O‘tkazmalar kalkulyatori
Nima uchun. Smartfondagi kalkulyatorni ochib o‘tirmasdan, o‘tkazma summasini hisoblashga yordam beradi. Masalan, do‘stlar bilan tushlik hisobini bo‘lishish uchun.
Qanday foydalaniladi. “O‘tkazmalar”ni oching → karta yoki telefon raqamini kiriting. Kalkulyator belgisi “O‘tkazma summasi” maydonining o‘ng tomonida paydo bo‘ladi. Hisob-kitoblardan so‘ng “Summani qo‘llash” tugmasini bosing.

O‘tkazmaga izoh
Nima uchun. Pul nima yoki kimdan yuborilganiga aniqlik kiritish uchun. Masalan, singlingizni tug‘ilgan kuniga 500 000 so‘m o‘tkazdingiz yoki do‘stingizga qarzni qaytaryapsiz.
Qanday foydalaniladi. “O‘tkazmalar”ni oching → karta yoki telefon raqamini kiriting. Summani kiritish maydonidan keyin “Izoh” ko‘rinadi. Bu yerda istalgan tilda xohlagan izohni yozish mumkin.
.webp)
O‘tkazma uchun tabriknoma
Nima uchun. Yorqin stikerlar yordamida yaqinlarni bayram bilan tabriklash, rahmat aytish yoki shunchaki ko‘nglini ko‘tarish mumkin. Ilovada Navro‘z va Hayit uchun maxsus tabriknomalar, blogerlardan stikerlar, Toshkent mozaikalari aks etgan suratlar, o‘zbek rassomlari va san’atkorlari tomonidan tayyorlangan tabriknomalar bor — tanlov juda katta. Tabriknomani faqat payme foydalanuvchilari ko‘ra oladi.
Qanday foydalaniladi. “O‘tkazmalar”ni oching → karta yoki telefon raqamini kiriting. “Izoh” maydonidan keyin “Tabriknoma qo‘shish” tugmasi paydo bo‘ladi.
.webp)
.webp)
payme qanday ishlaydi?
Ro‘yxatdan o‘tish. Ilovani yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tish kerak. Agar ilova o‘rnatilgan bo‘lsa, qayta yuklash kerak emas.
payme ilovasini, quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: [Play Market] | [App Store]
O‘tkazmalar. payme’da pul o‘tkazish uchun verifikatsiyadan o‘tish va selfiga tushish kerak. Rasmlaringizni hech kim ko‘rmaydi — ularni maxsus algoritm tekshiradi va ular oddiy rasm sifatida saqlanmaydi. Verifikatsiyadan qanday o‘tish haqida “O‘zbekistonda to‘lov ilovalari pasport talab qilmoqda — nima uchun?” nomli maqolamizda yozdik.
Komissiya. payme’da o‘tkazmalar uchun komissiya bor. U har doim tranzaksiyadan oldin ko‘rinadi. Lekin oyiga 39 990 so‘m evaziga payme plus “Hammasi ichida” obunasini yoqib, Uzcard yoki Humo kartalariga oyiga 5 mln so‘mgacha komissiyalarsiz pul o‘tkazishingiz mumkin.


