Women & Kids Premium

Ayollar va bolalar uchun maxsus sport klubi. Bu yerda onalar va bolalar alohida yopiq basseynlarda suzishlari mumkin. Murabbiy bilan yoki mustaqil shug‘ullansa bo‘ladi.

Manzil: Eski Sariko‘l 5-tor ko‘cha, 9/1. 

Narxi: kattalar basseynida murabbiy bilan shug‘ullanish: 1 ta mashg‘ulot 195 000 so‘m, 8 ta mashg‘ulot 1 240 000 so‘m, 12 ta mashg‘ulot 1 420 000 so‘m. Murabbiysiz: 1 ta mashg‘ulot 150 000 so‘m, 8 ta mashg‘ulot 750 000 so‘m, 12 ta mashg‘ulot 870 000 so‘m.

Bolalar bilan suzish uchun kichik basseyn, sport zali, kattalar va bolalar uchun har xil sport mashg‘ulotlari bor.

Bolalar bilan birga yoki alohida basseynda suzish mumkin. Manba: Women & Kids Premium instagrami

Waterpark

Har chorshanba akvapark faqat ayollar va bolalar uchun ishlaydi. 10 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar kiritiladi. Kattalar va bolalar uchun alohida basseynlar, attraksionlarlar va fud kort bor.

Manzil: Yunusobod tumani, Yunusobod dahasi, 7-mavze.

Narxi: 3 soatlik chipta: kattalarga 120 000 so‘m, 4 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 80 000 so‘m. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kirish bepul. Kunlik chipta: kattalarga 180 000 so‘m, bolalarga 120 000 so‘m.

Har chorshanba parkda ayollar kuni. Manba:  Waterpark instagrami

Simma Fit 

Simma Hotel Spa & Water Park qoshidagi sog‘lomlashtirish markazi erkaklar va ayollar hududlariga ajratilgan. Ayollar uchun basseyn, kiyinish xonalari, massaj xonalari, sport zali, fin saunasi va hammom bor.

Manzil: Sergeli-5A, Navro‘z ko‘chasi, 22.

Narxi: Mehmonxonada yashasangiz, kirish bepul. Qolganlar uchun 3 soatga kirish: kattalarga 200 000 so‘m, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 100 000 so‘m.

Basseyn yonida fito-barli qulay dam olish joyi bor. Manba: markaz sayti

Basseyn yonida fito-barli qulay dam olish joyi bor. Manba: markaz sayti

Lotus Elite

Ayollar uchun sog‘lomlashtirish markazida katta yopiq basseyn, velness, SPA, fitnes va akvaaerobika mashg‘ulotlari bor. 11:00 dan 14:00 gacha bolalarsiz bemalol suzish mumkin. 

Manzil: Yashnobod tumani, Aviasozlar shaharchasi, 4-mavze, 37/1. 

Narxi: kattalar uchun erkin suzish: 1 soat 70 000 so‘m. Abonement: 8 ta mashg‘ulot  500 000 so‘m, 12 ta mashg‘ulot 700 000 so‘m. Murabbiy bilan 1 ta mashg‘ulot 120 000 so‘m, 8 ta mashg‘ulot 800 000 so‘m, 12 ta mashg‘ulot 1 200 000 so‘m.

Katta basseynda suzish va akvaaerobika mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Manba: Lotus Elite feysbuki


Panoramic Spa Hotel

Chiroyli manzaralar uchun poytaxtdan 70 km yo‘l yurishga tayyor bo‘lsangiz, sizga mos joy bor. Ayollar har kuni soat 12:30–14:30 va 17:30–19:30 oralig‘ida kelishlari mumkin. Bu vaqtda basseyn va saunaga erkaklar kiritilmaydi. Xohlasangiz, boshqa vaqtda ham suzishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent viloyati, Chorvoq shaharchasi, Suyarov ko‘chasi, 1.

Narxi: Mehmonxonada yashasangiz, foydalanish bepul. Boshqalar uchun seans narxi: kattalarga 150 000 so‘m, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 100 000 so‘m. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul. 

Go‘zal tog‘ manzaralari fonida suv bo‘yida dam oling. Manba: mehmonxona sayti.