Aydarko‘l

Aydarko‘l — Markaziy Osiyodagi eng yirik sho‘r ko‘llardan biri. Suvining rangi sababli uni “feruza dengiz” yoki “malaxit ko‘li” deb ham atashadi.

Masalan, “Aydarko‘l Resort” turistik majmuasida joylashib, suv bo‘yida sayr qilish, qayiqda suzish va tabiat qo‘ynida dam olish mumkin. Ko‘l sohilida toza qum, qirg‘oqlarida esa ko‘plab qushlarni, jumladan, “Qizil kitobga” kiritilganlarini, hatto tuyalarni ham uchratsa bo‘ladi. Ta’til kunlari mehmonxonada 3 kishilik oila uchun uch kecha dam olish taxminan 9 mln so‘mga tushadi.

Aydarko‘lning go‘zal manzaralarda tuyalarni uchratish mumkin. Manba: fergana.agency

Qanday boriladi? Toshkentdan mashinada borish mumkin. 

Qancha vaqt ketadi? Taxminan 3,5 soat.

Zomin qo‘riqxonasi

Jizzax viloyatidagi mashhur turistik zona. Bu yerda zamonaviy dor yo‘li, osma ko‘prik, tog‘lar va archazorlar bo‘ylab sayr qilib, Jizzax somsasini tatib ko‘rish kerak. Booking.com yoki boshqa saytlardan yaqin atrofdagi mehmonxonalarda topish mumkin. Uch kishilik oila uchun uch kecha taxminan 6 mln so‘mga tushadi.

Zominga ekskursiya guruhlari bilan ham borishadi: masalan, Toshkentdan bir kunlik sayohat kishi boshiga taxminan 300 000 so'mdan tushadi.

Zomin osma ko‘prigi. Manba: extraguide.ru

Qanday boriladi? Silk Avia samolyotida, Toshkent — Zomin yo‘nalishiga bir tomonlama chipta narxi 130 000 so‘m. Jizzaxgacha poyezdda, keyin esa taksida borish mumkin. Chipta narxi o'rtacha 150 000-250 000 so‘m. 

Qancha vaqt ketadi? Poyezdda — taxminan ikki soat, samolyotda bir soatdan kamroq.

Aviaparvozlarda tejang

payme travel’da aviachiptalar uchun TBC Salom kartasi orqali to‘lov qiling va butun mart oyi davomida har bir xaridingiz uchun 10% keshbek oling. Masalan, chipta narxi 200 000 so‘m bo‘lsa, sizga 20 000 qaytadi.

Chipta sotib olish

Andijon

Andijonda tarixiy markaz bo‘ylab sayr qilish bilan birga istirohat bog‘iga ham borish mumkin. Masalan, baland minoralari bilan ajralib turadigan Devonaboy masjidiga kirib o‘tsa bo‘ladi. Uning yonida eski shaharning markazlaridan biri — Temirchilik bozori joylashgan.

Bog‘ishamolni ham maslahat beramiz. U yerdagi eski dor yo‘li kabinalaridan ajoyib manzara ochiladi, tepada esa attraksionlar bor. Bu yerda Buyuk Boburiylar imperiyasi asoschisi Bobur Mirzoning ramziy qabri joylashgan. Yonida kichkina muzey ham bor.

Bog‘ishamoldagi osma yo‘l. Manba: sv.zarnews.uz

Qanday boriladi? Toshkentdan eng tez boradigani bu samolyot. Bir tomonga aviachipta narxi taxminan 400 000 so'm. 

Qancha vaqt ketadi? Bir soatdan kamroq.

Shahrisabz

Shahrisabz — eng qadimiy shaharlardan biri. Asosiy diqqatga sazovor joylar — Oqsaroy hamda Dorut Tilovat va Dorus Saodat me’moriy majmualari. Shaharning tarixiy qismi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharga oilaviy yoki ekskursiya guruhi bilan borish mumkin. Ikki kunlik tur bir kishi uchun taxminan 2 mln so‘mga tushadi.

Shahrisabzdan taxminan 30 kilometr uzoqlikdagi tog‘larda Miraki qishlog‘i joylashgan. Bu yerda zamonaviy osma yo‘l qurilgan: yuqori nuqtadan tog‘lar va Hisor suv omboriga ajoyib manzara ochiladi. Qishloqda turistik mahalla ham bor, u yerda mehmonga qolib, atrof bo‘ylab sayr qilish mumkin.

Shahrisabz qadimiy me’moriy obidalari bilan mashhur. Manba: sputnik8.com/ 

Qanday boriladi? Silk Avia samolyotida, Toshkent — Shahrisabz yo‘nalishiga bir tomonlama chipta narxi taxminan 500 000 so‘m. Poyezdda ham borish mumkin, lekin faqat yakshanba kuni. Samarqanddan taksilar bor, poytaxtdan Samarqandgacha esa samolyotda taxminan 400 000 so‘mga yetib olish mumkin.

Qancha vaqt ketadi? Toshkentdan to‘g‘ri uchish bir yarim soat, poyezdda esa salkam besh soat. Samarqanddan mashinada taxminan ikki soat, poytaxtdan Samarqandgacha uchish deyarli bir soat vaqt oladi.

Xiva

Bu ko‘plab go‘zal me’moriy obidalarga ega shahar. Ichan-Qal’a bo‘ylab sayr qilish va muzeylarga kirish mumkin — chipta narxi 5 000 so‘m. Yangi “Arda Xiva” turistik majmuasiga ham borishni maslahat beramiz. U yerda akvapark, attraksionlar, muzey va bozor bor. Daryo bo‘ylab qayiqda sayr qilish ham mumkin. Majmuaga kirish bepul.

Xorazm ipakchilik muzeyi ham juda qiziqarli. Kirishda mehmonlarga shirinliklar bilan choy uzatiladi. Chipta narxiga faqat O‘zbekistonda ipakchilik tarixi ekskursiya emas, 4 ta “master class” ham kiradi. Kirish narxi 30 000 so‘m.

O‘smir bolalar bilan Nukusga borib, afsonaviy Savitskiy nomidagi muzeyga ham kirib o‘tish mumkin. Uning fondida O‘zbekiston va boshqa davlatlar rassomlarining 100 000 ga yaqin noyob asarlari bor. Masalan, bu yerda rus avangard rassomlarining asarlari to‘plangan. Mazkur kolleksiya ahamiyati va soni jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar davomida chiptalar va mehmonxonalar narxidan 15%, ayrim muzeylarga chipta narxidan esa 50% keshbek qaytarib olish mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uchun keshbek olish mumkinmi?” maqolamizda batafsil yozganmiz.

“Arda Xiva”dagi qayiqlar. Manba: nuz.uz 

Qanday boriladi? Toshkentdan eng tez va qulay yo‘l — samolyotda Urganchga uchish. Chipta narxi bir tomonga taxminan 1 mln so‘m.

Qancha vaqt ketadi? Uchish deyarli 1,5 soat davom etadi, keyin Urganchdan Xivaga trolleybusda borish uchun yana taxminan 1 soat vaqt ketadi.

Olmaota, Qozog‘iston

Shaharda bir-biriga yaqin joylashgan qiziqarli joylar juda ko‘p. Masalan, bolalar bilan Ko‘k-Tobega osma yo‘l orqali chiqish mumkin. Tepada attraksionlar va tomosha maydonlari bor. Osma yo‘lning pastki bekati shahar markazida joylashgan. Bir tomonga chipta narxi kattalar uchun 6 000 tenge — 146 000 so‘m, bolalar uchun esa 3 000 tenge — 73 000 so‘m. Birato‘la borib va qaytish uchun 10 000 va 5 000 tengega chipta olgan yaxshiroq.

Shaharda botanika va hayvonot bog‘lari ham bor. Botanika bog‘iga kirish narxi taxminan 1200 tenge, hayvonot bog‘iga 12 yoshdan kattalar uchun taxminan 1500 tenge, bolalar uchun esa 600 tenge.

Kok-tobe bog‘i. Manba: koktobe.com

Qanday boriladi? Toshkentdan samolyotda uchish mumkin. Ta’til davrida chiptalar odatdagidan taxminan 30% qimmatroq bo‘ladi — o‘rtacha narx 1,5 mln so‘m.

Qancha vaqt ketadi? Parvoz taxminan 1,5 soat davom etadi.

Boku, Ozarbayjon

Bokuda bolalarga yoqadigan ko‘plab joylar bor. Eng mashhurlaridan biri — “Dengiz bo‘yidagi bulvar”, ya’ni bog‘lar, karusellar va sayr qilish mumkin bo‘lgan uzun sohilbo‘yi xiyoboni. Shu yerda Kaspiy dengiziga qaragan katta karusellar ham bor. 

Chipta narxi 12 yoshdan kattalar uchun 10 manat — 71 620 so‘m, yosh bolalar uchun esa 5 manat — 35 810 so‘m. Bulvar yaqinida Kichik Venetsiya shaharchasi ham joylashgan. Bu yerda 1960-yildan beri mavjud bo‘lgan suv kanallarida qayiqda sayr qilish mumkin.

Shaharda hayvonot bog‘i ham bor — chipta narxi 16 yoshdan kattalar uchun 7 manat, kichiklar uchun 2 manat. Bundan tashqari, eski shahar bo‘ylab sayr qilish va dengizga chiroyli manzaralar ochiladigan Nagorniy bog'iga ko‘tarilish ham mumkin.

Dengiz bo‘yidagi bulvar. Manba: Adobe Stock

Qanday boriladi? Samolyotda. Toshkent–Boku yo‘nalishidagi aviachiptalar bir tomonga taxminan 2 mln so‘mga tushadi.

Qancha vaqt ketadi? Parvoz 3 soatdan kamroq davom etadi.

Istanbul, Turkiya

Bolalar bilan Bosfor bo‘ylab paromda sayr qilish, saroylar va ko‘priklarni tomosha qilish hamda “chayka”larni boqish mumkin. Oilaviy dam olish uchun boshqa joylar ham bor. Masalan, Istanbul Akvaryum — tunnel va dengiz jonivorlari bor bo‘lgan Yevropadagi eng yirik akvariumlardan biri. Chiptalar narxi bir kishi uchun 1000 liradan boshlanadi — 300 000 so‘m atrofida. Yana bir qiziqarli joy — Miniatürk bog‘i, bu yerda Turkiyaning mashhur joylarining kichraytirilgan nusxalari: saroylar, masjidlar va ko‘priklar namoyish etilgan. Chipta narxi 900 lira — 250 000 so‘m atrofida.

Oltin Shox qo‘ltig‘i bo‘yida joylashgan Rahmi M. Koç muzeyiga ham kirishni maslahat beramiz. Ekspozitsiyada qadimiy avtomobillar, samolyotlar, poyezdlar, kemalar va turli mexanizmlar namoyish etilgan. 

Standart chipta kattalar uchun 950 lira — 260 000 so‘m atrofida, bolalar uchun esa 450 lira — 124 000 so‘m atrofida. Lekin, chet elliklar uchun narx yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Istanbulda hatto muzqaymoq sotib olish ham sarguzashtga aylanishi mumkin: sotuvchilar sayyohlar uchun haqiqiy shou uyushtirishadi. Manba: Adobe Stock

Qanday boriladi? Samolyotda. Toshkent — Istanbul yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi o‘rtacha 2,3 mln so‘mdan boshlanadi.

Qancha vaqt ketadi? Parvoz deyarli 5,5 soat davom etadi.