Arizani qanday topshirish mumkin?

Ikki yo‘l bor: onlayn va oflayn.

Onlayn. Ariza yoshlarning har ikkalasi tomonidan my.gov.uz portali orqali topshiriladi. So‘rovnomani dastlab ulardan biri to‘ldiradi: shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatilib, to‘ydan so‘ng familiya o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligi belgilanadi, qaysi shahar va tumanda nikohni qayd etmoqchi ekanligini tanlaydi. Propiska bilan bog‘liqlik yo‘q — istalgan FHDYO bo‘limini tanlash mumkin.

Keyin tizim invoys yaratadi, uni ikkinchi tomon shaxsiy kabinetiga kiritib, so‘rovnomani yakunlaydi. Shundan keyin ularning kabinetida tibbiy ko‘rikka yo‘llanma paydo bo‘ladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart — usiz nikoh ro‘yxatga olinmaydi.

Bu maydonga invoysni kiritasiz

Oflayn. Juftlik bevosita FHDYO bo‘limiga borib ariza yozishi mumkin. Shu yerning o‘zida tibbiy ko‘rikka yo‘llanma beriladi.

Arizaga kelin-kuyov imzo qo‘yishi kerak
Tibbiy ko‘rikka yo‘llanma

Qachon nikoh qayd etiladi?

Qonunga ko‘ra, ariza topshirilganidan keyin kamida bir oy o‘tib nikoh ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Lekin istisnolar ham bor: masalan, kelin homilador bo‘lsa yoki sog‘liq bilan bog‘liq sabablar bo‘lsa, FHDYO xodimlari nikohni murojaat qilingan kuni ham qayd etishi mumkin.

Sanani qanday tanlash mumkin?

Tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, siz tanlangan FHDYO bo‘limiga borib, qulay kun va soatga yozilasiz.

Mana shunday yo‘llanma tibbiy ko‘rikdan so‘ng FHDYO bo‘limi uchun beriladi

Marosimlar faqat ish kunlari, ertalab soat 09:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi. Bayram kunlari esa FHDYO ishlamaydi.

Nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish qancha turadi?

Sanani tanlaganingizda, FHDYO to‘lov uchun QR-kodli qog‘oz beradi. Minimal xarajatlar barcha uchun majburiy:

Jami: 144 200 so‘m. Bu faqat oddiy ro‘yxatdan o‘tish uchun.

Qo‘shimcha xizmatlar ham mavjud:

Tantanali marosim — 206 000 so‘m (BHMning 50%). Zalda bezak, musiqa va boshlovchi bo‘ladi.

Sayyor/ko‘chma marosim — 618 000 so‘mdan (BHMning 150%). FHDYO xodimi restoranga, tabiat qo‘yniga yoki uyingizga keladi. Transport va tashkilot ishlari esa yoshlar zimmasida bo‘ladi.Narxlar hudud, mavsum va tirbandlikka qarab biroz farq qilishi mumkin, shuning uchun aniq summani FHDYO bo‘limida bilib oling.

Bu yerda tantanali marosim hisobga olingan summa

Marosim qanday o‘tadi

Belgilangan kuni FHDYO bo‘limiga 10–15 daqiqa oldin borasiz. Xodimlar hujjatlarni va to‘lovni tekshiradi, uzuklarni so‘raydi (ularni olib kelish majburiy emas).

Oddiy marosim 5–10 daqiqa davom etadi: sizdan rozilik so‘rashadi, qasamyod o‘qishadi, uzuk almashish taklif qilinadi va hujjatlarga imzo qo‘yiladi. Shu bilan sizlar rasmiy ravishda er-xotin bo‘lasizlar.