Botanika bog’i
Toshkentning yashil makonimaskani bo‘lgan Botanika bog‘i, toza havosi va pikniklar uchun mo‘ljallangan ko‘plab o‘tloqlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘simliklar kolleksiyasiga ega bog‘lardan biridir. O‘simliklar esa dunyoning turli o‘lkalaridan keltirilgan. Bog’da velosipedda sayr qilish, xiyobonlar bo‘ylab aylanish, tropik va subtropik o‘simliklar o‘sadigan oranjereyaga borish mumkin.

Manzil. Bog‘ishamol ko‘chasi, 232b. Kirish, Avtoturargoh (parkovka) tomonidan.
Ish vaqti. Dam olish kunlarisiz, soat 9:00 dan 18:00 gacha, yozda esa soat 8:00 dan 19:00 gacha.
Narxi. Chipta — kattalar uchun 15 000 so‘m, talabalarga chegirmalar yo‘q. Oranjereyaga kirish chiptasi — 7 000 so‘m. Velosiped ijarasi bir soat uchun — 30 000 so‘m, o‘zingizning velosipedingiz yoki samokatingiz bilan kirish — 40 000 so‘m.
Ekspomarkaz va gondolada sayr qilish
Ko‘rgazma majmuasining keng obodonlashtirilgan hududida sayr qilish mumkin, odamlar ham kam bo‘ladi. Istasangiz, fotosessiyalar uchun ajoyib joy bo‘lgan Yapon bog’iga boring. Shuningdek, Ekspomarkaz yaqinidagi Anhor sohili bo‘ylab, Venetsiyadagi kabi va qo‘lda yog‘ochdan yasalgan gondolalarda sayr qilsa bo‘ladi.

Manzil. Ekspomarkaz — Amir Temur shoh ko‘chasi, 107. Gondolada sayr qilish — Kichik halqa yo‘li, 18.
Ish vaqti. Yapon bog‘i har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ochiq, gondolalarda esa 9:00 dan 24:00 gacha sayr qilish mumkin.
Narxi. Ekspomarkaz hududiga kirish bepul. Kattalar uchun Yaponiya bog’iga chipta — 30 000 so‘m. Gondolada bir kishi uchun sayr qilish — 60 000 so‘m.
Ko‘rgazmalar va art-galereyalar
Masalan, fevral oyida “Ilhom” teatrida rassom Bobur Ismoilovning “Sayohatchi kundaligi” («Дневник путешественника») nomli bepul ko‘rgazmasi bo‘lmoqda. Tashkent City Mall’da esa mart oyining boshigacha “Van Gog bo‘lish” nomli yoritish va ovozli shouga ega multimedia ko‘rgazmasi ochiq bo‘ladi. Zamonaviy san’at muhitiga tashrif buyurib, rassomlar ijodi haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz va asarlar oldida selfiga tushishingiz mumkin.

Manzil. “Ilhom” teatri — Paxtakor ko‘chasi, 5, Tashkent City Mall — Botir Zokirov ko‘chasi, 7.
Ish vaqti. “Ilhom” teatridagi ko‘rgazmaga dushanbadan tashqari istalgan kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tashrif buyurish mumkin. Tashkent City Mall’da — dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma va dam olish kunlari — yarim tungacha.
Narxi. “Ilhom” teatri — bepul. Tashkent City Mall — dushanbadan chorshanbagacha 40 000 so‘m, juma va dam olish kunlari — 60 000 so‘m. Talabalarga 50% chegirma, payshanba kuni jonli navbat bo‘yicha kirish bepul.
“Toshkent gapiradi” («Говорит Ташкент») nomli audiospektakl
Toshkent ko‘chalari bo‘ylab audiospektakl-sayr. Ishtirokchilar quloqchinlarni taqib, shahar muhitini his etib, guruh bilan qiziqarli joylarda sayr qilishadi. Audiospektakl asl toshkentliklarning xotiralari va intervyulari asosida yozilgan — ayrimlari mualliflarga shaxsan aytilgan, ayrimlari esa internetda ochiq manbalarda chiqqan hikoyalar.

Manzil. Uchrashuv joyi, Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan ko‘prik yonidagi Anhor sohilida, park qarshisida.
Ish vaqti. Spektakllar har kuni dushanbadan yakshanbagacha soat 10:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Narxi. Bir kishi uchun chipta — 180 000 so‘m, talabalarga chegirmalar yo‘q. 14-fevralgacha quyidagi aksiya amal qiladi —juftlik uchun 300 000 so‘mlik Love Story sertifikatini olish mumkin. Audiospektaklga aynan 14-fevral kuni borish shart emas, sanani ochiq qoldirib, yarim yil davomida istalgan kun va vaqtda guruhga qo‘shilib sayr qilish mumkin.
Planetariy
Poytaxtda ular ikkita: Xadra maydonidagi Toshkent shahar planetariysi va Tashkent-City bog’idagi planetariy. Har ikki joyda 3D dasturlarni uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida tomosha qilish mumkin, muzey zallari ham mavjud.

Manzil. Toshkent shahar planetariysi: Zarqaynar ko‘chasi, 6. Tashkent City Park planetariysi — O‘qchi ko‘chasi, 2.
Ish vaqti. Toshkent shahar planetariysi — yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha. Tashkent-City planetariysi — soat 10:00 dan 22:00 gacha. Seanslar vaqtini oldindan aniqlashtirish kerak.
Narxi. Toshkent shahar planetariysi: kattalar uchun 16 000 so‘m, talabalarga chegirmalar yo‘q. Tashkent-City planetariysi: Planetariy uchun 100 000 so‘m, muzeyga ham tashrif buyursangiz 130 000 so‘m.
The Mart’da ramyon
Ramyon tanlaysiz, kassir uni tayyorlaydi va bir necha daqiqadan so‘ng ovqatlanishingiz mumkin. Xuddi koreys doramasidek. Yungi yoki Saja Boys ramyonlarini ham tanlash mumkin — bunaqasiyam bor. Shuningdek, shirinliklar va ichimliklarni ham sotib olishingiz mumkin. Shaftoli murabbosi qo‘shilgan motini tavsiya qilamiz.

Manzil. The Mart do‘konlarida.
Ish vaqti. Do‘konga qarab har xil. Atrimlari kechgacha yoki kecha-yu kunduz ishlaydi.
Narxi. Idish-tovoq va anjomlar bilan bir porsiyasi uchun taxminan 60 000 so‘m.
Qor shahri — Ice City
Agar qish kamlik qilsa, Next savdo markazidagi Ice City muz shahriga keling. Xursandchilik kun bo‘yi davom etishi mumkin. Masalan, konkida, chanada yoki havo sharida uchsa bo‘ladi. Jami o‘n bitta attraksion bor. Kirishda bir nechta qahvaxonalarda issiq ichimliklar bor.

Manzil. Next savdo markazi, Bobur ko‘chasi 6.
Ish vaqti. Har kuni soat 10:00 dan 21:30 gacha.
Narxi. Birinchi marta kirish uchun 10 000 so‘mlik karta sotib olib, uni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. So‘ng, kartani pul bilan to‘ldirib, attraksionlar uchun to‘lash mumkin. Xarajatlar xursandchiliklarga bog’liq. Masalan, yarim soat konkida uchish 55 000 so‘mga tushadi. Qahva: 20 000 so‘m atrofida.
