O‘zbekiston qayerda o‘ynaydi
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi: hozirda, jamoa 11 kun ichida Meksika va AQShda uchta o‘yin o‘tkazishi ma’lum. Barcha o‘yinlarni jonli ko‘rishni istagan muxlislar uchta shaharga — Mexiko, Xyuston va Atlantaga borishlari kerak.

AQSh va Meksikada yashashning o‘ziga xos jihatlari
Mehmonxonalar. Qabulxona 24/7 ishlaydi, xonalar muntazam tozalanadi, joylashish qoidalari esa oddiy odamga tushunarli. Joylashish vaqtida deyarli har doim 100–200 dollar (1,2–2,5 million) depozit olinadi. Bu pulni yashash uchun bermaysiz, bu qo‘shimcha xarajatlar yoki zararlar uchun oldindan beriladigan pul. Jo‘nab ketayotganda qaytarib beriladi.
Yashash puli odatda oldindan to‘lanadi, bazaviy narxga mahalliy soliqlar va yig‘imlar qo‘shiladi. AQSH va Meksikada bu, turar-joy solig‘i va turistik yig‘imlar. Ular, yakuniy summani 10-20% ga oshirishi mumkin. Bu har doim ham bron paytidagi narxga kiritilmaydi. Ko‘pincha mehmonxonalar apartamentlarga qaraganda 30-50% qimmatroq bo‘ladi.
Apart-mehmonxonalar va apartamentlar 3-4 kishilik guruhlar yoki bir haftadan ko‘proq yashash uchun mo‘ljallangan. Kamchiliklar: depozitlar mehmonxonaga qaraganda qimmatroq bo‘lishi mumkin. Yirik turnirlar va boshqa tadbirlar paytida uy egalari minimal yashash muddatini kamida 4—7 kecha deb belgilashadi.
Xostellar — mustaqil sayohatchilar uchun eng hamyonbop variant. AQSH va Meksikaning yirik shaharlarida yotoq joyli hamda alohida xonali xostellarni topish mumkin. Umumiy oshxonalar va dam olish joylari pulni tejashga va boshqa muxlislar bilan tanishishga yordam beradi.

JCH-2026 paytida AQSH va Meksikada turar-joy narxi
O‘yin kunlari turar-joy, o‘yindan oldingi yoki keyingi sanalarga qaraganda 30-50% qimmatroq bo‘ladi. Ayniqsa, ular metro yoki stadionga yaqin joylashgan bo‘lsa. 2026-yil fevral holatiga ko‘ra, AQSh va Meksikada bir kecha tunash narxi byudjet segmentida 50–100 dollar, qulayroq segmentda esa 200–500 dollarga tushadi. Ijara uchun kuniga o‘rtacha 1,3 million so‘mdan 6,5 million so‘mgacha sarflashga to‘g‘ri keladi.
Narxlar hali o‘zgaradi: musobaqa yaqinlashgan sari bo‘sh joylar kamayadi va narxlar ko‘tariladi.
Bazaviy qiymatga soliqlar va yig‘imlar qo‘shiladi: AQShda summaning 10—17%, Meksikada esa 16—20%. Ba’zan ular, taklif e’lonida bo‘lgan turar-joy narxiga kiritilgan bo‘ladi. Lekin, platformalarda avval narx soliqlarsiz ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shimcha to‘lov yashash shartlarida ko‘rsatiladi yoki bron qilishning oxirgi bosqichida yoki mehmonxona bergan hisobga qo‘shilgan bo‘ladi.

Yashash joyini viza olgandan keyin bron qilgan ma’qul, kamida o‘yindan 3-4 oy oldin. Bu vaqtda variantlar hali ko‘p bo‘ladi, narxlar esa hali ko‘tarilmaydi. 1-2 oy oldin ham yaxshi variantlarni topish mumkin, lekin narxlar, ayniqsa stadion yaqinida, qimmatlashadi. O‘yinga 2-4 hafta qolganda esa variantlar yo qimmat, yo noqulay joyda bo‘ladi.
Agar viza berilishi kechiksa, bronni bekor qilish paytida pulni qaytarish imkoniyati bo‘lgan joylarni tanlash kerak.
AQSh va Meksikadagi qisqa muddatli ijara variantlari
Turli platformalarda bir xil joy uchun narx bir kecha uchun 50–150 dollargacha farq qilishi mumkin, bu taxminan 600 mingdan 1,8 million so‘mgacha degani. To‘lov qilishdan oldin servislarni solishtirib ko‘ring. Narxdagi farq komissiya va soliqlar hisobiga chiqadi.
Booking.com. Mehmonxonalar, apart-mehmonxonalar va xostellar uchun mos. Narxlar, yashash joyi va bekor qilish shartlarini solishtirish uchun qulay. Narxga qancha soliq va yig‘imlar qo‘shilishini tekshiring.
Agoda. Mehmonxonalar va apart-mehmonxonalar bilan ishlaydi. Odatda ko‘rsatilgan narxga soliqlar ham kiradi, lekin to‘lovdan oldin buni tekshirgan ma’qul.
Expedia. 3–5 yulduzli mehmonxonalar va yirik tarmoqlarga mo‘ljallangan. AQSH va Xyustondek yirik shaharlar uchun mos.
Hotels.com. Asosan mehmonxonalar va apart-mehmonxonalar bilan ishlaydi. 7 kechadan boshlab yashash uchun mos keladi. Servisdagi sodiqlik dasturi uzoq muddatli safarlar uchun o‘rtacha narxni pasaytiradi.
Vrbo va AirBnb. Asosan xususiy apartamentlar, uylar va kvartiralarni qisqa muddatga ijaraga berish uchun mo‘ljallangan.
To‘lovdan oldin uy egasining statusini tekshirib, izohlarni o‘qib chiqing. Uzoq vaqt ijaraga berilgan uylar ishonchliroq bo‘ladi. Yakuniy narxga ham e’tibor bering. Izlayotgan paytda asosiy narx ko‘rsatiladi, soliqlar va komissiyalar hisobga keyinroq qo‘shiladi. Bronni tasdiqlashdan oldin bekor qilish shartlari va depozit miqdori bilan tanishib chiqing.
Trip.com. Mehmonxonalar va apart-mehmonxonalar bor. Yuqori mavsumda xalqaro mehomonxonalar narxlarini solishtirish uchun foydali.
Google Hotels. Bir xil mehmonxona qayerda arzonroq ekanini ko‘rsatadi. Yakuniy narxni tekshirish uchun yaxshi yordamchi.
Servislarni ishlatmasa-chi? Bu yo‘lni tavsiya qilmaymiz. Arzon kvartira egasi pulni o‘tkazganingizdan keyin g‘oyib bo‘lishi yoki manzilga borganingizda uy umuman kutganingizdek chiqmasligi mumkin. Platforma orqali to‘laganingizda, pulni qaytarish mexanizmi ishlashi kerak. To‘lovni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilsangiz, muammolarni o‘zingiz hal qilishingizga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘ynaydigan shaharlarning qayerida yashash mumkin
Mexiko. O‘zbekiston terma jamoasi Koyoakan tumanidagi Azteca stadionida o‘ynaydi. Turar-joyni yaqin atrofdan ijaraga olish yoki boshqa tumanlardan metro, trolleybus yo taksida kelish mumkin. Masalan, markazdan yo‘lga 40-60 daqiqa ketadi. Stadiondan uzoqroqdagi joylar arzonroq. O‘yinlar paytida yo‘llarda tirbandlik bo‘lishini hisobga olish kerak. Tig‘iz vaqtlarda taksi narxi ham qimmatlashadi.


Xyuston. AQShning boshqa joylaridan farqli o‘laroq, bu shaharda qisqa muddatli ijaraga taqiq yo‘q. Ya’ni, Nyu-York shahridek, uy egasi yashaydigan uydagi alohida xonalarni emas, balki butun uyni yoki kvartirani ijaraga berishi mumkin.
Xyustonda O‘zbekiston NRG stadionida o‘ynaydi. U shaharning janubiy qismida joylashgan. NRG Park yoki tibbiyot markazi atrofidan variantlar qidirsangiz, piyoda yetib borish mumkin bo‘lgan mehmonxonalar va apartamentlarni topasiz. Markazdan stadionga tezyurar tramvaylarda yoki taksida 20–30 daqiqada yetib olsa bo‘ladi. Uzoqroq joydan borish uchun taxminan 40 daqiqa vaqt ketadi.


Atlanta. Turar-joyni qisqa muddatga, to‘liq ijaraga olsa bo‘ladi.
Jamoamiz o‘yinni Mercedes-Benz Stadium stadionida o‘tkazadi. Stadion markazda joylashgan, boshqa tumanlardan metro yoki taksida yetib olish mumkin. Stadionga yaqin joylar bu — Castleberry Hill, Downtown va Centennial Olympic Park. Bu yerlardan piyoda borsa bo’ladi, metroda esa atigi 1-2 bekat yurasiz.

Fevral oyida, 26-iyundan 28-iyungacha bir kishi uchun ikki kechalik narxlar. Stadion shahar markazida joylashgani sababli uning atrofida mehmonxonalar, apartamentlar va xostellar ko‘p. O‘yin kunlari Atlantada hamyonbop narxlarda va stadionga yaqin joylarda tanlov ko‘p.

