payme referal dasturi haqida
Bu dastur orqali pul ishlashingiz mumkin. payme’dagi maxsus havolani do‘stingizga yuborasiz. U payme plus obuna sinovmiddatini yoqsa, keshbek hamyoningizga bonus bo‘lib tushadi.
Har bir foydalanuvchining havolasi alohidabo‘ladi. Shu orqali tizim do‘stingizni aynan siz taklif qilganingiznianiqlaydi.
Dastur kimlaruchun
Dasturda payme'ning har bir foydalanuvchisi qatnashishi mumkin. Buning uchun payme plus obunasihozir faol bo‘lishi yoki uni avval sotib olgan bo‘lishingiz shart emas.
Taklifni payme'dan hali foydalanmayotgan odamga ham, ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga ham yuborish mumkin. Muhimi, u avval hech qachon payme plus obunasini yoqmagan bo‘lishi kerak.
Evaziga nima olish mumkin
Har bir chaqirilgan do‘st uchun payme keshbek-hamyoningizga kamida 10 000 so‘m o‘tkaziladi. Bir oy davomida 10ta gacha do‘stingizni taklif qila olasiz.
Do‘stingiz payme plus obuna sinov muddatini yoqqach, bonus 30 kun ichida keshbek hamyoningizga tushadi. Uni uzoq kutmaysiz — bonus darrov tushadi.
Keshbek hamyonidagi pul bilan payme orqali to‘lov qilish mumkin.
Do‘stni taklif qilish
payme ilovasida:
- “Profil” bo‘limiga o‘ting.
- U yerda do‘stlarga payme plus’ni tavsiya qilganlik uchun sovg‘alar beriladigan bo‘limni ko‘rasiz. Uni oching.
- Shaxsiy havolangizni ko‘chirib oling va uni istalgan messenjer orqali do‘stingizga yuboring.
Shundan keyin do‘stingiz dastur shartlarini bajarishini kutishingiz kerak. U siz yuborgan havola orqali o‘tishi, agar akkaunti bo‘lmasa, payme’da ro‘yxatdan o‘tishi va payme plus’ning obuna sinov muddatini rasmiylashtirishi kerak.
.webp)
Agar…
Profilda bu bo‘limni topa olmasangiz, ilovangizni yangilab ko‘ring. Sizda eski versiya bo‘lishi mumkin. Agarda vaziyat o‘zgarmasa, qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.
Bonusni kartangizga o‘tkazmoqchibo‘lsangiz. Bunday qilib bo‘lmaydi, lekin keshbekhamyondagi pullar bilan payme’dagi istalgan mahsulot yoki xizmatlar uchunto‘lov qilsa bo‘ladi.
Oyiga 10 dan ko‘p do‘stni taklif qilsabo‘ladimi? Bonuslarni faqat 30 kalendar kuni davomidataklif qilingan birinchi 10 kishi uchun olish mumkin. Qolgan do‘stlaringizuchun ham mukofot olishni xohlasangiz, shu muddat o‘tishini kutib turing.
Referal dasturda ikkita akkaunt bilan qatnashsa bo‘ladimi? Yo‘q, bunday qilish mumkin emas. Takliflar limiti profil soniga emas, balki siz ilovada ro‘yxatdan o‘tgan bitta JSHSHIR (PINFL) raqamiga biriktirilgan bo‘ladi.
Do‘stingiz bir nechta akkauntdan sinov muddatini yoqa oladimi? Buni iloji yo‘q — sinov muddati ham JSHSHIR bo‘yicha faqat birmarta beriladi.


.webp)