Oylik tushadigan kartani almashtirsa bo‘ladimi
Oylikni istalgan bank kartasiga olish mumkin. Ish haqi aynan ish beruvchi hamkorlik qiladigan bank kartasiga tushishi shart degan talab qonunda yo‘q. Lekin ish beruvchi ham siz taklif qilgan variantga rozi bo‘lishga majbur emas. Bunday holatda kelishish kerak.
Ishlab yurganingizda kartani almashtirmoqchi bo‘lsangiz, yangi rekvizitlar rasmiylashtiriladi. Ya'ni, mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish yoki qo‘shimcha kelishuvga imzo qo‘yish kerak.
O‘zbekiston Markaziy banki barcha xodimlarni bitta bank xizmatidan foydalanishga majbur qiladigan tizimdan voz kechmoqchi. Buning uchun “Taqsim” tizimi yaratilmoqda. U bilan xodimlar oylikni o‘zlari istagan bank kartasiga olishlari mumkin. Lekin, tizim qachon ishga tushishi noma’lum. Hozircha hammasini buxgalteriya orqali hal qilish kerak.
Ish haqini boshqa kartaga qanday o‘tkazish mumkin
Agar karta ochmagan bo‘lsangiz, oldin oylik tushadigan kartani oching. Kartani bank ilovasi orqali buyurtma qilish mumkin. Uni kuryer olib kelishini yoki yaqin filialdan olib ketishni o‘zingiz tanlaysiz. Qaysi kartani tanlashni bilmasangiz, “Keshbek va bonuslar olish uchun qaysi bank kartasini tanlash kerak” maqolamizni o‘qing.
Keyin bank ilovasi yoki qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali karta rekvizitlarini oling. Oylikni o‘tkazish uchun karta raqamidan tashqari quyidagi ma’lumotlar ham kerak:
- bank kodi;
- karta hisob raqami va pul o‘tkazmalari uchun tranzit hisob raqami;
- bankning STIRi
Odatda karta rekvizitlarini bank ilovasidan topib, yuklab olish mumkin. Lekin kartaning orqasidagi uch xonali CVV kodni hech kimga bermang.

Buxgalteriya yoki kadrlar bo‘limiga ariza yozing. U yerda nima qilish kerakligini tushuntirishadi va shartnomangizdagi rekvizitlarni o‘zgartirish uchun yangi hujjatlarni rasmiylashtirishadi.
Ishxona rozi bo‘lmasa nima qilish kerak
Bu odatiy holat. Ko‘pincha buxgalteriya yoki kadrlar bo‘limi qayta rasmiylashtirish bilan ovora bo‘lishni xohlashmaydi. Oylikni boshqa bankka o‘tkazish uchun ish beruvchidan qo‘shimcha to‘lov ham olinishi mumkin. Bu xarajatlarni ish beruvchi sizning oyligingizdan ushlab qolishga haqi yo‘q. Rahbariyat bilan gaplashib ko‘rishingiz mumkin. Balki sizga yon berishar. Lekin rahbarlarga bu yoqmasa yoki qo‘shimcha xarajat talab qilinsa, rad javobini berishlari ham mumkin.
Yana bitta yo‘l bor. Oyligingizni boshqa kartaga o‘zingiz o‘tkazishingiz mumkin. Shunda ko‘proq keshbek va chegirmalar beradigan kartadan foydalanasiz. Odatda ish haqi kartalari deyarli hech qanday bonus bermaydi.
Kartadan kartaga pulni komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Masalan, TBC Salom kartasini ochib, uni payme’ga bog‘lasangiz bo‘ldi. Oylik, mukofot puli va boshqa daromadlaringizni, masalan, o‘zini o‘zi band qilganingizdan tushgan pullarni ham hech qanday cheklovlar va ortiqcha xarajatlarsiz o‘tkazasiz.
payme’ga ulanmasdan ham TBC Salom kartasi bilan har bir xaridingizdan 1% keshbek olasiz. Yandex Go, Yandex Eats va KFC Uzbekistan’ga o‘xshagan hamkorlarda 5% gacha keshbek beriladi. Hisobingizda 100 ming so‘mdan ko‘proq pul tursa, qoldiqqa yiliga 12% daromad hisoblanadi.
.webp)
Oylikni boshqa bankka o‘tkazish haqida nimalarni bilish kerak
- Ish beruvchidan oyligingizni boshqa kartaga o‘tkazishni so‘rashingiz mumkin. Lekin, u bunga rozi bo‘lishga majbur emas.
- Oylikni kartaga o‘tkazish uchun xodimdan hech qanday qo‘shimcha xarajat undirilmaydi. Buni ish beruvchi qoplashi kerak.
- Agar oylikni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha kelisha olmasangiz, qulay bo‘lgan kartaga o‘zingiz pulni o‘tkazishingiz mumkin.

