Qonun nima deydi?
O‘zbekistonda elektrsamokatlar endi rasman transport vositasi, ya'ni individual mobillik vositalariga tenglashtirilgan. Shuning uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
14 yoshdan boshlab haydash mumkin. Yosh bola ko‘chada minib yursa, ota-onasiga jarima yoziladi.
Faqat bitta odamga ruxsat. Ikki kishi bo‘lib haydash (hatto bola bo‘lsa ham) taqiqlangan. Yuk tashish ham mumkin emas.
Avtomobil yo‘lida faqat o‘ng chet bo‘ylab harakatlanish mumkin, maksimal tezlik — 20 km/soat. Trotuarda — 10 km/soatgacha. Har doim piyodalarga yo‘l beriladi.
Piyodalar o‘tish joyidan tushib o‘tish kerak. Samokatda kesib o‘tish taqiqlangan.
Tunda yoki qorong‘ida ko‘rinadigan bo‘lish shart. Kiyimda yoki samokatda aks ettiruvchi elementlar yoki chiroq bo‘lishi kerak.
Mast holatda haydash, noto‘g‘ri joyda yurish yoki samokatni xohlagan joyda tashlab ketish taqiqlangan.
To‘liq ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan.

Qoidani buzsa nima bo‘ladi?
Jarima yoziladi. Miqdori holatga bog‘liq – eng kamida BHMning 1/3 qismi, 2026 yil may holatiga ko‘ra bu 137 000 so‘m.
Qoidabuzarlikni YXHH xodimlari, videokameralar, hatto ijaraga beruvchi ilovalar ham aniqlaydi. Samokatni noto‘g‘ri joyda qoldirsangiz yoki yo‘l qoidalarini buzsangiz, jarima yechilishi yoki akkauntingiz bloklanishi mumkin.
Boshqalar qoidani buzsa-chi?
Ko‘chada samokatda yomon haydab yurganlarni ko‘rdingizmi? Befarq bo‘lmang. Ilovadagi texnik yordamga shikoyat yozing. Sizdan samokat raqami, vaqt, joy so‘rashadi va chora ko'rishadi.

Samokatni xavfli haydash holatlari yuzasidan shikoyat qilish kerak: bu ham haydovchining o‘ziga, ham atrofdagilarning hayoti va sog‘lig‘iga solinadigan haqiqiy tahdiddir.
Yana xavfsizlik haqida
O‘zingizni asrash uchun mana bu qoidalarga ham amal qiling:
Shlem kiying. Yiqilsangiz, bosh jarohati olish ehtimoli katta.
Quloqchin taqmang. Atrofdagi tovushlarni eshitish muhim – ayniqsa, mashinalar yoki odamlarga yaqinlashganda.
Itlar yonidan ehtiyot bo‘lib o‘ting. Itlar qo‘rqib samokatga tashlanishlari mumkin.
Piyodalar va mashinalar yonida sekin yuring. Trotuarda ham, yo‘lda ham ularga yo‘l berish kerak.
Qayerdan samokat olish mumkin?
Toshkent shahrida servislar ko’p. Biz eng mashhur 4-tasini tanladik: Yandex Go, YOTO, JET va IZZY.
Yandex Go
Samokatni Yandex Go ilovasining o‘zidanoq topish mumkin — ilova yaqin atrofdagi samokatlarni va taqiqlangan hududlarni ko‘rsatadi.
Samokatgacha yetib borish uchun 10 daqiqa bepul kutish vaqti bor. Har bir daqiqaga 100 so‘m sug‘urta qo‘shiladi. Ichki valyuta sotib olish shart emas — to‘lov avtomatik tarzda ilovaga ulangan kartadan yechiladi.
Ko‘plab samokatlar metro bekatlari yonida joylashgan. Hozircha faqat shahar markazida bor.
Narxlar: daqiqasiga 800 so‘mdan + start 1990 so‘mdan,
Paketlar:
- 30 daqiqa - 19 200 so‘m;
- 50 daqiqa - 30 000 so‘m;
- 100 daqiqa - 56 000 so‘m;
- 200 daqiqa - 112 000 so‘m.
YOTO
Ilovani yuklab olish kerak. Hudud qamrovi katta — faqat kulrang (taqiqlangan) zonalarda yurish mumkin emas.
Samokatlar qulay: tormozlari tez ishlaydi, telefon qo‘yish uchun maxsus joy bor. Yurib bo‘lgach, samokatni albatta belgilangan joyga qo‘yish kerak — yo‘lda tashlab ketish taqiqlangan.
Narxi: start — 1190 so‘m, har daqiqa — 990 so‘m.
Paketlar:
- 10 daqiqa — 9490 so‘m;
- 30 daqiqa — 20 490 so‘m.
Bonuslar:
- 70 000 so‘mga hisob to‘ldirganingiz uchun — 3500 ball bonus;
- talabalarga sayohat narxining 20% gachasi keshbek;
- YOTO Club a’zolariga 3% dan 10% gacha keshbek
Jet
Alohida ilovani yuklab olish kerak. Unda qayerda yurish va qayerda to‘xtash mumkinligi aniq ko‘rsatilgan. Samokatlardan 18 yoshdan boshlab foydalanish mumkin.
Narx: daqiqasi 690 so‘mdan + start 990 so‘mdan.
Paketlar:
- 15 daqiqa - 9990 so‘m (1 kunga);
- 30 daqiqa - 18 990 so‘m (2 kunga);
- 60 daqiqa - 36 990 so‘m (7 kunga);
- 100 daqiqa - 58 990 so‘m (14 kunga).
Obuna: oyiga 5990 so‘m, bepul boshlanish, to‘lov faqat daqiqalar uchun.1010 so‘mlik ixtiyoriy sug‘urta bor.
IZZY
Faqat 18 yoshdan boshlab foydalanish mumkin. Harakatni boshlash uchun hisobingizda kamida 20 000 so‘m bo‘lishi kerak — uni Payme orqali to‘ldirish mumkin.
Ilovaning o‘zida sug‘urtani ham rasmiylashtirish mumkin. Agar baxtsiz hodisa ro’y bersa yoki samokat shikastlansa, shartnoma asosida davolanish xarajatlari yoki ta’mirlash summasi qoplanadi.
Narxlar:
Start — 1990 so‘m (4 daqiqa yurish kiritilgan)
Keyin to‘lov har daqiqa bo‘yicha hisoblanadi:
- 4-daqiqadan boshlab — 890 so‘m/daqiqа;
- 7-daqiqadan boshlab — 790 so‘m/daqiqа;
- 10-daqiqadan boshlab — 690 so‘m/daqiqа.
Har bir kutish (pauza) daqiqasi uchun qo‘shimcha 190 so‘m olinadi.
Fiks tariflar:
- 7 daqiqagacha bir martalik safar — 4390 so‘m;
Fiks tariflar: - 20 daqiqagacha bir martalik safar — 9990 so‘m.
Paketlar:
- 7 kun — 19 990 so‘m;
- 15 kun — 29 990 so‘m;
- 30 kun — 39 990 so‘m.
ViRent
Hozircha xizmat faqat Toshkent markazida mavjud. Samokatni mobil ilova orqali olish va to‘lash mumkin. Bron qilingandan keyin 3 daqiqa bepul kutish vaqti beriladi, undan keyin safar uchun pullik vaqt boshlanadi.
Samokatlardan 18 yoshdan boshlab foydalanish mumkin, ikki kishi bo‘lib minish taqiqlanadi.
Sug‘urta narxga kirmaydi — uni alohida 1990 so‘mga ulash mumkin.
Narxlar: daqiqasiga 990 so‘mdan + start 1790 so‘m.
Fiks tariflar:
- 20 daqiqa — 14 900 so‘m;
- 30 daqiqa — 24 900 so‘m.
Xulosa
Elektrsamokat — ekologik toza va shahar ichida yurish uchun qulay transport vositasi. Lekin kamchiliklari ham yo’q emas: yomg‘irda haydash noqulay, narxi esa ko‘pincha taksi bilan bir xil. Shunga qaramay, hordiq va sayr uchun juda yaxshi variant.
Faqat xavfsizlik va o’zaro hurmatni unutmagan holda haydashni unutmang.

