar bilan birga eslatma-bildirishnoma yuboradi. Istalgan vaqtda pochtangiz yoki ilovaning “Mening chiptalarim” bo‘limida saqlanadigan yo‘nalish kvitansiyasida ko‘rsangiz bo‘ladi. payme qo‘llab-quvvatlash xizmati har qanday savolingizga javob beradi.
