“Yunusobod” sport kompleksi
Xar hil sport turlari uchun katta kompleks, teleminorа yonida joylashgan. Metroda yetib olsa bo‘ladi. “Shahriston” bekatida tushib, ozgina piyoda yurasiz. Bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun mashg‘ulotlar bor. Ba’zida murabbiylar havaskor musobaqalar tashkil qilib, shogirdlarini bellashishga taklif qilishadi.

Kortlar: 4 ta ochiq va 2 ta yopiq kort.
Qoplama: gazon, yog‘och pol.
Manzil: Iftixor ko‘chasi 1.
Narx: Yopiq kort soatiga 250 000 so‘mdan boshlanadi, ochiq kort 100 000 so‘mdan. Kompleksning saytida onlayn ijaraga olish mumkin. Murabbiy bilan mashg‘ulot soatiga 200 000 so‘m. Guruh mashg‘ulotlari: 12 ta dars uchun abonement — 1 700 000 so‘m, 8 ta dars — 1 300 000 so‘m. Guruhda bir martalik mashg‘ulot — 250 000 so‘m.
GoTennis klubi
Kattalar va bolalar uchun tennis darslaridan tashqari yoshlar uchun yozgi oromgoh bor. Shuningdek, havaskorlar turnirlari va tennis bo‘yicha master-klasslar ham o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod murabbiylar olib boradi.

Kortlar: 3 ta ochiq va 2 ta yopiq kort.
Qoplama: qum, rezina.
Manzil: “Yoshlik” stadioni | NBUNarx: Bir soatga kortni ijaraga olish 250 000 so‘m, raketka va to‘plar 180 000 so‘m. Murabbiy bilan mashg‘ulot — 1 kishi uchun 500 000 so‘m, 2 kishi uchun 580 000 so‘m. Guruh mashg‘ulotlari: 12 ta dars — 2 000 000 so‘m, 8 ta dars — 1 600 000 so‘m. Kortni ijaraga olish yoki darsga yozilish uchun Telegram-botga yozish mumkin.
“Uchqun” sport kompleksi
Bu joy uncha mashhur emas. Shuning uchun, eng qulay vaqtlarda — ertalab 12 gacha va kechqurun 5 dan keyin kortni ijaraga olish mumkin.
Kortlar: оchiq kortlar.
Qoplama: qum, rezina.
Manzil: Yunusobod dahasi, 2-mavze, 11a/1.
Narx: maydon ijarasi — soatiga 140 000 so‘m, raketka ijarasi — soatiga 25 000 so‘m. Murabbiy bilan alohida kelishasiz: 1 soatlik dars 500 000 so‘m bo‘ladi. Summaga kort, to‘plar va raketkalar ijarasi kiradi.

ITEK Juniors tennis maktabi
Bu yerda bolalar va kattalar mashq qiladi, havaskorlar ligalari, yig‘inlar va xalqaro uchrashuvlar o‘tkaziladi. Maktabni Iroda To‘laganova ochgan — O‘zbekiston tennis yulduzi, dunyoning 16-raqamli tennischisi va O‘zbekiston Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari. Murabbiylar darslarni uning dasturi bo‘yicha olib borishadi.

Kortlar: оchiq kortlar.
Qoplama: qum, rezina.
Manzil: Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 16-uy, “Yoshlik” stadioni kortlari.
Narx: 6 kishigacha bo‘lgan kattalar uchun guruh — oyiga 2 160 000 so‘m. Mashg‘ulotlar haftasiga 3 marta, 1,5 soatdan bo‘ladi. Narx ichiga kort, murabbiy, fitness mashg‘uloti, anjomlar va suv kiradi. Sinov darsi bepul. Telegram orqali oldindan yozilsh kerak.
Smash Tennis Academy
4 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun professional tennis maktab. Individual yondashuv va zamonaviy metodika asosida mashg‘ulot va’da qilishadi. Mashg‘ulotlarni xalqaro tajribaga ega, Qozog‘istonda o‘smirlar jamoalari bilan ishlagan murabbiylar olib boradi. Mashg‘ulotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkazilishi mumkin.

Kortlar: оchiq va yopiq kortlar.
Qoplama: qum, rezina.
Manzil: “Paxtakor” stadioni.Narx: Guruh mashg‘ulotlari, haftasiga 3 marta, 12 ta dars — 3 000 000 so‘m, 8 ta dars — 2 000 000 so‘m. Bir martalik individual dars — 300 000 so‘m. Narxga raketka va to‘plar kiradi. Sinov darsi bepul, oldindan Telegram orqali yozilasiz. Oddiy kort ijarasi yo‘q.
Prestige International tennis klubi
Klubda professional murabbiylar jamoasi ishlaydi. Bolalar va kattalar uchun xalqaro sportchilarga xos tizimli tayyorgarlikni va’da qilishadi.
Kortlar: yozda ochiq, qishda yopiq kortlar.
Qoplama: qum, rezina.
Manzil: “Lokomotiv” sport kompleksi.
Narx: Kort ijarasi: kunduzi 120 000 so‘m, kechqurun 140 000 so‘m. Raketka va to‘plar — soatiga 200 000 so‘m. Murabbiy bilan individual dars — 500 000 so‘m. Mashg‘ulotni bekor qilsangiz, bu haqda kamida 24 soat oldin xabar berish kerak, bo‘lmasa oldindan berilgan pul qaytarilmaydi.

Universal Tennis
Bolalar va kattalar uchun tennis maktabi, o‘quvchilar orasida mini-turnirlar ham bo‘lib turadi. Yakka tartibda yoki 4 kishigacha bo‘lgan guruhda shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulotlarni mashhur murabbiylar, sport ustalari Aleksandra Stepanova va Janibek Orazaliyev olib boradi.

Kortlar: ochiq kortlar.
Qoplama: qum, rezina.
Manzil: “Dinamo” sport kompleksi.
Narx: Oyiga 12 ta dars — 1 700 000 so‘m, guruhda 2–4 kishi. Individual dars — 500 000 so‘m, bu summaga murabbiy, kort va raketkalar kiradi. Birinchi mashg‘ulot bepul, oldindan Telegram orqali yozilasiz. Oddiy kort ijarasi yo‘q.
