Ish izlashda ehtiyot bo‘ling
Ofis bor, sayti chiroyli, hattoijobiy izohlar ham topiladi. Lekin litsenziyasi yo‘q bo‘lsa, butashkilot sizni chet elga ishga yubora olmaydi.
Do‘st, tanish yoki internetdagitaniqli odam bo‘lsa ham sizni ishga joylashtirish huquqi ularda yo‘q. Bundaytashkilot siz bilan shartnoma tuzmaydi, javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi,kerak bo‘lganda esa osonlikcha g‘oyib bo‘lib qoladi.
O‘zbekistondalitsenziyasi bor 17 ta xususiy va bitta davlat agentliklari bor. Faqat shular orqali ish izlang.
Va’dalarga aldanmang
Kimdir sizga baland oylik, tekin tushlik, yo‘l haqi va yashash joyi bilan ish taklif qilsa — ehtiyot bo‘ling. Ko‘p hollarda bu shunchaki tuzoq. Chet elda sizdan xarajatlar uchun pul talab qilinishi, hatto hujjatlaringizni tortib olib, ularni qaytarmasliklari ham mumkin.
Masalan, 2025-yilda O‘zbekistonning Myanmadagi konsulligi aldov bilan bu mamlakatga olib ketilgan ikkita O‘zbekiston fuqarosini vatanga qaytarishga yordam bergan. Ularga Tailandda ish va’da qilingan, lekin Myanmaga yuborishgan va qaytishi uchun pul talab qilishgan. 2026-yil may oyida yuzlab odamlar Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlarga aldanishgan. Firibgarlar ish topib berishni va’da qilib, odamlardan pul yig‘gan.
Taklif ertakka o‘xshasa, uni o‘n marta tekshirib ko‘ring.
Savol berishdan cho‘chimang
Agar agentlik ishonchli ko‘rinsa va hatto litsenziyasi bo‘lsa ham, bu hali hamma narsa yaxshi bo‘ladi degani emas. Siz oldindan hamma tafsilotlarni bilishingiz kerak: ish beruvchi o‘zi kim, aynan qayerda ishlaysiz, yashash sharoitlari qanday, necha soat ishlaysiz, dam olish kunlari bormi, va agarda ishni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, qanday qilib ishdan bo‘shashingiz mumkinligi haqida bilib oling.
Bularning hammasini yo‘lga chiqishdan oldin sizga aytib berishlari shart. Agar javoblar noaniq bo‘lsa yoki “borganingizda bilasiz” deyishsa, bu ogohlantiruvchi signal. Siz qayerga ketayotganingizni va sizni nima kutayotganini bilishga haqlisiz.
Shartnomani diqqat bilan o‘qing
Mehnat shartnomasi huquqlaringizni himoya qiladi va ishga rasman qabul qilinganingizni tasdiqlaydi. U sizga maosh olish, dam olish kunlari va ijtimoiy kafolatlar huquqini beradi. Shartnomada ish vaqti, vazifalar, maosh va ishdan bo‘shatish shartlari aniq yozilgan bo‘lishi kerak. Ishga agentlik orqali ketayotgan bo‘lsangiz, agentlik bilan tuziladigan shartnomani ham diqqat bilan o‘qing. Unda ko‘rsatiladigan xizmatlar, muddatlar, to‘lov miqdori, shartnomani bekor qilish tartibi va agentlik o‘z majburiyatini bajarmasa pulni qaytarish shartlari yozilishi shart.
Har qanday hujjat siz tushunadigan tilda bo‘lishi kerak. O‘qiy olmaydigan yoki tushunmaydigan hujjatga imzo chekmang.
To‘layotganda ehtiyot bo‘ling
Agentliklar vakansiya topib berish yoki maslahat uchun pul olishi mumkin. Lekin to‘lovlar maxsus depozit hisob raqamiga tushishi kerak. Bu pul agentlik o‘z majburiyatlarini bajarguncha saqlanadi. Bularning barchasi xizmat ko‘rsatish shartnomasida yoziladi. Naqd pul bermang yoki agentlik xodimining shaxsiy kartasiga pul o‘tkazmang.
