Reysga qanday roʻyxatdan oʻtiladi

Ikkita usul bor: onlayn va aeroportda. Birinchisida aviakompaniya sayti yoki ilovasiga kirib, reysga ro‘yxatdan o‘tasiz. Bagajsiz uchsangiz, onlayn ro‘yxatdan o‘tish eng qulay tanlov. Shu bilan sizda faqat Toshkent aeroportida bortga chiqish talonini chop etish yoki uni ro‘yxatdan o‘tish joyidan olish qoladi. Ba’zi aeroportlarda elektron talon bilan bemalol samolyotga chiqish mumkin.

Onlayn roʻyxatdan oʻtayotganda, bepul yoki qo‘shimcha to‘lab, o‘zingiz xohlagan o‘rindiqni tanlaysiz.

Lekin hamma reyslarda ham onlayn ro‘yxatdan oʻtib bo‘lmaydi. Bunday vaziyat xalqaro reyslarda, vizali mamlakatlarga uchganda, uy hayvoni yoki nostandart bagaj bilan safar qilganda va ayrim tariflarda bo‘lishi mumkin. Chiptani parvozga 23 soatdan kam vaqt qolganda sotib olgan yoki bandlovni o‘zgartirgan bo‘lsangiz ham onlayn ro‘yxardan o‘tish ishlamasligi mumkin. Shunday vaziyatlarda onlayn roʻyxatdan oʻtish kerak.

Roʻyxatdan oʻtish qachon boshlanib, qachon tugaydi

Onlayn roʻyxatdan oʻtish odatda parvozdan 24–48 soat oldin ochiladi va uchishga 1–2 soat qolganda yopiladi. Vaqti yo‘nalish va aviakompaniyaga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, Uzbekistan Airways’da ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 23 soat 55 daqiqa oldin ishga tushadi. Xalqaro reyslarda 2 soat, ichki reyslarda esa parvozdan 1 soat oldin yopiladi.

Aeroportda roʻyxatdan oʻtish odatda ichki reyslarda 2–3 soat, xalqaro reyslarda esa 3–4 soat oldin boshlanadi. Ichki reyslarda uchishga 40–60 daqiqa, xalqaro reyslarda esa 60–90 daqiqa qolganda yopiladi.

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan bo‘lsangiz samolyotga chiqishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun aeroportga vaqtliroq kelish kerak. Bu haqda batafsil “Aeroportga uchishdan necha soat oldin borish kerak va u yerda sizni nimalar kutadi” maqolamizda yozganmiz.

Onlayn roʻyxatdan oʻtish

Aviakompaniya sayti yoki ilovasini ochib, onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘limiga o‘ting. Odatda bu bo‘lim “Onlayn roʻyxatdan oʻtish”, “Reysga roʻyxatdan oʻtish”, Check-in yoki Online Check-in deb nomlanadi. PNR yoki Booking Reference deb taladigan band qilish raqami yoki kodini kiriting. Unda lotin harflari va raqamlarida yozilgan 5–6 ta belgilar bor.

Keyin familiyangiz va ismingizni lotin harflarida yozing. Tizim parvoz sanasi yoki qaysi aeroportdan uchishingizni tanlashni so‘rashi mumkin. Bortga chiqish talonini yuborish uchun elektron pochtangizni ham kiriting va ekranda shaxsiy a’lumotlaringiz bilan parvoz ma’lumotlarini ko‘rasiz. Agar chipta xarid qilish vaqtida barcha kerakli ma’lumotlarni, masalan, xorijga chiqish pasporti raqamini kiritmagan bo‘lsangiz, tizim ularni qo‘shishingizni so‘raydi.

Chiptani onlayn xarid qilsangiz, onlayn ro‘yxatdan o‘tish paytida elektron pochtangiz va telefon raqamingizga xabarnoma yuboriladi. Xabarda ro‘yxatdan o‘tish uchun havola ham bo‘ladi.

Uzbekistan Airways’ning onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘limi. Manba: uzairways.com

Chiptani payme travel’ga o‘xshash servisda olgan bo‘lsangiz ham, reysga aviakompaniyaning sayti yoki ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. Hali hamma servislarda ham bunday imkoniyat yo‘q. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bepul. Faqat o‘rindiq anlaganingizda qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.

Internetda istalgan aviakompaniya reysiga ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qiladigan saytlar bor. Ulardan foydalanmagan ma'qul. Ba’zilari aslida bepul xizmat uchun sizdan pul oladi. Ayrimlari esa ma’lumotlaringizni aviakompaniyaga yubormasligi ham mumkin. Eng yomoni, shunday saytlarning ayrimlari firibgarlar tomonidan ochilgan bo‘ladi. Ular karta ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashadi.

Firibgar saytlarda ro‘yxatdan o‘tsangiz, pulingizni yo‘qotasiz. Ma’lumotlaringiz ham aviakompaniyaga yetibbormaydi

O‘rindiq va boshqa xizmatlarni tanlang. Ma’lumotlarni tekshirib, ro‘yxatdan o‘tishni boshlasangiz, ekranda samolyot salonining sxemasi chiqadi. Bo‘sh va band o‘rindiqlar har xil ranglarda belgilanadii. Deraza yonidagi yoki oyoqlar uchun qulay o‘rindiqlar pullik bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bu o‘rindiqlarga qo‘shimcha to‘lov qilasiz.

Tanlashni istamasangiz, “O‘rindiq tanlashni o‘tkazib yuborish”ni bosing. Tizimning o‘zi o‘rindiq tanlaydi. Ba’zi aviakompaniyalarda o‘rindiqni tizim belgilaydi. O‘zgartirishni xohlasangiz, kerakli bo‘limiga o‘ting.

Samolyotda qayerda o‘tirish qulayroq ekani haqida “Samolyotda joy qanday tanlanadi va qachon qo‘shimcha pul to‘lash kerak” maqolamizda yozganmiz. Qo‘shimcha xizmatlar taklif qilinishi mumkin. Masalan, ovqat, me’yordan ortiq bagaj, birinchilardan bortga chiqish yoki biznes-zal. Qo‘shimcha pul to‘lab xizmat ko‘rsatishdarajasini ekonomdan biznesga o‘zgartirish mumkin. Boshqa xizmatlar kerak bo‘lmasa, keyingi bosqichga o‘ting.

Uzbekistan Airways’da onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda bepul o‘rindiqni tanlash mumkin. Mavjud o‘rindiqlar oqrangda ko‘rsatiladi. Sariq rangdagi o‘rindiqlarga qo‘shimcha to‘lov qilish kerak

Bortga chiqish talonini oling. Oxirgi bosqichda ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlang. Keyin tizim bortga chiqish talonini yaratadi. Uni PDF formatida yuklab olishingiz, telefoningizga saqlashingiz, o‘zingizga elektron pochta orqali yuborishingiz yoki chop etishingiz mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan keyin elektron bortga chiqish talonini saytdan yuklab oling. Odatda u elektronpochtangizga ham yuboriladi

Bortga chiqish talonida ism-familiyangiz, reys raqami, jo‘nab ketish sanasi va vaqti, samolyotdagi o‘rindig‘ingiz hamda QR-kod yoki shtrix-kod bo‘ladi. Ba’zan bortga chiqish darvozasi raqami ham ko‘rsatiladi. Lekin ko‘p hollarda bu ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi.

Ko‘plab aeroportlarda elektron bortga chiqish taloni bilan samolyotga chiqish mumkin. Masalan, O‘zbekiston aeroportlaridan uchayotganda talonni chop etish kerak. Boshqa davlatlardan uchsangiz, bu talabni aviakompaniyangizdan oldindan aniqlab oling. Talonni oldindan printerda chop etish yoki aeroportdagi maxsus avtomatlarda QR-kodni skanerlab chiqarish mumkin.

Uzbekistan Airways bortga chiqish talonining ko‘rinishi

Bagaj qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bagaj roʻyxatdan oʻtish joyida topshiriladi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilar uchun alohida yo‘laklar bo‘lishi mumkin. Lekin, baribir aeroportga vaqtliroq keling.

Ayrim aeroportlarda bagajni tez va qulay topshirish uchun Drop-off tizimlari bor. Onlayn roʻyxatdan oʻtganlar u yerda bagajni navbatni kutmasdan topshirishadi. Avtomatlar aviakompaniyaning asosiy roʻyxatdan oʻtish joylari yonida boʻlad

Aeroportda roʻyxatdan oʻtish

Aeroportdagi elektron uchib ketishlar jadvalidan reys raqamingizni yoki aviakompaniya nomini toping. Reys maʼlumotlari yonida roʻyxatdan oʻtish joylari raqamlari, masalan Check-in 18–22, koʻrsatilgan boʻladi.

Ro‘yxatdan o‘tayotganda xorijga chiqish pasporti yoki ID-kartani, kerak boʻlsa vizani koʻrsating. Aviakompaniya xodimi sizni roʻyxatdan oʻtkazadi, bagajingiz boʻlsa qabul qiladi va bortga chiqish talonini beradi. Yirik aeroportlarda Self Check-in vtomatlari boʻladi. U yerda oʻzingiz reysga roʻyxatdan oʻtishingiz, oʻrindiqni tanlashingiz va bortga chiqish talonini chop etishingiz mumkin.

Aviachiptalarni foyda bilan payme travel’da xarid qiling

Xarid summasining 15% gacha keshbek boʻlib qaytariladi. Biz 800 dan ortiq aviakompaniya bilan hamkorlik qilamiz. Dunyoning istalgan nuqtasiga aviachipta topishingiz mumkin.

Aviachiptalarni qidirish

Agar...

Roʻyxatdan oʻtishni bekor qilish kerak bo‘lsa-chi? Buni aviakompaniya sayti yoki ilovasida, parvozdan kamida bir soat oldin qilish mumkin.

Onlayn roʻyxatdan oʻtishga ulgurmasam-chi? Hechqisi yoʻq. Asosiysi, aeroportda oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻting.

Aeroportdagi roʻyxatdan oʻtishga kech qolsam-chi? Sizni samolyotga chiqarishmasliklari mumkin. Aviakompaniya xodimiga murojaat qilib koʻring. Agar hali vaqt boʻlsa, sizni istisno tariqasida bortga chiqarishadi. Qaytarish yoki almashtirish mumkin bo‘lgan aviachiptani olgan bo‘lsangiz, odatda sizga chiptani almashtirish yoki keyingi reysga o‘tishni taklif qilishadi. Qaytarilmaydigan tarifdagi aviachiptalar odatda kuyadi. Kechikishingizga uzrli sabab bo‘lsa, aviakompaniya vaziyatni tushunib, chiptani almashtirib berishi mumkin.

Oʻrindiqni almashtirmoqchi bo‘lsam-chi?. Agar oʻrindiqni oʻzgartirmoqchi yoki qoʻshimcha xizmat qoʻshmoqchi boʻlsangiz, aviakompaniya sayti yoki ilovasida qayta roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Aviakompaniya xodimidan sizni qayta roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrab koʻrsangiz bo‘ladi. Lekin, kerakli oʻrindiq bo‘sh boʻlishiga kafolat yoʻq.