Qaysi modellarni taqqoslaymiz

O‘zini narxiga arziydimi? Shu savolga javob topish uchun O‘zbekistondagi do‘konlar, brendlarning onlayn do‘konlari va Janubi-Sharqiy Osiyodagi narxlarni taqqoslab chiqdik. Balki sayohatga vaqtida sotib olish arzonroq tushar.

Taqqoslaydigan krossovkalarimiz:

O‘zbekistondagi brend do‘konlar

Afzalliklari: krossovkani kiyib ko‘rib, sizga mos kelish-kelmasligini joyida bilib olasiz. Kafolat bor, biror muammo chiqsa, almashtirib yoki qaytarib olish mumkin. Yana bir qulaylik — xarid narxining 1 foizini Soliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish va bo‘lib to‘lash imkoniyati bor.  

Kamchiliklari: Juda qimmat. Narxi rasmiy onlayn do‘konlar yoki Osiyodagi boshqa davlatlarga qaraganda ancha baland. Bunga yetkazib berish xarajatlari va soliqlar qo‘shiladi. Chegirma kunlari arzonroq bo‘lishi mumkin: odatda Navro‘z, Hayit va Yangi yil bayramlarida aksiyalar bo‘lib turadi.

“Nike Uzbekistan”, “Di Sport” и “Urban Store” do’konlaridagi narxlar

Brend onlayn do‘konlar va “Amazon”

Afzalliklari: narx O‘zbekistondagiga nisbatan 1,5-2 barobar arzon, tez-tez chegirmalar bo‘lib turadi. Tanlov juda katta: ba’zida hattoki cheklangan kolleksiyalarni uchratish ham mumkin.  

Kamchiliklari: kiyib ko‘rmasdan tanlash qiyin, o‘lchamda adashib qolish mumkin. Buyurtma “Globbing” yoki “Meest” kabi xizmatlar orqali yetkaziladi. Narxlar 1 kilogramm uchun 7 dollardan boshlanadi, yetkazish muddati esa 5 kundan 15 kungacha. Yana bir muhim narsa: O‘zbekistonga oyiga 200 dollargacha bo‘lgan buyurtmalar boj olinmasdan olib kiriladi. Agar bu summadan oshsa, 30 foizgacha soliq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Cheklovlarga qaramay, oyiga bir-ikki juft poyabzal buyurtma qilish mumkin. Toshkentga yetkazib berish 15-18 dollarga tushadi – baribir mahalliy do‘konlardagiga qaraganda arzonroq bo‘ladi.

Brendlarning onlayn do‘konlari va “Amazon”dagi narxlar

Janubi-Sharqiy Osiyodagi do‘konlar

Tailand, Vyetnam yoki Malayziyaga, masalan Kuala-Lumpurga dam olishga borsangiz, mahalliy krossovka do‘konlariga kirib chiqing. Narxlar odatda ancha arzon bo‘ladi, tanlov esa juda katta. 

Afzalliklari: O‘zbekistonning Visa yoki MasterCard kartalari bilan to‘lov qilish oson, yana bir bonus — "tax free" tizimi orqali xarajatlarning ma’lum qismini qaytarib olish mumkin.

Kamchiliklari: bu yerda ham bojxona qoidalari bor. Agar mamlakatda uch kundan kam bo‘lgan bo‘lsangiz yoki 1000 dollardan ortiq xarid qilgan bo‘lsangiz, poyabzal narxining 30 foizi miqdorida boj olinishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, o‘zingiz bilan ko‘p narsa olib chiqib ketolmaysiz.

Bangkok do’konlarining narxlari

Qayerdan xarid qilgan ma’qul

Xulosa shuki, agar sayohatga chiqmasangiz, eng foydali variant — rasmiy onlayn do‘konlar yoki “Amazon”. Yetkazib berish xarajatlari bo‘lsa ham, umumiy narx baribir O‘zbekistondagidan pastroq bo‘ladi. Agar Janubi-Sharqiy Osiyoga borayotgan bo‘lsangiz, u yerdan ham foydali xarid qilish mumkin. Misol uchun, ushbu maqola muallifi Kuala-Lumpurdan “Adidas Samba OG” olgan va mamlakatdan chiqishda “tax free” orqali xarid summasining 10 foizini qaytarib olgan.

Bizning do‘konlarimizda esa xarid qilish faqat aksiyalar paytida, narxlar biroz pasayganida, foydali bo‘lishi mumkin. Boshqa payt esa, afsuski, sifatli mahsulot uchun ortiqcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda, brendlarning rasmiy saytlarida va Janubi-Sharqiy Osiyoda krossovkalar narxlari

Ko‘rsatilgan narxlar va valyuta kurslari maqola e’lon qilingan vaqt uchun dolzarb