Bu o‘zi nima va qanday ishlaydi

payme’dagi “Keyinroq to‘lash” servisi bilan hoziroq xarid qilasiz, pulini esa keyinroq to‘laysiz.

Xarid limiti har xil. Tizim operatsiyalaringizni tahlil qilib, siz uchun mos limitni belgilaydi. Masalan, limit 300 000, 500 000, 2 000 000 so‘m yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. payme plus obunasini ulab, TBC Osmon kredit kartasini bog‘lab, istalgan sodiqlik kartasini qo‘shish orqali limitni oshirsa bo‘ladi. Kartani payme’dagi “Sodiqlik kartalari” bo‘limida ochish mumkin. Ilovadan ko‘p foydalanilsa, limit oshib boradi.

Pul qanday qaytariladi

“Keyinroq to‘lash” servisida pulni ikki usulda qaytarish mumkin: kechiktirib va muddatli to‘lov orqali.

Agar pul 10 kun ichida to‘liq qaytarilsa, kechiktirilgan to‘lov mos keladi. Pulni bir necha oyga bo‘lib to‘lash qulaybo‘lsa, muddatli to‘lovni tanlang. Masalan, oylikkacha hali bir hafta qolgan, internet uchun esa hozir to‘lash kerak. Bunday vaziyatda kechiktirilgan to‘lovqulay variant. Kichik summani bir martada qaytarish oson. Xarid summasi katta bo‘lsa, muddatli to‘lov variantini tanlab, bir necha oy qismlarga bo‘lib to‘lagan ma’qul.

Ilovada xohishga qarab muddatli yoki kechik tirilgan to‘lovni tanlash mumkin

Qo‘shimcha to‘lov qancha bo‘lishi mumkin

Kechiktirilgan to‘lov varianti tanlangan bo‘lsa. Pulni 10 kun ichida qaytarsangiz, komissiya to‘lamaysiz. Korzinkada xarid qilsangiz, pulni qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lishi mumkin.

Agar muddatdan kechiksangiz, komissiya paydo bo‘ladi. Uning summasi xarid narxi va pulni qaytarish vaqtiga bog‘liq.

Kechiktirilgan to‘lov uchun komissiya xarid narxi va pulni qaytarish vaqtiga bog‘liq

Muddatli to‘lovni tanlasangiz. Xarid summasining 15% qo‘shimcha to‘lov bo‘ladi. Qo‘shimcha to‘lov xarid summasiga qo‘shiladi, keyin umumiy summa 3 oyga teng bo‘linadi.

Masalan, 700 000 so‘mlik xaridni muddatli to‘lov bilan oldingiz. Bunda qo‘shimcha 105 000 so‘m to‘laysiz. Jami 805 000 so‘m qaytarasiz. 3 oyga bo‘lsak, har oy 268 334 so‘mdan to‘laysiz.

Agar to‘lov kechiktirilsa, har oy penya qo‘shiladi. Penya summasi muddatli to‘lov summasiga bog‘liq. Tepadagi misolni olsak penya uchun asos 805 000 so‘m bo‘ladi va kechiktirilgan har oy uchun qo‘shimcha 30 000 so‘mdan to‘lanadi.

Barcha komissiyalar va penyalar ommaviy ofertada yozilgan

Servisdan qanday foydalanish mumkin

Agar bu servis sizda bo‘lsa, u payme ilovasida to‘lov usullari orasida chiqadi. Agar chiqmasa, demak, aynan shu xarid yoki akkauntingiz uchun servis hozircha ishlamaydi.

Servis faol bo‘lsa, sizga qancha limit berilganini ko‘rasiz

Keyin shuto‘lov usulini tanlab, shartlarini ko‘ring. Ilova qancha qaytarishingiz kerakligini, muddatni va komissiya bor yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Shartlar mos kelsa tasdiqlaysiz. Mos kelmasa bekor qilasiz.

“Keyinroq to‘lash” bilan xarid qilib, mahsulotni sotuvchiga qaytarsangiz, nima bo‘ladi

“Keyinroq to‘lash” orqali xarid qilib, keyin payme orqali uni qaytarsangiz, qaytarish tasdiqlangach limit yana tiklanadi.

Hali pul to‘lamagan bo‘lsangiz, hech narsa qilishingiz kerak emas. Qaytarish rasmiylashtirilgach, limit o‘zi tiklanadi.

Pulni to‘lagan bo‘lsangiz, qaytarish haqida qo‘llab-quvvatlash xizmatidan bilib oling. Bu yerda hammasi sotuvchi bilan servis o‘rtasida qaytarish qanday rasmiylashtirilganiga bog‘liq. Agar sotuvchi bilan payme’siz kelishib qaytarsangiz, limitingiz qayta tiklanmaydi.

To'lov qanday qilinadi


“Keyinroq to‘lash”to‘lovlari avtomatik olinmaydi. Ularni payme’da o‘zingiz to‘lashingiz kerak.

Qancha va qachon to‘lash kerakligini “To‘lovni kutmoqda” bo‘limida ko‘rsa bo‘ladi. Shu bo‘limda qarzni birdaniga yopish yoki pulning bir qismini oldindan to‘lash mumkin. To‘lov uchun komissiya bo‘lmaydigan oxirgi kun ilova sizga eslatma yuboradi

“Keyinroqto‘lash” haqida qisqacha

Hoziroq xarid qilib, pulini keyinroq qaytaring. Xaridlimiti avtomatik belgilanadi. payme plus obunasini ulab, TBC Osmon kreditkartasini bog‘lab, istalgan sodiqlik kartasini qo‘shib, limitni oshirishmumkin.

Pulni darrov yoki bo‘lib-bo‘libqaytarsa bo‘ladi. Kechiktirilgan to‘lovda pulni keyinroq, bittada qaytarasiz. Muddatli to‘lovda summa qismlarga bo‘linadi va uni asta-sekin to‘laysiz.

To‘lovni tasdiqlashdan oldin barchashartlar ko‘rsatiladi. Ilova, oldindan qaytariladigan summa, muddat va ehtimoliy komissiyani ko‘rsatadi.

Kechiktirilgan to‘lovda qo‘shimcha to‘lovbo‘lmasligi mumkin. Pulni 10 kun ichida qaytarsangiz, komissiya bo‘lmaydi. Ba’zi hamkorlarda bu muddat 30 kungacha yetishimumkin.

*“Keyinroqto‘lash” servisi “TBC BNPL” MCHJ tomonidan taqdim etiladi. Cheklovlar bor. “TBCBNPL” MCHJ xizmatlari narxi, to‘lov muddatiga qarab belgilanadi. Barchashartlar — havolada.