TBC Salom’ni komissiyasiz to‘ldirish
TBC Salom kartasi bilan xaridlar qilish juda qulay— har bir xariddan 1% keshbek, hamkor do‘konlardan yana 5% keshbek qaytadi. payme orqali TBC Salom’ni O‘zbekistondagi istalgan bank kartasidan komissiyasiz va cheklovlarsiz to‘ldirish mumkin.
Masalan, oyligingiz boshqa bank kartasiga tushadi. Kartani payme’ga bog‘lang va TBC Salom’ga pul o‘tkazing. Summa ham, o‘tkazmalar soni ham cheklanmagan. Komissiya esa doim 0%.

TBC Salom’dan boshqa kartalarga ham komissiyasiz pul o‘tkazing
payme plus obunasi bilan TBC Salom’dan O‘zbekistondagi boshqa bank kartalariga komissiyasiz va cheklovlarsiz pul o‘tkazish mumkin. Bu tez-tez pul o‘tkazadiganlar, masalan, har oy ijara pulini to‘laydiganlar uchun juda qulay.
payme+ obunasi narxi oyiga 39 990 so‘m, birinchi oy bepul. Obunaning yana boshqa bonuslari ham bor. payme orqali qilingan barcha to‘lovlardan 1% keshbek, aviachiptalar uchun esa 15% gacha keshbek olasiz. Yana, “Keyinroq to‘lash” servisi rqali hozir narsa sotib olib, pulini keyinchalik berish mumkin.

TBC Salom’ning yana 5 ta ustunligi
- TBC Salom Visa kundalik xaridlar uchun ham, chet el safarlar uchun ham mos keladi.
- Kartangizda oy oxirigacha kamida 100 ming so‘m qolsa, qoldiq summaga yiliga 12% hisoblanadi.
- Bankomatda 10 million so‘mgacha komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin
- Visa Platinum egalari aeroportdagi biznes-zallar, Fast Track va bepul roumingdan foydalanishadi.
- Kartani ochish va yetkazib berish bepul. Kartani TBC Uzbekistan ilovasida buyurtma bering. Eldor Shomurodov imzosi tushirilgan variantini ham tanlashingiz mumkin.
