Sayohat mavsumini to‘g‘ri tanlang

Iloji boricha sayyohlik mavsumining avjiga chiqqan payti, maktab ta’tillari va yirik bayramlar sanalarini tanlamang. Bu davrda sayyohlar ko‘payadi va aviachipta, turar joy, mashina ijarasi qimmatlashadi. Ba’zan safarni bir necha kunga surishning o‘zi xarajatlarni ancha kamaytiradi.

Yaxshi variantlardan biri — oraliq mavsum. Bu sayyohlar ko‘p va kam keladigan mavsumlar orasidagi davr. Masalan, Yevropaning ko‘plab yo‘nalishlarida aprel-may va sentyabr-oktabr oylari shunday davrga to‘g‘ri keladi. Havo sayr va ekskursiyalar uchun qulay bo‘ladi. Sayyohlar oqimi ham, narxlar ham pasayadi. 2026-yilgi tahliliy hisobotlarga ko‘ra, oraliq mavsumda mehmonxonalar 20–50% gacha, aviachiptalar esa taxminan 40% ga arzonlashishi mumkin.

Lekin faqat narxga qarab safar vaqtini tanlamang. Havo harorati, dengizdagi suvning iliqligi, yog‘ingarchilik ehtimoli va diqqatga sazovor joylarning ishlash vaqtini ham oldindan tekshiring. Tanlagan davr juda arzonligi, mamlakatda sayohat uchun sharoitlar unchalik yaxshi emasligini bildiradi.

Sayyohlik mavsumida va mamlakatning ayrim hududlarida mehmonxona narxlarni juda pastligi ogohlantiruvchi belgi bo‘lishi mumkin. Ob-havoni tekshiring. Masalan, Tailandda yanvar sayohat uchun eng yaxshi oylardan biri. Samuida bu vaqtda yomg‘ir ko‘p yog‘ishi va dengiz to‘lqinli bo‘lishi mumkin

Aviachiptalar narxlarini solishtiring

Aviachiptalarni agregatorlar orqali qidirish qulay. Masalan, payme travelda ko‘plab aviakompaniyalarning takliflari jamlangan. Narxlarni bir nechta saytda tekshirish shart emas. Ta’til sanalarini hali tanlamagan bo‘lsangiz, kalendar va arzon narxlar kartasini ko‘rib chiqing. Ba’zan uchish kunini bir kunga surish chiptani arzonlashtirishi mumkin.

Parvoz narxida bir necha yuz ming so‘mlik farq bo‘lishi mumkin

Chiptani borish-qaytish qilib birga va har bir yo‘nalish uchun alohida qidirib ko‘ring. Aviakompaniyalarning reyslarini birlashtirib, arzonroq variant topish mumkin. Lekin odatda borish-qaytish chiptasini birdaniga olish foydaliroq bo‘ladi.

Uzoq yo‘nalishlarda transferli reyslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslardan arzonroq bo‘lishi mumkin. Lekin kutish vaqtiga va boshqa aeroportga o‘tish kerakligiga ham qarang. Aks holda ovqat, yo‘l kira yoki transferni kutib tunash uchun qo‘shimcha pul sarflab, chipta uchun tejaganingizdan ham ko‘proq xarajat qilishingiz mumkin.

Borish-kelish chiptasini birdaniga xarid qilish foydaliroq. Masalan, Toshkent — Boku — Toshkent yo‘nalishida bitta band qilingan bagajsiz borib-kelish chiptasi 3 972 450 so‘m turadi. Borish va qaytish uchun chiptalarni alohida olsangiz, 4 144 334 so‘m to‘laysiz
Transferli reyslar uchun narxlar farqi uzoq parvozlardа yaxshi seziladi, chunki bunday yo‘nalishlarda ko‘pincha bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bo‘ladi

Qo‘l yukini rasmiylashtiring

Bir necha kunlik sayohat uchun qo‘l yukini o‘zi yetadi. Bu katta bo‘lmagan yo‘l sumkasi, ryukzak yoki ayollar sumkasi bo‘lishi mumkin. Qo‘l yukiga nimalarni solish mumkin va mumkin emasligi haqida “Qo‘l yuki: samolyotga olish mumkin va mumkin bo‘lmagan narsalar” maqolamizda yozganmiz. Qo‘l yukisiz chiptalar arzonroq turadi.

Chamadon kerak bo‘lsa, qo‘l yukini chipta olayotganda yoki aviakompaniya saytida oldindan qo‘shing. Aeroportga borishdan oldin chamadonni uyda tortib, o‘lchamlarini tekshiring. Me’yordan oshgan vazn ancha qimmatga tushishi mumkin.

Masalan, Uzbekistan Airways reyslarida Dubayga uchishda ortiqcha bagajning har bir kilogrammi 5 € (70 000 so‘m) bo‘ladi. Istanbulga uchishda esa 6 € (80 000 so‘m). Qo‘shimcha bagaj uchun saytda oldindan to‘lov qilsangiz, 10% chegirma olish mumkin.

Ikki kishi yoki oila bo‘lib sayohat qilsangiz, barcha uchun bitta bagaj joyini olib, qolganini qo‘l yukiga joylashtirsa bo‘ladi.

payme travel servisida bagajli va bagajsiz chiptalarni solishtirish mumkin

Shaharlar orasida avtobus va poyezdda yuring

Mamlakat ichida poyezd yoki avtobusda yurish, samolyotdan arzonroq bo‘ladi, lekin yo‘lga ko‘proq vaqt ketadi. Borishga shoshilmasangiz, ancha pul tejaysiz.

Masalan, Turkiyada shaharlararo avtobus qatnovlari yaxshi rivojlangan. Men odatda Kamil Koç xizmatidan foydalanaman. Bu kompaniya menga qulayligi bilan yoqadi. Avtobuslarda konditsioner, Wi-Fi, rozetkalar, bagaj bo‘limi bor. Ichimlik va yengil tamaddilar ham chipta narxiga kiradi.

Istanbuldan Antaliyaga safar 1 590 turk lirasi (390 000 so‘m) dan boshlanadi. Boshqa tashuvchilarda arzonroq variantlar ham bor. Yo‘lga taxminan 12 soat ketadi. Taqqoslash uchun, bagaj bilan aviachipta odatda 600 000 so‘mdan boshlanadi, lekin parvoz atigi 1 soat 20 daqiqa davom etadi.

Tezyurar poyezdlar yanada qulayroq. Chunki yo‘lga avtobusga qaraganda kamroq vaqt ketadi. Masalan, Parijdan Lionga taxminan 2 soatda yetib borasiz, chipta 20 € ( 280 000 so‘m)dan boshlanadi. Rimdan Florensiyagacha 1,5 soatlik yo‘l, chipta 30 € (400 000 so‘m)dan boshlanadi.

Shaharlararo avtobuslar hojatxona va yegulik uchun ko‘p to‘xtaydi. Manba: сommons.wikimedia.org

Shaharda jamoat transportidan foydalaning

Ko‘p yirik sayyohlik shaharlarida aeroportdan markazgacha jamoat transporti qatnaydi. Shuning uchun alohida transferga ortiqcha pul to‘lash kerak emas. Masalan, Moskvada Vnukovo aerovokzalidan metroga o‘tish mumkin, Sheremetyevo va Domodedovodan esa shaharga aeroekspressda borsa bo‘ladi. Bir tomonga standart chipta 700 rubl (100 000 so‘m) turadi. Ekspress-avtobuslar bundan ham arzon, 450 rubl (60 000 so‘m). Aeroportdan Moskva markazigacha taksi 1 000–2 000 rubl atrofida turadi. Ba’zan narx qimmatroq bo‘ladi.

Moskvada aeroexpress avtobuslari aeroport terminaliga keladi. Manba: Aeroekspress fotogalereyasi 

Boradigan shahringizda transport uchun qaysi to‘lov tizimi ishlashini oldindan bilib oling. Har safar chipta olishdan ko‘ra, transport kartasi yoki yo‘l chiptasini olish foydaliroq va arzonroq bo‘ladi.

Masalan, Istanbulda bir martalik yo‘l haqi 65 lira (16 000 so‘m), Istanbulkart bilan esa 46,20 lira (11 000 so‘m) turadi. Yo‘l chiptasi shahardagi barcha jamoat transportida, hatto shahar paromlarida ham ishlaydi. Chiptani Biletmatik avtomatlaridan, kassalardan yoki metro, parom, tramvay va ayrim avtobus bekatlaridagi kiosklardan sotib olish mumkin. Narxi 165 lira, 40 000 so‘m. Bir-ikki kunda o‘zini oqlaydi. Antaliya va Izmir kabi Turkiyaning boshqa shaharlarida ham alohida transport kartalari bor.

Mahalliy aholi ovqatlanadigan joylarga boring

Sayyohlik joylariga yaqin, 200–300 metr uzoqlikdagi kafelar ko‘pincha uzoqroqdagi kafelardan qimmatroq bo‘ladi. Tushlik paytida mahalliy aholi ovqatlanadigan kafelarni tanlang. Masalan, Turkiyada hamyonbop ovqatlanish uchun lokantalarga borish mumkin. U yerda uy taomlariga o‘xshash tayyor ovqatlar bo‘ladi.

Sayyohlik hududdagi restoranga kirishdan oldin Google Maps’dan uni topib, mehmonlar joylagan menyu rasmlarini ko‘rib chiqing. Shunda narxlarni oldindan bilib olasiz va cheki yuqori bo‘lgan joylarga kirmaysiz. Qiziqarli kafe va restoranlarni Spotted by Locals ilovasidan topish mumkin. Unda dunyoning 80 dan ortiq shahridagi mahalliy aholi tavsiyalari jamlangan.

Apartament yoki xostelda tursangiz, nonushtani o‘zingiz tayyorlang. Shunda ham sezilarli tejash mumkin. 
Mahalliy bozorlardan mahsulot xarid qilsangiz, xarajatlarni kamaytirasiz va milliy taomlar bilan yaqinroq tanishasiz 

Pulni to‘g‘ri almashtiring va yeching

Aeroportga kelishingiz bilan katta summani almashtirishga shoshilmang. U yerdagi kurs banklar va shahardagi ayirboshlash shoxobchalariga qaraganda kamroq yuqori bo‘ladi. Boshlanishiga transport va mayda xarajatlar uchun yetadigan pulni almashtiring. Qolgan pul uchun foydaliroq joy qidiring.

Karta bilan to‘layotganda yoki bankomatdan pul yechayotganda sizdan operatsiya valyutasini tanlashni so‘rashlari mumkin. Bunda mahalliy valyutani tanlang. Masalan, Turkiyada lira, Tailandda bat, Gruziyada esa lari. Dollar, yevro yoki so‘mni tanlasangiz, dinamik konvertatsiya ishlashi va kurs siz uchun foyda keltirmasligi mumkin. Mahalliy valyutani tanlasangiz ham konvertatsiya bo‘ladi, lekin kamroq yo‘qotasiz.

Yana bankomat komissiyasiga e’tibor bering. Odatda operatsiyani tasdiqlashdan oldin summa ekranda chiqadi. Komissiya yuqori bo‘lsa, boshqa bankomatni qidirib ko‘ring. Ko‘pincha katta mahalliy banklarning bankomatlarida komissiya kamroq bo‘ladi. Agar har bir operatsiya uchun alohida komissiya olinadigan bo‘lsa, pulni bir necha marta emas, bir martada yechgan ma’qul.

Safarga chiqishdan oldin kartangiz shartlarini ham tekshirib oling. Masalan, chet elda TBC Salom Visa bilan to‘lov qilsangiz komissiya bo‘lmaydi. Xaridlar uchun oyiga 500 000 so‘mgacha 1% keshbek olasiz. Bankomatdan naqd pul yechganda esa 10 mln so‘mgacha bo‘lgan komissiyani bank qaytaradi.

Bepul kirish kunlari va muzey kartalaridan foydalaning

Sayohatdan oldin bormoqchi bo‘lgan joylaringiz ro‘yxatini tuzing va chiptalar narxini rasmiy saytlardan tekshiring. Ko‘plab muzeylarda bepul tashrif kunlari yoki soatlari, talabalar uchun chegirmalar va oilaviy chiptalar bo‘ladi.

Ba’zan muzey yoki sayyohlik kartalarini sotib olish ham foydali bo‘ladi. Ular bir nechta diqqatga sazovor joylarga kirish, jamoat transporti, ekskursiyalar yoki chegirmalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Xarid foydali bo‘lishini bilish uchun faqat bormoqchi bo‘lgan joylaringizning chipta narxlarini hisoblang va ularni abonement narxi bilan solishtiring.

Masalan, Astana CityPass tarkibiga Ailand okeanariumi, Ishim bo‘ylab suv sayohati, Red Bus ekskursiyasi, Tinchlik va totuvlik saroyi, muzeylar va boshqa joylarga kirish ham kiradi. Bir kunlik karta 16 990 tenge (400 000 so‘m), uch kunlik karta 19 990 tenge (500 000 so‘m) turadi. Almaty CityPass tarkibiga Kok-Tobe va Medeu–Shimbuloq kanat yo‘llari, hayvonot bog‘i, Kasteyev muzeyi hamda Botanika bog‘iga kirish ham kiradi. Bir kunlik karta 13 990 tenge ( 350 000 so‘m), uch kunlik karta esa 15 990 tenge (400 000 so‘m) turadi.

Ostona shahridagi Tinchlik va totuvlik saroyida turli ko‘rgazmalar va qishki bog‘ni tomosha qilish mumkin. Manba: astana.citypass.kz

Audiogid va arzon ekskursiyalardan foydalaning

Audiogidlar yordamida shahar yoki muzey bo‘ylab tayyor yo‘nalish bo‘yicha sayr qilishingiz mumkin. Bunday variant gid bilan ekskursiyadan arzonroq tushadi. Masalan, izi.TRAVEL ilovasida rus tilidagi audiogidlar ham bor. Ularning ko‘pi bepul. VoiceMap’da GPS orqali ishlaydigan mualliflik sayrlarini sotib olish mumkin. Ilova qayerda ekaningizni aniqlaydi va kerakli joyga yaqinlashganingizda shu joy haqida hikoyani yoqadi.

Yana bir variant — free walking tours, ya’ni donat asosidagi piyoda ekskursiyalar. Ular shahar bilan ilk bor tanishayotganlar uchun qulay. Masalan, GuruWalk saytida Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasidagi deyarli barcha yirik sayyohlik shaharlarida ekskursiyalar bor. Ko‘pchiligi ingliz tilida o‘tkaziladi.

Yana nima kerak bo‘ladi:

  1. Sayohatchilar uchun foydali ilovalar.
  2. Safarga olish kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxati.
  3. Onlayn aviachipta olish bo‘yicha yo‘riqnoma.