payme’dagi “Mening uyim” xizmati qanday ishlaydi
“Mening uyim” bo‘limida barcha kommunal va boshqa to‘lovlarni bir joyga yig‘sa bo‘ladi. payme bilan ishlaydigan xizmat ko‘rsatuvchilar hisoblaridagi balansni ham kuzatish mumkin. Bu, O‘zbekistonning asosiy kommunal kompaniyalari. Masalan, suv, svet, gaz, chiqindi olib chiqish, internet, telefon, davlat xizmatlari, kreditlar va o‘qish uchun to‘lovlar qo‘shiladi. Bir uyga istalgan 50 tagacha to‘lovni bo‘g‘lasa bo‘ladi. Buvingiz yoki ota-onangizning uyi uchun ham to‘lov qilsangiz qo‘shimcha “Mening uyim” papkalarini ochish mumkin.
Har bir qo‘shilgan to‘lovning kvitansiyasini ko‘rish, telefon yoki kompyuterga yuklab, chop etsa bo‘ladi. Ilovada kommunal xizmatlar uchun oylik xarajatlar summasi ham ko‘rinadi. Barcha kvitansiyalar saqlanadi, ma’lumotlar telefon raqamingiz yoki JSHSHIRga bog‘lanadi. Smartfoningizni almashtirsangiz ham hech narsa yo‘qolmaydi.
payme+ obunasini ulasangiz, har bir to‘lovdan 1% keshbek qaytadi. Maksimal qaytariladigan summa 200 000 so‘m. Yangi foydalanuvchilar uchun birinchi oy bepul, undan keyin oyiga 39 990 so‘mdan to‘lanadi.
payme’ni yuklash uchun: Play Market | App Store

payme’da “Mening uyim”ni yaratish
1-qadam. payme’ni yuklang va ro‘yxatdan o‘ting. payme’dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, bu bosqichni o‘tkazib yuboring.
payme’da xarid qilish uchun verifikatsiyadan o‘tish va selfi olish kerak. Suratlarni sun’iy intellekt tekshiradi, odamlar ko‘rmaydi va oddiy rasmlardek saqlanmaydi. Verifikatsiyadan o‘tish tartibi haqida “O’zbekistonda to’lov ilovalari pasport talab qilmoqda — nima uchun?” maqolasida tushuntirganmiz.
2-qadam. payme’ni ochib “Mening uyim” belgisini toping. Belgi bosh ekrandagi ko‘p takrorlanadigan to‘lovlar qatorida joylashgan. “Uy qo‘shish”ni bosing va uy nomini yozing. Masalan, “45-kvartira”. Agar bir nechta uy bo‘lsa, manzilni yozib qo‘yish mumkin. Qatorga taxminan 75 ta belgi sig‘adi.

3-qadam. Kommunal xizmatlarni qo‘shing. Asosiylari payme’da bor. Avval saqlangan to‘lovlarni qo‘shish mumkin. Ilgari to‘lagan xizmatlaringizdan kerakligini tanlaysiz.
Yangi to‘lovlarni ham qo‘shsa bo‘ladi. Buning uchun “To‘lovlarni guruhlarga qo‘shing” → ommabop xizmatlar ro‘yxatining oxiridagi “Qo‘shish” → “Kommunal xizmatlar” → masalan, “Elektr energiyasi” tanlaysiz. Keyin kerakli xizmat ko‘rsatuvchini toping. Uni “Mening uyim”ga qo‘shish uchun viloyat, tuman elektr tarmog‘i va shaxsiy hisob raqamini kiritish kerak. Boshqa xizmat ko‘rsatuvchilar uchun boshqa ma’lumotlar talab qilinishi mumkin.

Yangi to‘lov qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, kerakli papkaga kirib, “To‘lov qo‘shish” bo‘limigacha pastga aylantirasiz. Istalgan “Mening uyim”dagi bitta papkaga turli xizmat ko‘rsatuvchi bo‘yicha bir nechta shaxsiy hisob raqamlarini qo‘shish mumkin. Lekin, bu har doim ham qulay emas. Ularni alohida papkalarga ajratgan yaxshi.
4-qadam. Balanslarni kuzating va hisoblarni to‘lang. Hisob to‘ldirilsa yoki to‘lov qilinsa balans odatda darhol yangilanadi.
Masalan, Veolia Energy Tashkent issiq suv va isitish bo‘yicha hisoblarni har oy 25-sanadan keyin chiqaradi. Agar oldindan to‘lov qilinmagan bo‘lsa, “Mening uyim”dagi papka tagida qarzdorlik haqida ogohlantirish chiqadi. Bu qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lashga yordam beradi. Buni qilish oson. Kerakli to‘lovga kiring → “To‘lov” qatoriga summani yozing. Ilova chekni ko‘rsatadi va kartani tanlash yoki yangisini qo‘shishni taklif qiladi.
Avtoto‘lovni ham yoqish mumkin. Buning uchun to‘lov nomi yonidagi uchta nuqtani bosib → “Avtoto‘lovni yoqish”ni tanlang. Keyin summani kiritib oyiga pul bir marta yoki har hafta yechilishini belgilang. Pul yechilishidan oldin ogohlantirish yuboriladi.

Barcha kvitansiyalar ilovada saqlanadi
To‘lovlaringizni ko‘rish uchun tranzaksiyalar tarixiga kiring. U yerda har bir toifa yoki xizmat ko‘rsatuvchi bo‘yicha kerakli davr uchun hisobot olsa bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘lovlarni ishlatgan kartalaringiz bo‘yicha filtrlash imkoniyati bor.
Filtr tanlab, ko‘chirmani yuklab olish mumkin.

Qayerda...
To‘lovlar uchun shaxsiy hisob raqamlarini qayerdan topish mumkin? Eski kvitansiyalar, Davlat xizmatlari portalidagi profilda yoki xizmat ko‘rsatuvchining ishonch telefoni orqali. Odatda manzil, mulkdorning F.I.Sh., kerak bo‘lsa ID-karta ma’lumotlari ham kerak bo‘ladi.
Hisoblagich ko‘rsatkichlarini kiritish kerakmi? Masalan, suvga? Xizmat ko‘rsatuvchilarning saytlarida yoki “O‘zsuvta’minot” va Veolia Energy Telegram-botlari orqali qilish mumkin. Ba’zi hududlarda ko‘rsatkichlarni inspektor Telegram orqali yig‘adi.
Telegram-bot Veolia Energy
Telegram-bot “O‘zsuvta’minot”
Barcha yillar uchun kvitansiyalar qayerda? payme kvitansiyalarni “Mening uyim” yaratilgan paytdan yoki birinchi to‘lovdan boshlab saqlaydi. Oldingi cheklar to‘lovlar ilgari qayerda qilingan bo‘lsa o‘sha yerdan qidiriladi.
Ilovada balans noto‘g‘ri ko‘rsatilsa, ma’lumotlarni qayerdan tekshirish mumkin? Odatda, ilovadagi hisoblar bo‘yicha balans hisob to‘ldirilgandan yoki kvitansiya to‘langandan keyin darhol yangilanadi. Ba’zan ma’lumotlar xizmat ko‘rsatuvchidan payme’ga kechikib yetib kelishi mumkin. Bunday holatda xizmat ko‘rsatuvchiga murojaat qiling.
Ortiqcha qarz hisoblangan bo‘lsa, nima qilish kerak? payme cheklari va bank kartasi ko‘chirmalari to‘lovning dalili hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatuvchiga murojaat qilish yoki sud uchun bankdan muhr bosilgan to‘lovlar ko‘chirmasini olish mumkin.
