Elektr kiyim quritgich

Sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Quritgich faqat metallga tegib turgan matoni qizdiradi, kiyimning qolgan qismi uzoq vaqt nam bo‘lib qoladi. Nozik matoli kiyim ortiqcha osilib tursa unda izlar paydo bo‘lishi mumkin. 

Qancha tejash mumkin. 300 000 so‘mdan boshlab.

Buning o‘rniga oddiy arzonroq quritgich ham bor. Manba: uzum market

Bezakli yostiqlar

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Bunday yostiqlarga suyanish noqulay. Sirpanchiq atlas yoki qattiq matodan tikilgani uchun orqadan sirg‘anib ketadi. Boshni qo‘yganda tikanli bezaklar, qalin kashta yoki qo‘pol zamok xalaqit beradi. 

Qancha tejash mumkin. 300 000 so‘mgacha, ba’zan ko‘proq.

Bezakli yostiqlar chiroyli ko‘rinadi, lekin foydalanish noqulay va tez-tez yuvib, tozalash kerak. Manba: uzum market 

Yumshoq kreslo

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Tashqi ko‘rinishi tez eskiradi. Ichidagi to‘ldirma eziladi, ustki g‘ilofi esa ishqalanadi. Unda o‘tirish unchalik qulay emas, chunki bel uchun tayanch yo‘q. 

Qancha tejash mumkin. O‘rtacha 500 000 dan 2 mln so‘mgacha.

Bunday kresloda o‘tirish ko‘ringanidek qulay emas. Manba: uzum market 

Pichoqlar to‘plami 

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. To‘plamda o‘n xil pichoq bo‘lishi mumkin, lekin hayotda faqat 1–2 tasidan foydalanasiz. Shu pulga bitta sifatli pichoq sotib olgan yaxshi.

Qancha tejash mumkin. O‘rtacha bir million so‘mgacha.

Butun pichoqlar to‘plamidan faqat 1–2 tasidan foydalanasiz. Manba: himart.uz

Oshxona tarozisi

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Odatda sotib olingach bir necha kun ishlatiladi, keyin hammasi eski holatga qaytadi. Yorma yoki un stakan bilan, shakar va tuz qoshiq bilan o‘lchanadi, ziravorlar esa taxminan solinadi.

Qancha tejash mumkin. O‘rtacha 30 000 so‘mdan 400 000 so‘mgacha. 

Ishlatgandan keyin tarozini yuvish kerak. Agar qiyin retseptlarga qiziqmasangiz va grammlarni o‘lchamasangiz, unda u sizga kerak emas. Manba: аsaxiy.uz

Non pishirgich

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Uni ishlatish oson emas. Ko‘pchilik uchun nonni do‘kondan olish osonroq. Yana bir tomoni unda bitta odamga to‘g‘ri keladigan non pishirishning iloji yo‘q. Faqat katta oilalar uchun mos keladi 

Qancha tejash mumkin. O‘rtacha 3-4 mln so‘m.

Non pishirgich ko‘p joy egallaydi va natijada undan deyarli foydalanilmaydi. Manba: asaxiy.uz

Oynani yuvadigan robot

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Oynani uncha yaxshi yuvmaydi. Izlar va chiziqlar qoladi. Ayniqsa oyna burchaklari va chetlari yaxshi artilmaydi. Oxirida baribir qo‘lda tozalashga to‘g‘ri keladi.

Qancha tejash mumkin. O‘rtacha 1 mln so‘m va undan ortiq.

Oyna yuvuvchi robot reklamadagidek yaxshi tozalamaydi. Manba: mionline.uz

Tuxum qaynatgich

Nega sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Tuxumni oddiy kastryulkada ham qaynatish mumkin. Bunday gadjet tezda keraksiz bo‘lib qoladi va oshxonada joy egallaydi.

Qancha tejash mumkin. O‘rtacha 200 000 so‘m.

Tuxum qaynatgich o‘rniga oddiy kastryulkani ishlatish mumkin. Manba: uzum market