Woman Card от Ipak Yuli Bank
So‘mli Visa karta — ayollar uchun butiklar, spa, sport zallari, parfyumeriya va zargarlik do‘konlariga chegirmalar beradi. Boshqa mamlakatlarda ham onlayn to‘lov qilish mumkin. Nomiga e’tibor qilmang, kartani erkaklar ham rasmiylashtirishi mumkin
💰 Keshbek: barcha xaridlar uchun 0,5%.
🚚 Kartani chiqarish va yetkazib berish: bepul.
💳 Xizmat ko‘rsatish: bepul.
💸 Pul o‘tkazmalari: Ipak Yo‘li bank kartalariga komissiyasiz, boshqa bank kartalariga esa 0,75% komissiya bilan Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali.
🏧 Naqd pul yechish: Ipak Yo‘li banki bankomatlarida 0,5%, boshqa bankomatlarda esa ularning tariflari bo‘yicha.
📈 Qoldiq uchun foiz: yo‘q.
🎁 Bonuslar: bank hamkorlarida chegirmalar bor. Masalan, Patriki qahvaxonasida 32%, Tanuki restoranida 10%, Black Quail do‘konida va De factum klinikasida ayollar chekapi uchun chegirmalar. Hamkorlar haqida batafsil ma’lumotni Telegram-botdan topish mumkin.
📲 Qanday olish mumkin: Android va iOS uchun Ipak Yuli Bank mobil ilovasi orqali.
TBC Salom
Keshbek va qoldiq uchun foizlar bo‘lgan Visa karta. Omonat desa ham bo‘ladi: kartadagi qoldiqqa yillik 12% qo‘shiladi. Boshqa mamlakatlarda ham onlayn to‘lash mumkin.
💰 Keshbek: Har bir xarid uchun — 1%, TBC hamkorlarida esa — 5%. Masalan, Yandex GO, Korzinka GO, KFC, Yaponamama, Chaykoff, Bloom’da to‘lov qilsangiz, keshbek ko‘proq bo‘ladi. To‘plangan summa keyingi oyda qaytariladi.
🚚 Kartani chiqarish va yetkazib berish: bepul.
💳 Xizmat ko‘rsatish: bepul.
💸 Pul o‘tkazmalari: TBC UZ ilovasida istalgan kartaga komissiyasiz.
🏧 Naqd pul yechish: Har oy komissiyasiz 10 mln so‘mgacha yechish mumkin, istalgan bankomatdan. Pul yechayotganda komissiya olinadi, lekin bank keyingi oy boshida shu summani kartaga qaytaradi.
📈 Qoldiq uchun foiz: kartadagi qoldiqqa yiliga 12%. Buning uchun ilovada ushbu funksiyani yoqish kerak. Foizlar har oy hisoblanadi. Qoldiq kamida 100 ming so‘m bo‘lishi kerak.
🎁 Bonuslar: aeroportlardagi biznes-zallardan foydalanish, Fast Track xizmati orqali tezlashtirilgan nazoratdan o‘tish, The Bani Telmana’ga 20% chegirma va boshqa imtiyozlar. Barcha qulayliklar haqida “Visa kartasi imkoniyatlari” maqolasida o‘qish mumkin.
📲 Qanday olish mumkin: Android va iOS uchun TBC UZ ilovasida.
Uzum karta
So‘mli Visa karta. Oddiy debet karta sifatida foydalanasiz, mikroqarz rasmiylashtirsa ham bo‘ladi. Chet elda va xorijiy onlayn do‘konlarda ishlaydi.
💰 Keshbek: hamkorlarda xaridlar uchun 20% gacha. Masalan, Topar, BeFit, Bellissimo Pizza, Baraka Marketda. Jamoat transportida yo‘l haqi uchun ham keshbek bor. Buning uchun kartadan kamida 500 000 so‘m sarflash yoki oyiga 99 990 so‘mlik obuna rasmiylashtirish kerak.
🚚 Kartani chiqarish va yetkazib berish: bepul, lekin yetkazib berish faqat Uzum topshirish punktiga amalga oshiriladi.
💳 Xizmat ko‘rsatish: bepul.
💸 Pul o‘tkazmalari: Uzum kartalari o‘rtasida komissiya yo‘q. Bank kartasidan 500 000 so‘m sarflasangiz yoki obuna rasmiylashtirsangiz, oyiga 2 mln so‘mgacha Uzcard va Humo.
🏧 Naqd pul yechish: Uzum Bank bankomatlarida oyiga 10 mln so‘mgacha, boshqa bankomatlarda esa 2 mln so‘mgacha komissiyasiz. Ushlangan komissiya keyinchalik keshbek ko‘rinishida qaytariladi.
📈 Qoldiq uchun foiz: yo‘q.
🎁 Bonuslar: Uzum Market va Tezkor’dagi aksiyalarda qatnashish.
📲 Qanday olish mumkin: Android va iOS uchun Uzum Bank ilovasida.
Anor Black
Mastercard to‘lov tizimidagi multivalyutali karta. U bilan chet elda xaridlar va xizmatlar uchun komissiyasiz to‘lash mumkin. Kartaga to‘rtta hisob bog‘langan: so‘m, yevro, AQSh dollari va Rossiya rubli.
💰Keshbek: hamkorlarda 0,5% dan 5% gacha. Masalan, Visa4you xizmatida.
🚚 Kartani chiqarish va yetkazib berish: ilova orqali buyurtma berilsa, 2026-yil oxirigacha bepul.
💳 Xizmat ko‘rsatish: yiliga 25 000 so‘m.
💸 Pul o‘tkazmalari: AnorBank kartalariga komissiyasiz, boshqa banklarning Humo va Uzcard kartalariga esa 0,5% komissiya bilan.
🏧 Naqd pul yechish: AnorBank bankomatlarida 1,5% komissiya bilan, boshqa bankomatlarda esa o‘sha banklarning tariflari bo‘yicha.
📈 Qoldiqqa foiz: yo‘q.
🎁 Bonuslar: Mastercard imtiyozlari bor. Masalan, Roni restoranida 15%, Dodo Pizza va Giotto’da 10%, Booking.com’da 4% chegirma.
📲 Qanday olish mumkin: Anorbank ilovasi yoki sayt orqali.
Qaysi kartani tanlash kerak
Asosiy imkoniyatlarni jadvalga to‘pladik. Taqqoslab aynan sizga mos keladigan kartani tanlang.

