Turkiye Burslari o‘zi nima

Bu, xorijiy talabalar uchun Turkiyaning davlat stipendiya dasturi. Bu bo‘yicha o‘qishga kirganlar bepul ta’lim oladi. Stipendiya o‘qishni, tibbiy sug‘urtani va mamlakatda yashash xarajatlarini qoplaydi. Qo‘shimcha imtiyozlar bor, masalan, bepul turk tili kurslari yoki Turkiyaga borish va qaytishga aviachiptalar uchun bir martalik to‘lov.

Talabalarga har oy stipendiya beriladi — 2024-yilda bakalavriatdagilar 3500 lira, magistratura esa 5000 lira stipendiya olgan. Summa har yili o‘zgaradi. Turkiyadagi yuqori inflyatsiya sababli stipendiya tez-tez to‘lovlari indeksatsiya qiladi.

Dastur, ta’limning bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun amal qiladi, lekin, faqat chet elliklarga. Unda Turkiya fuqarolari ishtirok eta olmaydi. Agar, abituriyentning ota-onasidan biri Turkiya fuqarosi bo‘lsa ham, nomzodning o‘zi boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lsa-da, uning arizasi rad etiladi.

dasturda yosh chegaralari bor: 

O‘qish qarorini tez qabul qildim. Barchasi qanday tashkil etilganini, qaysi hujjatlar kerakligini va umuman nimadan boshlashni tushunib olish kerak edi. Men, o‘qishga hujjat topshirganlarni izlashdan boshladim: YouTube’dagi videolarni ko‘rdim, ushbu dastur bo‘yicha o‘qishga kirgan odamlar bilan maslahatlashdim, talabalarning izohlarini o‘qib chiqdim. 

Dasturning o‘ziga xos jihatlari

Turkiye Burslari boshqa davlatlarning dasturlaridan ancha farq qiladi.

Mamlakatning istalgan davlat OTMni tanlash mumkin. Odatda, boshqa davlatlarning stipendiya dasturlarida faqat kam sonli tanlab olingan universitetlar qatnashadi. Turkiyada esa barcha davlat OTMlari. Arizada 10 tagacha yoqqan OTMni ko‘rsatish mumkin. Xususiy o‘quv yurtlari dasturda ishtirok etmaydi.

Istalgan ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin. Dasturda barcha mutaxassisliklar bor, lekin barcha universitetda ham kerakli yo‘nalish bo‘lmaydi. Bunda, kerakli yo‘nalishga yaqin bo‘lgan dasturga ariza topshirish mumkin. Masalan, sizga universitetning joylashuvi va ta’lim darajasi ma’qul kelsa-yu, lekin u yerda psixologiya fakulteti bo‘lmasa, sotsiologiya yoki xulq-atvor fanlari yo‘nalishiga hujjat topshirsangiz bo‘ladi.

PR sohasini tanladim va bu yo‘nalish Sakarya universitetida bor ekan. Shu sababli menga o‘xshash yo‘nalishni tanlash kerak bo‘lmadi.

Turk tilini bilish shart emas. Ko‘plab joylarda davlat tilini bilish o‘qishga kirish uchun majburiy shart hisoblanadi. “Turkiye Burslari” dasturida bunday talab qo‘yilmaydi. Turk tilini o‘qishga kirgandan keyin ham o‘rganish mumkin — birinchi yilda barcha talabalar til kurslarida o‘qiydi.

Ingliz tilida o‘qishni istasangiz — IELTS yoki TOEFL sertifikatlari bilan darajani tasdiqlash kerak.

Maktab o‘quvchilari ham o‘qishga kirishi mumkin. Maktabni bitirayotgan o‘quvchilar davlat dasturi bo‘yicha o‘qishga ariza topshirishlari mumkin. Bu holatlarda attestat o‘rniga ikki choraklik o‘zlashtirish tabeli taqdim etilishi lozim. Ko‘p yo‘nalishlar uchun minimal akademik o‘zlashtirish darajasi 70%, tibbiyot mutaxassisliklari uchun esa kamida 90%.

Oylik stipendiya bor. U asosiy xarajatlarni qoplaydi: oziq-ovqat, transport, shaxsiy ehtiyojlar. Men o‘qishga kirganimda stipendiya 1000 lira bo‘lgan. Bu, taxminan 100 $ edi. Stipendiya har yili ko‘rib chiqiladi, har yil ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Qabul jarayoni

Dastur uchun arizalar yil boshida — 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi. Hujjatlarni faqat onlayn, dasturning rasmiy saytida topshirish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish oson: anketani to‘ldirish, hujjatlarni biriktirish va motivatsion xat yozish kerak.

Saytda anketani to‘ldirish bosqichlari

Anketa yuborilgandan keyin, kutish kerak. Tekshirish bir necha oy davom etadi, ko‘pincha birinchi bosqich natijalari may oyida keladi. Agar keyingi bosqichga o‘tsangiz, sizni Turkiya elchixonasiga suhbatga taklif qilishadi.

Qanday hujjatlar kerak

Ariza topshirish uchun hujjatlarni oldindan tayyorlab, skanerlash kerak. Birinchi bosqichda ularni tarjima qilish yoki notarial tasdiqlash shart emas. Asl nusxalari ham o’tadi.  Dasturga qabul qilinib, elchixonaga taklif qilinganingizdan keyingina tarjimalar talab qilinadi.

Hujjatlar:

Men, uchta tavsiyani ilova qildim: ikkitasi maktab o‘qituvchilarimdan va bittasi ish joyimdagi direktordan. Muhimi, xatlar rasmiy bo‘lib, imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Tavsiya xatlarimdan biri

Motivatsiya xati qanday yoziladi

Motivatsiya xati arizaning eng muhim qismi. Minglab nomzodlar orasidan sizni tanlashlari unga bog‘liq. Komissiya faqat baholar va hujjatlarni ko‘rishni emas, balki sizni shaxs sifatida bilishni xohlaydi: nima uchun o‘qishni istaysiz, sizga nima ilhom beradi va olgan bilimlaringizni qanday qo‘llashni rejalashtirganingiz haqida.

Motivatsion xat yozishni uzoq vaqt o‘rgandim. YouTube’da videolarni ko‘rdim, shu dastur bo‘yicha o‘qishga kirgan qiz bilan maslahatlashdim va quyidagi xulosalarni chiqardim.

Qolip iboralarda foydalanmang. Komissiya “chet elda o‘qishni orzu qilganman” yoki “mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shmoqchiman” kabi iboralar yozilgan minglab bir xil mazmundagi xatlarni qabul qiladi. Aynan sizga grant berilishi kerakligini ishonchli tarzda tushuntirib berishingiz kerak.

Motivatsiyani ko‘rsating. Yutuqlarni sanab o‘tish o‘rniga, sizni nima ilhomlantirganini, nima uchun Turkiyani tanlaganingizni va bu ta’lim kelajakda sizga qanday yordam berishini gapirib bering. Xatni samimiy tarzda yozing, shunda xatingizga e’tibor berish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.

Misollar keltiring. Tanlagan sohangizga bo‘lgan qiziqishingizni ko‘rsatadigan tashabbuslarni ko‘rsating: maktab yoki ko‘ngillilar loyihalarida ishtirok etish, amaliyotlar, xobbi.

Qisqa yozing. Arizada so‘zlar miqdori cheklangan — taxminan bir betlik matn hajmida bo‘lishi kerak. Mohiyatli yozgan yaxshi. Sizga qulay bo‘lgan tilda yozish mumkin. Men uchun bu, rus tili edi, lekin ingliz yoki turk tilida ham yozish mumkin.

Eng muhimi: boshqalarning matnlarini ko‘chirmasdan, hikoyangizni samimiy tarzda so‘zlab bering. Menimcha, motivatsion xatda fikrimni yaxshi ochib berdim, shuning uchun ham o‘ti ketdim. 

Suhbat va test qanday bo‘ladi

Agar birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lsangiz, elektron pochtangizga suhbatga taklif xati yuboriladi. Uni odatda may oyining oxiri yoki iyun oyining boshiga belgilashadi va Turkiya elchixonasida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni suhbatdan avval barcha nomzodlar qisqa oflayn testdan o‘tishadi. Test matematika, mantiq, geografiya va ingliz tili bo‘yicha asosiy bilimlarni tekshirishga yordam beradi.

Suhbatga taklifnoma.

Testni yomon topshirdim — matematika doim mening zaif tomonim bo‘lgan. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, bu unchalik ahamiyatli emas ekan. Tibbiyot yoki iqtisodiyot yo‘nalishlariga kirayotganlar uchun test natijalari muhimroq. Gumanitar fakultetlarda komissiya ko‘proq sizning motivatsiyangiz va shaxsiy fazilatlaringizga e’tibor beradi.

Testdan keyin suhbatga bordim. Xonada turk universitetlarining vakillari — o‘qituvchilar yoki qabul komissiyasi a’zolari o‘tirishadi. Qaysi tilda javob berishni tanlash mumkin: rus, ingliz yoki turk tilida. Til bilmasangiz, yoningizda tarjimon bo‘ladi.

Lekin ingliz tilini bilsangiz, mustaqil javob berganingiz yaxshi. Shunda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni va til bilimingizni ko‘rsatasiz. Tarjimon gapning faqat bir qismini yetkazib beradi. Natijada fikr siz ifodalagan tarzda emas, boshqacha eshitiladi. Birinchi rus tilida javob berdim, lekin javoblarning ma’nosi tarjimada yo‘qolayotganini sezdim. Shunda ingliz tiliga o‘tdim, komissiya bu tilni bilar ekan, va suhbat ancha yengil o‘tdi.

Menga oddiy savollar berishdi: o‘zingiz haqingizda gapirib bering, nima uchun Turkiyani tanladingiz, o‘qishni tugatgandan keyin qanday kasbda ishlashni rejalashtiryapsiz, aynan shu fakultetga ariza topshirishga nima sabab bo‘ldi? Lekin men gaplashgan tanishlarim ularga qiyin savollar berilganini aytishdi. Masalan, taniqli jurnalistlarning nomlarini sanab berish yoki Turkiyaning hozirgi iqtisodiy ahvolini ta’riflab berishni so‘rashgan ekan. Menimcha, bu siz tanlagan yo‘nalishga bog‘liq. Maslahatim: batafsil javob bering. Shunda siz haqingizda yaxshiroq taassurot shakllanadi.

To‘xtamay gapirishga harakat qildim, rejalarim va qiziqishlarim haqida aytib berdim, nima uchun Turkiyani va ushbu dasturni tanlaganimni tushuntirdim. Menimcha, bu o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: komissiya mening qarorim qat’iy ekanligini va chindan ham o‘qishga intilayotganimni ko‘rdi.

Suhbat natijasini qancha kutish kerak

Natijalar tez kelmaydi. Tekshiruvga deyarli butun yoz ketadi, shuning uchun avgustgacha yangiliklarni kutmasangiz ham bo‘ladi. Xatni avgust oyining boshida — O‘zbekistonda OTMlarga qabul yakunlanayotgan paytda oldim. Uzoq vaqt tekshirishgani tashvishga soldi: agar suhbatdan o‘tmagan bo‘lsam, o‘zimizning universitetga kirish uchun deyarli vaqt qolmagandi.

Xatda o‘qishga kirish tasdig‘i yoki rad etilganligi haqida ma’lumot bo‘lishi mumkin. Qabul qilinsangiz, universitet, mutaxassislik va ta’lim shaklini ko‘rsatishadi. Komissiya talabalarni so‘rovnomada ko‘rsatilgan ustuvorliklar va bo‘sh o‘rinlariga qarab taqsimlaydi. Masalan men, o‘nta universitetni ko‘rsatib, ro‘yxatda ikkinchi bo‘lgan va Istanbulga yaqin joylashgan Sakarya universitetidan joy oldim. 

Type image caption here (optional)O‘qishga kirganim haqidagi xat. Bunda grant nimalarni qoplashi, ta’lim qaysi tilda bo’lishi va qachon kelish kerakligi ko‘rsatilgan.

Endi keyingi bosqich — elchixonada hujjatlarni rasmiylashtirish boshlanadi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish va safarga tayyorgarlik ko‘rish

Siz, haqiqatan ham o‘qimoqchi ekanligingizni tasdiqlashingiz va topshirish paytida yuklangan barcha fayllarning asl nusxalarini ko’rsatishingiz kerak.

Barcha hujjatlarni turk tiliga tarjima qilish, notarial tasdiqlash va Turkiya elchixonasiga olib borish shart. U yerda hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tekshirilib, muhr bosiladi. Keyin, viza, universitet va yotoqxona manzili ko‘rsatilgan rasmiy tasdiqnomani olasiz.

Elchixonada boj to‘lash kerak. Aniq summani eslay olmayman, lekin u ramziy ma’noga ega edi. Notarial tasdiqlangan tarjimalar, tibbiy sug‘urta, apostil, hujjatlarni chop etish uchun taxminan 100$ sarfladim. Hozir qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Nihoyat, barcha hujjatlarni yig‘dim!

O‘qishga kirganim haqidagi tasdiqnomani olishim bilan, aviachiptalar sotib oldim. Ularni grant mablag‘i  hisobidan to‘ladim — grant bir yilda bir marta borib-kelish uchun yo‘l xarajatlarini qoplaydi. Dastlabki haftalarda kerak bo‘ladigan narsalarni oldindan yig’ib qo‘ydim: dorilar, issiq kiyimlar, texnika va poverbank. Turkiyada bular qimmat, ayniqsa elektronika va kosmetika.

Turkiyadagi ilk kunlar

Odatda universitetdagilar talabalarni aeroportda kutib olishadi. Agar siz guruhda emas, o‘zingiz kelsangiz, kutib olishmaydi. Onam bilan borganim uchun meni aeroportda kutib olishmadi.

Istanbulda bir kecha tunab, ertalab avtobusda boshqa shaharga yo‘lga chiqdik. Kelishimiz bilan sim-karta oldik. Turkiyada bu uchun pasport kerak. Menda O‘zbekiston pasporti bo‘lgani uchun sayyohlar tarifidan foydalanishga majbur bo‘ldim —  bu, mahalliy aholiga nisbatan uch barobar qimmat. Yashash ruxsatnomasini olganimdan keyin tarifni o‘zgartirdim.

Yotoqxonada talabalar odatda ikki kishilik ba’zida esa to‘rt-olti kishilik xonalarga joylashtiriladi. Sharoit oddiy: karavot, stol, shkaf. Nonushta va kechki ovqatni yotoqxona beradi. Mening Sakariyadagi tushligim yarim dollar turardi.

Talabalar uchun transport va muzeylarga chegirmalar bor, shuning uchun bemalol yashasa bo’ladi.

Slide 1
Talabalik: ma’ruzalar, dokladlar, kutubxona, uy vazifalari va yarim dollarlik tushlik
Slide 2
Talabalik: ma’ruzalar, dokladlar, kutubxona, uy vazifalari va yarim dollarlik tushlik

Qisqacha: o‘qishga grant asosida qanday kirish mumkin

Shartlarga mos kelishingizni tekshiring. Dastur bo‘yicha Turkiya fuqarosi bo‘lmaganlar o‘qishga qabul qilinishi mumkin. 21 yoshgacha — bakalavr dasturiga, 30 yoshgacha — magistraturaga, 35 yoshgacha — doktoranturaga. O‘zbek maktabining attestati qabul qilinadi.

Hujjatlarni tayyorlang. Pasport, attestat yoki o‘zlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, fotosurat, yashash joyi haqidagi hujjat, til bilish sertifikatlari va tavsiya xatlari.

Motivatsion xat yozing. Nima uchun aynan siz grant olishingiz kerakligini ko‘rsating — maqsadlaringiz, qiziqishlaringiz va rejalaringiz haqida so‘zlab bering.

Ariza topshiring. Ro‘yxatdan o‘tish dasturning rasmiy saytida onlayn tarzda bo’ladi. Arizalar 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Test va suhbatdan o‘ting. Suhbatda tarjimonsiz gapirgan ma’qul, savollarga batafsil va ishonch bilan javob bering.

Qabul xati kelishini kuting. Natijalar avgust oyida keladi. Xatda universitet, yo‘nalish, ta’lim tili va grant shartlari ko‘rsatiladi.

Elchixonada hujjatlarni rasmiylashtiring. Barcha hujjatlarni tarjima qilib, notarial tasdiqlang, davlat bojini to‘lang va universitet manzili, yotoqxona hamda o‘qish uchun ruxsatnoma ko‘rsatilgan rasmiy tasdiqnomani oling.

Sayohatga tayyorlaning. Dastur parvoz xarajatlarini qoplaydi, lekin Turkiyada dorilar, texnika va kiyim-kechaklar qimmatroq, shuning uchun ularni o‘zingiz bilan olib ketganingiz yaxshi. Turkiya OTMlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga yordam berish maqsadida YouTube’da kanal ochganman. Bir nechta videoda o‘z tajribam asosida hujjatlarni to‘plash, motivatsion xat yozish, ko‘chib o‘tishdan oldin nimalarni e’tiborga olish kerakligi va boshqa nozik jihatlar haqida gapirganman. Foydali bo‘ladi degan umiddaman!