Nega hujjatlarni sug‘urtalash kerak?

Agar ID-karta yoki pasportni sug‘urtasiz yo‘qotib qo‘ysangiz, jarima to‘laysiz:

Bundan tashqari, hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji ham bor — BHMning 89%, ya’ni 366 680 so‘m. Agar oflayn, masalan pasport stolida rasmiylashtirsangiz shuncha to‘laysiz. my.gov.uz orqali onlayn topshirib, to‘lasangiz — 10% arzonroq bo‘ladi.

Agar sug‘urta bo‘lsa, yangi hujjat uchun bojni to‘lamaysiz. Uni sug‘urta kompaniyasi qoplaydi. Lekin jarima baribir qoladi. Masalan, siz ID-kartani birinchi marta yo‘qotdingiz. Sug‘urtasiz 366 000 so‘m boj va 1 BHM jarima to‘laysiz. Sug‘urta bilan esa faqat jarima.


Sug‘urta narxi qancha?

Narx sug‘urta kompaniyasiga qarab farq qiladi. Masalan:

  1. Inson’da polis 50 000 so‘m turadi va 10 yil davomida 500 000 so‘mgacha qoplaydi. Agar pasportni almashtirsangiz, sug‘urtani ham qaytadan rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.
  2. Gross’da ID-karta sug‘urtasi Markaziy bank kursi bo‘yicha 1 dollardan, xorijga chiqish pasporti esa 2 dollardan boshlanadi. Bu taxminan 12 000 va 24 000 so‘m. Polis bir yil amal qiladi.
  3. Kapital Sug‘urta’da esa 14 000 so‘m turadi va 700 000 so‘mgacha qoplaydi (ID-karta yoki pasport uchun). Polis bir yil amal qiladi.


Sug‘urtani qanday to‘lash mumkin?

Shartnoma rasmiylashtirilayotganda sizga to‘lovni xodimning shaxsiy kartasiga o‘tkazishni taklif qilishlari mumkin. Bunga rozi bo‘lmang! Sug‘urta rasmiy hisoblanishi uchun to‘lov faqat sug‘urta kompaniyasining rasmiy hisob raqamiga tushishi kerak.

Agar to‘lovni xodimning shaxsiy kartasiga o‘tkazsangiz, qonun bo‘yicha bunday shartnoma haqiqiy deb hisoblanmaydi. Keyinchalik sug‘urta kompaniyasi pulni qaytarishdan yoki sug‘urta tovonini to‘lashdan bosh tortsa, sud orqali ham pulingizni qaytarib olish qiyin bo‘ladi.

Shuning uchun polisni faqat rasmiy usullar orqali to‘lang. Masalan, sug‘urta kompaniyasining sayti orqali.

Sug‘urta polisini payme orqali qulay to‘lash mumkin

Sug‘urta kompaniyasi saytida polis sotib olayotganda, uni payme orqali to‘lang. Agar payme plus obunasini “Hammasi ichida” tarifi bilan yoqsangiz, 1% keshbek qaytadi.

payme plus’ni oyiga 39 990 so‘mga ulang