O‘zbekiston o‘yinlari jadvali
Vaqtdagi farq tufayli terma jamoamizning uchta o‘yini O‘zbekistonda jonli efirda kechqurun, tunda va erta tongda namoyish etiladi.

Onlayn translyatsiyalar
O‘zbekiston o‘yinlari va chempionatning boshqa uchrashuvlari Zo‘r TV va Futbol TV kanallarida namoyish etiladi. O‘yinlarni iTV ilovasi orqali tomosha qilish varianti ham bor.
Jonli translyatsiyalar FIFA.com sayti va FIFA’ning YouTube kanalida ham bo‘ladi.
Ochiq translyatsiyalar
Maktablarda. O‘zbekiston bo‘ylab kamida 220 ta maktabda katta ekranlar o‘rnatilib, o‘yinlar bepul namoyish etiladi. To‘liq ro‘yxatni Ta’lim vazirligi saytidan topish mumkin. Agar maktabingiz ro‘yxatda bo‘lmasa, joyida aniqlashtirib ko‘ring. Ayrim rasmiy ro‘yxatga kiritilmagan maktablar ham translyatsiyalar tashkil qilmoqda.
“Bunyodkor” stadionida. Bu yerda o‘yinlarni bir vaqtning o‘zida 10 minggacha muxlis tomosha qilishi mumkin.
Toshkentdagi tomosha joylari:
— Bektemir tumani — “Rohat” mahallasi;
— Mirobod tumani — Furqat bog‘i;
— Mirzo Ulug‘bek tumani — Central Park;
— Olmazor tumani — G‘alaba bog‘i;
— Sergeli tumani — Markaziy xiyobon;
— Uchtepa tumani — Seoul Eco Park;
— Chilonzor tumani — G‘ofur G‘ulom nomidagi Dream Park;
— Shayxontohur tumani — “Anhor Lokomotiv” bog‘i;
— Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi;
— Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i;
— Yangihayot tumani — INDEX Park;
— Yashnobod tumani — “Ashxobod” bog‘i.
Kafe va sport barlardagi namoyishlar
Ko‘pgina sport barlar va kafelarda chempionat o‘yinlari jonli efirda namoyish qilinadi. Ularning aksariyatida faqat ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan o‘yinlari ko‘rish mumkin. Lekin, O‘zbekiston terma jamoasining barcha o‘yinlarini, kechasi va ertalab bo‘ladiganlarini ham namoyish qiladigan joylar bor. Borishni va stol band qilishni oldindan rejalashtirish kerak.
PNX Hall. Manzil: “Zarafshon”, Matbuotchilar ko‘chasi, 17-uy. Stol Telegram-bot orqali band qilinadi. Depozit kerak emas.
“Yujanin”. Manzil: Turkiston ko‘chasi, 12A. Depozit summasi odamlar soni va stolning joylashuviga bog‘liq. 2 kishilik stol uchun narx 18 va 28-iyun kunlari 800 000 so‘mdan boshlanadi, 23-iyun kuni esa 1 500 000 so‘mdan boshlanadi. Stolni bir kun oldin 50% to‘lov bilan band qilish mumkin.
Greenwich. Manzil: Abdurauf Fitrat ko‘chasi, 159-uy. Depozit kerak emas.
Salama. Manzil: Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 77. Depozit har bir kishi uchun 500 000 so‘m.
Princess club. Manzil: Seoul Mun, 2-qavat, “Shale” restorani tagida joylashgan. Depozit, 2 kishilik stol uchun 300 000 so‘m, 4 kishilik stol uchun esa 600 000 so‘m.
