Chinobod
Toshkent shahrida joylashgan ushbu sanatoriya asosan mineral suv va shifobaxsh loy muolajalariga ixtisoslashgan. Hududida basseyn, sauna, kichkina kinoteatr va tuz g‘ori bor. Sanatoriyning o‘zida yam-yashil daraxtzorlar va archalar juda ko‘p. Daraxtlarda olmaxonlar o‘ynab yuradi.
Joylashuvi: Toshkent shahri, Chinobod ko‘chasi, 88-uy. Mo‘ljal: “DipTransOil” AYQSh, sobiq diplomatik korpus zapravkasi.
Bir sutkalik narxi: Oddiy 4 kishilik xonadan joy (bitta o‘rin) — 450 000 so‘m, yuqori klassdagi xonalar 875 000 so‘mdan boshlanadi. Bu narx ichiga shifokor ko‘rigi, analizlar vahar xil muolajalar (loy bilan davolash, mineral vannalar) kiritilgan.

Turon
Toshkent shahrining o‘zida joylashgan, hududi kattagina va yam-yashil bo‘lgan sanatoriyda infratuzilma yaxshi rivojlangan. Ochiq va yopiq basseynlar, sauna, bilyard, kinozal, kutubxona va tuz g‘ori bor.
Joylashuvi: Toshkent shahri, Sho‘rtepa ko‘chasi, 159-uy.
Bir sutkalik narxi: Bir kishilik xona — 875 000 so‘m. Xonalarning turli toifalari, lyuks xonalar va kottejlar ham bor — ularning narxi qimmatroq. Ovqatlanish va davolanish muolajalari narx ichiga kiritilgan.

Semurg
Toshkentga yaqin, halqa yo‘li tashqarisida joylashgan sanatoriya. Uzoqqa borishni xohlamaydiganlar uchun qulay variant. Bu yerda tuz g‘ori va +60 °C issiqlikdagi mineral suvli quduq bor.
Qayerda joylashgan: Toshkent viloyati, Eshonguzar, Mustaqillik ko‘chasi, 39-uy. Mo‘ljal: Ippodrom.
Bir sutkalik narxi: Standart 2 kishilik xona — 1 100 000 so‘m, 4 kishilik xona — 2 200 000 so‘m. 2 kishilik yarim lyuks (polulyuks) — 1 200 000 so‘m, lyuks — 1 300 000 so‘m. Ovqatlanish, diagnostika va davolash muolajalari narx ichiga kiritilgan.

Chotqol
Chirchiq daryosi bo‘yida joylashgan sanatoriya. Atrofda yam-yashil qarag‘ay va archalar bor. Hududida yapon karp baliqlari suzib yurgan hovuzcha, attraksionlar, ochiq va yopiq basseynlar, tuz g‘ori va mineral suv manbaini topish mumkin. Tog‘ bag‘riga ekskursiyalar ham tashkil etiladi.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, G‘azalkent, Ibn Sino ko‘chasi, 2-uy. Mo‘ljal: Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasi.
Bir sutkalik narxi: Ikki kishilik standart xona — 1 700 000 so‘m, bir kishilik lyuks — 1 100 000 so‘m. Kottejlar — ikki kishi uchun 1 700 000 so‘mdan boshlanib, 8 kishilik variantlar buchun 6 000 000 so‘mgacha boradi. Narx ichiga yashashdan tashqari to‘rt mahal ovqatlanish, davolash massaji, enaga xizmati, basseyn va fizioterapevtik muolajalar kiritilgan.

Zangiota Zam-Zam
Zangiota maqbarasi yaqinida joylashgan shinam sanatoriya. Hududida yam-yashil daraxtzor, mineral suv chiquvchi quduq, tuz g‘ori, saunali basseyn va massaj xizmatlari bor.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, O‘rtaovul qo‘rg‘oni.
Bir sutkalik narxi: Standart xona — 627 000 so‘m, bir kishilik joy— 909 000 so‘m. Yarim lyuks — 792 000 so‘mdan, lyuks xonada bir kishilik joy — 1 074 000 so‘mdan boshlanadi. 10 kun yoki undan ko‘proq muddatga yo‘llanma olsangiz, narxlar arzonlashadi. Standart xona kuniga 570 000 so‘m. Narx ichiga yashash, to‘rt mahal ovqatlanish va muolajalar kiritilgan.

Botanika
Toshkentdan 30 km uzoqlikda, Tyan-Shan tog‘ tizmalari etagida, Bo‘zsuv kanali yaqinida joylashgan sanatoriya. Hududi archazor va yam-yashil daraxtlar bilan qoplangan. Bu yerda kutubxona, sport zali, yopiq basseyn bor. Madaniy kechalar, ma’ruzalar va sport musobaqalari ham o‘tkazib turiladi. Tog‘larga va Chorvoqqa ekskursiyalar tashkil etiladi.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Aqqovoq qo‘rg‘oni. Mo‘ljal: Paxtachilik instituti.
Bir sutkalik narxi: Standart ikki kishilik xonada bitta o‘rin — 490 000 so‘mdan, bir kishilik standart xona — 630 000 so‘mdan boshlanadi. Ikki kishilik lyuks xonada bir kishi uchun — 670 000 so‘mdan, kottejlar kishi boshiga 760 000 so‘m. Narx ichiga yashash, uch mahal ovqatlanish va fizioterapevtik muolajalar kiritilgan.

Toshkent mineral suvlari
1952-yildan beri ishlaydi. Toshkentning g‘arbiy tomonida, Qozog‘iston bilan chegara yaqinida joylashgan. Sanatoriyning o‘z mineral suv manbai, loy bilan davolash bo‘limi, yopiq va ochiq basseynlari, sauna, hamom, jakuzi, sport va fitnes zallari bor.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Ko‘ksaroy qo‘rg‘oni.
Bir sutkalik narxi: Bir kishilik standart xona — 1 040 000 so‘m. Ikki kishilik xona esa — 2 000 000 so‘m. Lyuks xonalar — 1 360 000 so‘mdan 3 440 000 so‘mgacha, kottejlar bir kishi uchun 1 440 000 so‘mdan boshlanadi. Mehmon ko‘p bo‘lsa 4 400 000 so‘mgacha boradi. Narx ichiga yashash, ovqatlanish, shifokorlar maslahati, massaj, vannalar va boshqa fizioterapevtik va balneologik muolajalar kiritilgan.

Tashtermal
“Toshminvodi” (Toshkent mineral suvlari) yaqinida joylashgan sanatoriya. Hududida velosiped uchish, terrenkur (yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini chiniqtiradigan, qiyaliklari bo‘lgan maxsus tibbiy piyoda yurish yo‘li) bilan shug‘ullanish mumkin.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Ko‘ksaroy qo‘rg‘oni.
Bir sutkalik narxi: Bir kishilik standart xona — 1 200 000 so‘m. Shu toifadagi ikki kishilik xona 2 300 000 so‘mga tushadi, yarim lyuks va kottejlar — 2 600 000 so‘m. Narx ichiga yashash va uch mahal ovqatlanish kiritilgan. Kamida yetti kunga kelganda tibbiy muolajalar ham qo‘shiladi. Sanatoriyga kamida uch kunga kelish mumkin.

Humson Buloq
Sanatoriya Toshkentdan 85 km uzoqlikda, Chorvoq suv ombori tomonda, Ugam daryosi bo‘yidagi tog‘li hududda joylashgan. Bu yerda archazor, buloqlar va sayr qilish uchun maxsus yo‘laklar. ochiq va yopiq basseynlar, kichik akvapark, sauna, ippoterapiya (otda davolash), sport zali hamda har xil tibbiy muolajalar bor. Bolalar bilan ham dam olsa bo‘ladi. O‘yingohlar, enaga xizmati va hatto otda sayr qilish mumkin.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Humson qo‘rg‘oni.
Bir sutkalik narxi: Bir kishilik standart xona ish kunlari — 1 200 000 so‘m, dam olish kunlari — 1 400 000 so‘m. Qimmatroq xonalar va kottejlar ham bor. Narx ichiga to‘rt mahal ovqatlanish kiritilgan, sog‘lomlashtirish muolajalari faqatgina besh kundan ortiq muddatga kelganda taqdim etiladi.
Xonani birdaniga bir necha kunga band qilish arzonroqqa tushadi. Masalan, standart xona birdaniga besh kunga 6 000 000 so‘m, yetti kunga — 7 000 000 so‘m, 10 kunga — 10 000 000 so‘m bo‘ladi.

Sevarsoy
Bo‘stonliq tumanida, Chimyon ortida, qariyb 1600 metr balandlikda joylashgan tog‘li sanatoriya. Hududida basseyn, sauna, spa-hudud va tuz g‘ori, An-10 samolyoti bor. Yaqinida esa “Amirsoy” tog‘ -chang‘i kurorti joylashgan.
Joylashuvi: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon qo‘rg‘oni.
Bir sutkalik narxi: Ikki kishilik standart xona — 2 300 000 so‘m, yarim lyuks (polulyuks) — 3 100 000 so‘m, lyuks — 4 000 000 so‘m. Uch kishilik oilaviy xona — 3 000 000 so‘m. Narx ichiga uch mahal ovqatlanish, sport zali, sauna, yopiq basseyn va muolajalar kiritilgan.

