Rezidentlik ruxsatnomasi o‘zi nima
Rezidentlik ruxsatnomasi — bu, pullik avtoturargoh yaqinidagi uylarda yashovchilar uchun imtiyozdir. U bilan, tunda, dam olish kunlari va bayramlarda bepul to‘xtash mumkin. Bu faqat yo‘l bo‘yidagi pulli to‘xtash joylariga tegishli. Ko‘p qavatli uylarning hovlilarida va to‘xtash taqiqlanmagan mavze ichidagi hududlarda avvalgidek bepul to‘xtash mumkin, ruxsatnoma shart emas.
Ruxsatnoma kimlar uchun
Buni pullik avtoturargoh zonasida yoki uning yaqinida joylashgan uylar aholisi rasmiylashtirishi mumkin. Ruxsatnoma yashash manziliga biriktiriladi. Ruxsatnomadan ariza beruvchining o‘zi, u bilan shu manzilda yashaydigan va doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar foydalana oladi.
Bitta manzilga faqat ikkita ruxsatnoma beriladi.
Narxi qancha
Avtoturargohga faqat, 8:00 dan 20:00 bo‘lgan vaqt uchun pul to‘lanadi. Narxi — yiliga BHMning 1 baravari, hozir bu 412 000 so‘m. Toshkentning barcha tarif zonalari uchun narx bir xil. Ruxsatnoma bir yil amal qiladi, keyin yangisini ochish kerak.
Dam olish va bayram kunlari soat 20:00 dan 8:00 gacha avtoturargoh bepul.
Ruxsatnoma qanday olinadi
Manzilda doimiy/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan shaxs yoki uy-joy mulkdori ariza topshirishi mumkin. YAIDXPda onlayn rasmiylashtirgan yaxshi, bu oson va bepul. Xizmatlar katalogidan “Poytaxt Parking avtoturargoh ruxsatnomasi”ni topib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosing.
Ariza odatda bir ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlarni qo‘shimcha tekshirish kerak bo‘lsa, muddat 7 kungacha cho‘zilishi mumkin. Toshkentdagi pullik avtoturargohlar operatorining Poytaxt Parking ilovasida ruxsatnomaga to‘lash mumkin. Buning uchun ilovada “Sozlamalar”ga o‘tib, “Abonementlar”ni toping va “Rezident abonementi”ni tanlang.


