UPS o‘zi nima va u qanday texnika uchun mos?

Uzluksiz quvvat manbai (UQM yoki UPS) – oddiy qilib aytganda, texnika uchun “quvvat banki”. Elektr o‘chib qolsa, UPS avtomatik tarzda batareyaga o‘tadi va qurilmalarni ishlashda davom ettiradi. Bu texnikani to‘g‘ri o‘chirib olish, ma’lumotlarni saqlash uchun bir necha daqiqa vaqt beradi.

UPS, asosan, to‘satdan o‘chsa zarar yetadigan qurilmalar uchun kerak bo‘ladi.
Masalan:
Statsionar kompyuterlar, Monitorlar, O‘yin konsollari, Smart-TV yoki OLED ekranli zamonaviy televizorlar.

Bunday texnika kuchlanishdagi o‘zgarishlarga juda sezgir bo‘ladi. Hatto bitta kuchli "sakrash" ham ularni ishdan chiqarishi mumkin. UPSsiz bular elektr o‘chganda shunchaki “o‘chadi” va natijada ma’lumotlar yo‘qoladi, tizim xatolik beradi yoki texnika buziladi.

Noutbuklarga esa odatda UPS shart emas, chunki ular o‘z batareyasiga ega — elektr o‘chsa ham avtomatik ishlashda davom etadi.

Slide 1
Texnikani himoya qiladigan oddiy UPSlarning ko’rinishi shunday
Slide 2
Texnikani himoya qiladigan oddiy UPSlarning ko’rinishi shunday
Slide 3
Texnikani himoya qiladigan oddiy UPSlarning ko’rinishi shunday

Yirik texnikalar uchun oddiy UPS yetmaydi. Muzlatkich, kir yuvish mashinasi yoki mikroto‘lqinli pech kabi yirik texnikalar kuchli dvigatel va kompressorlarga ega. Ular yoqilganda to‘satdan katta quvvat talab qiladi. Oddiy UPS (UQT) bunday yuklamaga bardosh bera olmaydi — natijada texnika ishlamaydi yoki hatto umuman yoqilmaydi. Shuning uchun, bunday qurilmalarni himoya qilish uchun quvvati yuqori, maxsus modeldagi UPS kerak. Ya’ni, faqat kompyuter uchun mo‘ljallangan kichik qurilmani ulab bo‘lmaydi — natijada foyda o‘rniga zarar ko‘rishingiz mumkin.

Qaysi turdagi UPSni tanlash kerak?

UPSlar uch asosiy turga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq — elektr uzilganda batareyaga o‘tishdagi tezlik.

Zaxira UPS (Offline UPS). Eng oddiy va arzon variant. Elektr bor paytda rozetkadan quvvat beradi. Chiroq o‘chganda taxminan 10–15 millisekund ichida batareyaga o‘tadi. Oddiy chiroq yoki printer bu kechikishni sezmaydi. Ammo kompyuter, televizor kabi texnika kuchli yuklama sabab o‘chib qolishi mumkin.

Batareyada ishlash vaqti — 10–15 daqiqa. Chiroq tez-tez o‘chmaydigan joylar va oddiy texnika uchun mos. Muhim ishlar uchun unchalik ishonchli emas — ma’lumotlar yo‘qolib ketishi mumkin.

Chiziqli-interaktiv UPS (Line-Interactive UPS). Kuchlanishni doimiy nazorat qilib turadi, zarurat tug‘ilganda esa deyarli bir zumda batareyaga o‘tadi. Qurilmalar ishlashda davom etadi, siz hatto chiroq o‘chganini sezmasligingiz mumkin. Batareyada ishlash vaqti — 30–40 daqiqa. Bu hujjatni tugatib saqlash yoki o‘yinni tinch tugatish uchun yetarli. Uyda ishlaydiganlar, geymerlar va zamonaviy texnika ishlatadiganlar uchun yaxshi tanlov. 

Ish vaqti - bir soatgacha, modelga va ulangan texnika soniga bog‘liq.

UPS turlari

UPS qancha vaqt ishlashi — ulangan qurilmalarning quvvatiga bog‘liq. Yuklama qancha kichik bo‘lsa, batareya shuncha uzoq vaqt yetadi

Uzluksiz quvvat manbai (UPS) qanday ulanadi?

UPSni ulash juda oddiy:

  1. Qurilmangizning vilkasini UPSdagi rozetkaga ulang.
  2. UPSning o‘zini esa oddiy rozetkaga ulang.
  3. Shu zahotiyoq u ishlay boshlaydi: batareyasini zaryad qiladi va texnikangizga quvvat uzatadi.

Ideal holatda, UPSni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozetkaga ulagan ma’qul. Lekin agar albatta uzaytirgich kerak bo‘lsa, sifatlisini tanlang:

Arzon, sifatsiz uzaytirgichlardan ehtiyot bo‘ling. Ular qizib ketishi, erib qolishi yoki kuchlanish o‘zgarishida qisqa tutashuvga sabab bo‘lishi mumkin.

UPS kompyuterga shunday ulanadi

Oldindan nimalarga e’tibor berish kerak?

UPS turini tanlagach, yana bir nechta muhim jihatlarni ham ko‘zdan kechiring:

Rozetkalar soni. UPSlarning 2, 4 yoki 6 ta chiqish joyi bo‘lgan turlari bor. Sizda nechta texnika bo‘lishini oldindan o‘ylab chiqing: masalan, kompyuter, monitor, router. Kelajakda yana biror narsa ulashga to‘g‘ri kelmasligi uchun, biroz zaxira bilan tanlang.

Tashqi akkumulyator ulash imkoni

Ba’zi UPS modellariga qo‘shimcha batareyalar ulab, ish vaqtini uzaytirish mumkin. Agar chiroq tez-tez o‘chib tursa yoki siz uzoqroq aloqada qolishni istasangiz, bu juda foydali. Shu imkoniyat bor-yo‘qligini avvaldan aniqlab oling. 

Qanday qilib kerakli quvvatni hisoblash mumkin?

UPS siz ulaydigan texnikalarni to‘liq qamrab olishi kerak. Aks holda u ishga tushishi bilan o‘chib qoladi. To‘g‘ri quvvatni topish uchun:

  1. Barcha qurilmangiz quvvatini qo‘shing. Bu raqamlar qurilmaning orqa qismida yoki yo‘riqnomasida bo‘ladi.
    Masalan:
    Kompyuter + monitor = 300–500 Vt
    O‘yin konsoli (PlayStation) = 100–200 Vt

  2. Ustiga 30–50% zaxira qo‘shing. Bu og‘ir dastur ochilganda yoki o‘yin vaqtida kutilmagan kuchlanishdan himoya qiladi.
    Masalan: 500 Vt bo‘lsa → 500 × 1.3 ≈ 650 Vt UPS kerak bo‘ladi.
UPS tanlashda yana nimalarga qarash kerak?

Mixail, G-Shop.uz mahsulot menejeri shunday maslahat berdi:

  • Eng avvalo, qurilmangiz necha vatt ishlatishini aniqlang. So‘ngra zaxira bilan hisoblab, biroz kuchlirog‘ini tanlang – keyin pushaymon bo‘lib o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmaydi.
  • Uy uchun chiziqli-interaktiv UPSlar yetarli. Ular yaxshi himoya qiladi va ko’p joy egallamaydi.
  • Qimmat texnika va serverlar uchun esa onlayn UPS eng ishonchli tanlov.
  • Rozetkalar soniga, batareyani almashtirib bo‘lishiga, va servis markazining borligiga qarang.
  • Har 2 yilda bir marta akkumulyatorni tekshirib turing – hatto svet o‘chmasa ham, u eskiradi.
  • Muhimi – yonib ketgan texnikani tuzatishdan ko‘ra, bir marta yaxshi UPS olish osonroq.

UPS qancha turadi va qayerdan olish mumkin?

Narxlar quvvat, turi va brendga bog‘liq:

Yaxshisi – ishonchli brendlarni tanlang: APC, Eaton, Powercom, CyberPower — bu brendlarning ishonchli modellaridan boshlab professionalgacha tanlovi bor.

Noma’lum, arzon brendlar – ehtiyot qismlar topilmasligi yoki umuman ta’mirlab bo‘lmasligi mumkin.

Qayerdan olish mumkin?

Sizga UPS kerakligini qanday bilasiz?

Agar:

demak, sizga albatta UPS kerak.

U nima qiladi?

Hatto eng oddiy UPS ham texnikangizni buzilib qolishdan asraydi.