NBU Tasviriy san’at galereyasi

Shaharning asosiy ko‘rgazma joylaridan biri. Bu yerda XX asr o‘zbek tasviriy san’ati durdonalari va zamonaviy rassomlarning asarlarini ko‘rish mumkin.

Manzil: Buyuk Turon ko‘chasi, 2. Mo‘ljal, “Mustaqillik maydoni” metro bekati.

Ish vaqti: seshanbadan shanbagacha 10:00 dan 17:00 gacha. Yakshanba va dushanba dam olish kunlari.

Kirish narxi: Kattalar uchun chipta 30 000 so‘m.

Masalan, 2026-yilda “5+1” guruhi bugungi kunning eng muhim muammolaridan biri ekologiya mavzusida “AfterUs” ko‘rgazmasini tashkil qildi. Manba: galereya Telegram kanali

Haqiqiy

Buzilishi kutilayotgan eski uyda rassom va kurator Aleksandra Romanova galereya ochgan. Galereya nomi muallif uchun ayni lahzani saqlab qolishga urinishni anglatadi. Bu yer rassomlar, fotograflar, haykaltaroshlar va musiqachilar yig‘iladigan joy.

Ko‘rgazmalardan tashqari mahorat darslari, suhbat klublari, san’at yarmarkalari, bayram tadbirlari, musiqa tarixi va islom naqshlari mavzularida ma’ruzalar o‘tkaziladi.

Manzil: Parkent ko‘chasi, 115. Mo‘ljal eski ToshMI.

Ish vaqti: tadbirlar asosan shanba va yakshanba kunlari 11:00 dan 19:00 gacha bo‘ladi. Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Kirish narxi: bepul.

Galereyada odatda yosh rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Manba: galereya Instagram sahifasi

Regeneration

Galereya asosan O‘zbekistonning yosh rassomlari bilan ishlaydi va ularga birinchi yirik loyihalarini namoyish etish uchun imkoniyat beradi.

Manzil: Hamid Olimjon maydoni, 13A. Mo‘ljal “Hamid Olimjon” metro bekati.

Ish vaqti: seshanbadan jumagacha 11:00 dan 19:00 gacha, shanba kuni 12:00 dan 20:00 gacha. Yakshanba va dushanba dam olish kunlari.

Kirish narxi: bepul.

NUKUS | NEW GENERATION ko‘rgazmasi. Manba: galereya Instagram sahifasi

Bonum Factum

2010-yilda sobiq yer osti bomba boshpanasida ochilgan mustaqil zamonaviy san’at galereyasi. Bu yerda xorijiy tashkilotlar va elchixonalar bilan birga ommaga ko‘p olib chiqilmaydigan mavzularda ko‘rgazmalar bo‘lib turadi. Masalan, oiladagi zo‘ravonlik va ayollar huquqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etilgan.

Manzil: Sodiq Azimov 3-tor ko‘cha, 20A. Mo‘ljal Yaponiya elchixonasi.

Ish vaqti: juma va dushanba dam olish kunlari. Qolgan kunlar 12:00 dan 20:00 gacha.

Kirish narxi: ko‘rgazmaga qarab farq qiladi, ba’zan bepul bo‘ladi.

Galereyada rasmlarni tomosha qilish va sotib olish mumkin. Manba: galereya Instagram sahifasi

Andakulova

Loyiha kurator Natalya Andakulova tomonidan yaratilgan. U 2012-yildan beri Dubaydagi galereyasi orqali Markaziy Osiyo rassomlarini dunyoga tanitib kelmoqda. 2025-yilda shu nomdagi joy Tashkent City Mall’da ham ochildi.

Manzil: Botir Zokirov ko‘chasi, 7, Tashkent City Mall, 2-qavat.

Ish vaqti: Dushanbadan payshanbagacha 10:00 dan 23:00 gacha, jumadan yakshanbagacha 10:00 dan 00:00 gacha.

Kirish narxi: bepul.

Qoraqalpog‘istonlik rassom Saidbek Sobirboyevning “Xotira naqshlari” ko‘rgazmasi. Manba: galereya Instagram sahifasi

Hlmrdv

Me’mor va dizayner Ulug‘bek Xolmuradov galereyasi. Galereyada mashhur rassomlar va iste’dodli yosh mualliflarning ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Manzil: Nukus ko‘chasi, 31/7. Mo‘ljal Toshkent metro bekati.

Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha 11:00 dan 20:00 gacha, shanba kuni 11:00 dan 19:00 gacha. Yakshanba dam olish kuni.

Kirish narxi: bepul.

Galereyada ko‘pincha yosh rassomlarning ijodini ko‘rish mumkin. Ba’zan fotosuratlar va zargarlik buyumlari ko‘rgazmalari bo‘ladi. Manba: galereya Instagram sahifasi

Fotosuratlar uyi

Badiiy akademiya huzuridagi joy. Asosan fotosuratlarga e’tibor berishadi. Bu yerda rangtasvir asarlari, installyatsiyalar hamda haykaltaroshlik asarlari namoyish etiladi. Mahalliy va xorijlik ijodkorlar o‘z ishlarini namoyish etadi. Mavzular esa O‘zbekistonga bag‘ishlangan.

Manzil: Istiqbol ko‘chasi, 4. Mo‘ljal Amir Temur xiyoboni.

Ish vaqti: dushanbadan tashqari har kuni 10:00 dan 17:00 gacha.

Kirish narxi: bepul.

Fotosuratlar uyi binosi 1934-yilda qurilgan. Manba: Afisha.uz

Ikuo Xirayama madaniyat uyi

Madaniyat markazi 2004-yilda ochilgan va yapon rassomi Ikuo Xirayama sharafiga nomlangan. Uni O‘zbekiston juda ilhomlantirgan va bu yerda madaniyat markazini qurishni taklif qilgan.

Ko‘rgazmalar deyarli har hafta yangilanadi. O‘zbek rassomlarining asarlaridan tashqari yapon ksilografiyasi, an’anaviy furoshiki ro‘mollari ko‘rgazmalari va yapon raqsi festivallarini ham ko‘rish mumkin.

Manzil: Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37A. Mo‘ljal Respublika xoreografiya maktabi.

Ish vaqti: har kuni 09:00 dan 20:00 gacha.

Kirish narxi: bepul.

Markaz o‘zbek-yapon hamkorligida ishlaydi. Interyeri o‘zbekona naqshlar bilan bezatilgan. Manba: O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasi.

ARTepa

Galereya, yaqinda rekonstruksiya qilingan Astronomiya bog‘ida ochilgan. Yon atrofda yosh daraxtlar, qadimiy astronomiya pavilonlari va XIX asr observatoriyalari bor. Ko‘rgazmadan tashqari yangi bog‘da sayr qilish mumkin.

Manzil: Astronomiya bog‘i. Mo‘ljal Gidrometmarkaz.

Ish vaqti: Dushanbadan tashqari har kuni 10:00 dan 18:00 gacha.

Kirish narxi: bepul.

Galereya chiroyli bog‘ ichida joylashgan. Manba: galereya Instagram sahifasi

Boshqa zamonaviy san’at ko‘rgazmalari

“Ilhom” teatri. SSSRdagi birinchi professional mustaqil teatrlardan biri. Teatr foyesida ko‘p ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Spektakldan oldin yoki alohida kelib ko‘rgazmalarni tomosha qilish mumkin. Binoga kirish bepul. Bu joy haqida “Hamyonbop uchrashuvlar uchun Toshkentdagi 7 ta joy” maqolamizda yozganmiz.

MOC prodyuserlik byurosi. Kompaniya o‘zining “Jemchug”dagi ofisini ko‘rgazma maydoniga aylantiradi.

Cultura Gastrobar. Kokteyllar va mualliflik taomlari bo‘lgan gastrobar. Ba’zan zalning o‘zida ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Nukus 89. O‘zgacha muhitga ega bar. Bu yerda ko‘rgazmalar va art-tadbirlar bo‘lib turadi.