Open Budget nima
Open Budget yoki Ochiq budjet — bu, aholi o‘z tumani yoki shahri uchun loyihalarni taklif qilib, ularga ovoz beradigan davlat dasturidir. Odatda bu, oddiy yechimlar: ko‘chaga yoritish chiroqlarini o‘rnatish, maktab yoki bog‘cha remonti, mahalla ichidagi yo‘llarni va ochiq maydonlarni tartibga keltirish yoki obodonlashtirish.
Faqat tuman yoki mahallaning umumiy muammosini hal qiladigan loyihalar qabul qilinadi, alohida shaxsning vazifasi qabul qilinmaydi. Masalan, “Maktab sport zalining remonti” loyihasi mos keladi, “Uy atrofini panjara bilan o‘rash" esa mos kelmaydi.
Bunday loyihalarga mahalliy byudjetlardan qo‘shimcha mablag‘larning kamida 30% ajratiladi. 2026-yildan boshlab qo‘shma moliyalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Agar loyiha mualliflari summaning yarmini to‘lashga tayyor bo‘lsalar, qolgan yarmini Respublika jamg‘armasi qo‘shadi.
Qoidaga ko‘ra, har bir tuman yoki shahar uchun yiliga kamida 10 ta, ko‘pi bilan 30 ta tashabbuskor loyihaga oldindan pul ajratilishi rejalashtiriladi. Loyiha zarur deb topilishi uchun kamida 50 ta ovoz to‘plashi kerak.
Loyiha yetarli ovoz to‘plamagan bo‘lsa ham, unga pul ajratish ehtimoli mavjud. Oliy Majlis deputatlari yiliga ikkitagicha shunday loyihani qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Ularning har biri uchun 8 000 BHMgacha pul ajratilishi mumkin, 2026-yilning fevral oyida bu, deyarli 3,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Loyihangizni qanday taklif qilishingiz mumkin
Loyiha platformada paydo bo‘lishi uchun “Ochiq byudjet” saytida ariza topshirish kerak. Loyihalarni faqat o‘z tumaningiz yoki mahallangiz uchun taqdim etishingiz mumkin.

Anonim (maxfiy) ravishda arizani to‘ldirib bo‘lmaydi. Shaxsiy ma’lumotlar: telefon raqami va JSHSHIRni kiritish lozim. Shuningdek, ariza batafsil to‘ldirilishi kerak: nima qilishni xohlaysiz, qayerda, kim uchun, nima uchun va nimaga bu muhim. Tavsif aniq bo‘lsa, loyiha tekshiruvdan o‘tishi va qo‘llab-quvvatlovchi ovozlarni to‘plashi oson bo‘ladi.
Ariza yuborilgandan so‘ng, uni tekshirishadi. Agar barchasi to‘g’ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa va g‘oya dastur qoidalariga mos kelsa, loyiha mavsum ro‘yxatiga kiritilib, ovoz berishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Qachon loyiha uchun ariza topshirib, ovoz berish mumkin
Open Budget mavsumlarga bo‘lingan. Avval loyihalar qabul qilinadi, keyin tekshiriladi. So‘ng, qisqa tayyorgarlik davri boshlanadi va shundan keyingina ovoz berish jarayoni ochiladi.
2026-yilning I-mavsumi uchun jadval quyidagicha:
- 1-20 fevral — loyihalarni topshirish;
- 21-fevral – 7-mart — komissiya tanlovi;
- 8-10-mart — targ‘ibot ishlari;
- 11-20-mart — ovoz berish;
- 21- mart — g‘olibni e’lon qilish.
- 21-martdan 31-martgacha — qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash.
Faqat 10 kun, 11-martdan 20-martgacha ovoz berish mumkin.
2026-yilning I-mavsumi uchun davlat, ijtimoiy soha obyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qariyb 2,2 trln so‘m ajratdi. 2025-yilda g‘oliblarning tashabbuslarini amalga oshirish uchun 6,6 trln so‘mdan ortiq ajratildi.
Tanlangan loyihaga qanday ovoz beriladi
Platformada mavjud bo‘lgan loyihalarga ovoz berish mumkin. Agar loyiha mavjud bo‘lmasa, demak u hali tekshiruv jarayonida yoki qabul qilinmagan. Platformada e’lon qilingan va ovoz berishda qatnashayotgan har qanday loyihani qo‘llab-quvvatlash mumkin. Masalan, Toshkentda yashaysiz, lekin Samarqand ko‘chalarini yoritish uchun ovoz berishingiz mumkin.
Sayt, rasmiy Telegram-bot, Android yoki iOS’dagi mobil ilova orqali ovoz berish mumkin. Faqat bir marta va faqat bitta loyiha uchun.
Saytda qanday ovoz beriladi:
- “Tashabbusli budjet” bo‘limiga o‘ting;
- “Ovoz berish” tugmasini bosing;
- Loyihani tanlang va “SMS orqali” tugmasini bosing;
- Telefon raqamini kiriting va kod so‘rang
- Saytga kodni kiriting
SMS-dagi kodni hech kimga aytmang. Ovoz berish bepul, lekin operator SMS uchun haq olishi mumkin. Fikringizni o‘zgartirib, boshqa loyihani tanlay olmaysiz.
G‘oliblar ovoz berish yakunlangandan so‘ng “Ochiq byudjet” platformasida e’lon qilinadi. So‘ng, loyihalar bo‘yicha moliyalashtirish rasmiylashtiriladi va mavsum yakunlari bo‘yicha hisobot e’lon qilinadi.
Nima uchun ovozni sovg‘alarga almashtirish kerak emas
Open Budget’da loyiha mualliflari o‘z tashabbuslari haqida ma’lumot berib, qo‘llab-quvvatlovchilarni to‘plash huquqiga ega. Ba’zan jarayon barterga aylanadi: ovoz uchun telefon balansini to‘ldirishni va’da qilishadi yoki mahsulotlar berishadi. Bu sovg‘aga o‘xshaydi, lekin siz, ovozingizni bir martalik foydaga almashtirasiz.
Muammo shundaki, ko‘pincha eng kerakli loyiha emas, balki kimning targ‘iboti kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. Agar, tumanda qulayliklar bo‘lishini istasangiz, o‘zingiz va qo‘shnilaringiz uchun muhim bo‘lgan narsalarga ovoz berganingiz ma’qul.
Firibgarlarga uchrash xavfi ham bor. Ovoz berish uchun odatda telefon raqami, JSHSHIR va SMS-kod kerak. Bu ma’lumotlarni hech kimga berish mumkin emas, ayniqsa sizga pul va’da qilishsa yoki barchasini sizning o‘rningizga qilishlarini aytishsa.
Open Budget haqida qisqacha
Open Budget — bu, sizning tumaningiz, shahringiz yoki mahallangizda qaysi mahalliy loyihalar pul olishiga ta’sir o‘tkazishingiz usulidir.
Platformada loyihani tekshiring. Sayt, Telegram-bot, ilova yoki SMS orqali ovoz berish mumkin, lekin loyiha platformada e’lon qilinishi va mavsumda ishtirok etishi kerak. Agar platformada bo‘lmasa demak, u hali tekshiruvda yoki qabul qilinmagan.
Ovoz sotish — yaxshi fikr emas. Ovoz berishingiz uchun pul, kola yoki mahsulotlar taklif qilishlari mumkin. Lekin, bunday usul bilan kerakli loyihalar emas, balki sovg‘alar tarqatishga puli bo‘lganlar g‘olib bo‘ladi. Natijada, yo‘l yoki bog‘cha ta’miri o‘rniga shahar uchun keraksiz loyiha amalga oshiriladi.
Shaxsiy ma’lumotlar va SMS kodlarni hech kimga bermang. Unlardan firibgarlar foydalanishi mumkin.



.jpg)