Banklar bilan hamkorlik qilmaymiz

Kartalar haqida yozganimiz uchun pul olmaymiz. Maqoladagi ma’lumotlarni ochiq manbalardan olganmiz. Yetishmagan ma’lumotlarni esa banklarning call-markazlaridan aniqlashtirdik.

Taqqoslash uchun mashhur kredit kartalarni tanladik. Maqoladagi shartlar va tariflar material e’lon qilingan paytdagi ma'lumotlarga asoslangan. Banklar ularni istalgan vaqtda o‘zgartirishi mumkin. Karta olishdan oldin ma’lumotlarni bank saytida yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatida tekshirib oliing.

Oddiy debet karta tanlayotgan bo‘lsangiz, “Keshbek va bonuslar olish uchun qaysi bank kartasini tanlash kerak” maqolamiz bor.

TBC Bank’dan TBC Osmon kartasi

TBC Osmon — Mastercard kredit kartasi. Undan O‘zbekistonda ham, chet elda ham foydalanish mumkin. Kartani O‘zbekistonning hali pensiyaga chiqmagan fuqarolari rasmiylashtira oladi.

Qayerda ishlashingiz muhim emas. Kompaniyada ishlasangiz ham, o‘zingiz uchun ishlasangiz ham bo‘ladi. Virtual karta bir necha daqiqada ochiladi. Plastik kartaga esa ilova orqali o‘zingizga yaqin TBC nuqtasida buyurtma berasiz. Toshkent, Samarqand va boshqa katta shaharlarda kartani uyga yetkazib berish xizmati ham bor. Karta ko‘pi bilan uch kun ichida yetib keladi.

Virtual TBC Osmon ochilgandan keyin darrov foydalanish mumkin

💰 Maksimal kredit summasi: 50 mln so‘m.

🚚 Chiqarish, yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish: bepul.

💳 Foiz stavkasi: imtiyozli davr tugagach, yillik 50% gacha. Stavka har bir mijoz uchun alohida belgilanadi va daromadga bog‘liq bo‘ladi.

💸 Imtiyozli davr: 55 kungacha.

💰 Kredit pullarini o‘tkazish: TBC Bank Uzbekistan ilovasi orqali 3%.

📥 To‘ldirish: TBC Bank Uzbekistan ilovasi orqali komissiya yo‘q.

🏧 Kredit pulini naqdlashtirish: summaning 3%, lekin kamida 90 000 so‘m. Bankomat komissiyasi ham bor.

Kechiktirilgan to‘lov uchun jarima yoki penya: birinchi kun uchun qarz summasining 8,75%, ikkinchi kundan boshlab 0,35%.

💰 Keshbek: yo‘q.

🎁 Bonuslar: Mastercard egalariga beriladigan imtiyozlar. Ular orasida aeroportlardagi biznes zallariga kirish, Fast Track xizmati va roumingda 1 Gb bepul internet beruvchi eSIM.

📲 Qanday olinadi: Android va iOS uchun TBC Bank Uzbekistan mobil ilovasida.

Ipak Yuli Bank’dan Monix kartasi

Bu Visa so‘m kartasi. O‘zbekistonda va chet elda ham ishlaydi. Virtual kartadan foydalanish yoki ilova orqali plastik kartaga buyurtma berish mumkin. Uni uyingizgacha yetkazib berishadi.

Monix kartasi qorong‘ida yonadi. Manba: Monix Instagrami

💰 Maksimal kredit summasi: 50 mln so‘m.

🚚 Chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish: bepul.

💳 Foiz stavkasi: imtiyozli davrdan tashqari yillik 41%.

💸 Imtiyozli davr: 62 kungacha.

💰 Kredit pullarini o‘tkazish: istalgan kartaga 3,5%.

📥 To‘ldirish: bank komissiyasi yo‘q.

🏧 Kredit pulini naqdlashtirish: 3,5% olinadi. Bankomat komissiyasi ham bor.

Kechiktirilgan to‘lov uchun jarima yoki penya: muddati o‘tgan qarzga yillik 41% hisoblanadi.

💰 Keshbek: har oy tanlangan uchta toifadagi xaridlar uchun 30% gacha. Qaytariladigan summa 555 000 so‘m.

🎁 Bonuslar: kartadagi qoldiq 100 000 so‘mdan ko‘p bo‘lsa, 9% yillik pul beriladi. “Jigarlar” referal dasturi ham bor. Do‘stingizni karta olishga taklif qilsangiz, 20 000 so‘m olasiz.

📲 Qanday olinadi: Android va iOS uchun Monix mobil ilovasida

Avo Bank’dan Avo Platinum kartasi

Bu Mastercard so‘m kartasi. Plastik kartani olish uchun avval ilovada kartani rasmiylashtirib, keyin eng yaqin kartomatda plastik nusxasini chiqarish kerak. Karta O‘zbekistonda va butun dunyoda ishlaydi.

Ilovada ro‘yxatdan o‘tgandan keyin Avo Platinum’ni kartomatda chiqarish mumkin

💰 Maksimal kredit summasi: 100 mln so‘m.

🚚 Chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish: virtual karta bepul chiqariladi. Plastik karta uchun bir martalik 59 000 so‘m yoki karta amal qiladigan butun davr davomida oyiga 4 990 so‘mdan to‘lash mumkin.

Hisobga xizmat ko‘rsatish: oyiga 180 000 so‘mgacha xarajat qilsangiz bepul. Xarajatlar bundan ko‘p bo‘lsa, oyiga 27 000 so‘m.

💳 Foiz stavkasi: imtiyozli davrdan tashqari 74,9% gacha. Kredit summasi va daromadga bog‘liq.

💸 Imtiyozli davr: 45 kungacha.

💰 Kredit pullarini o‘tkazish: 29 000 so‘m va operatsiya summasining 8,9%.

📥 To‘ldirish: bank komissiyasi yo‘q.

🏧 Kredit pulini naqdlashtirish: 29 000 so‘m va operatsiya summasining 8,9%.

Kechiktirilgan to‘lov uchun jarima yoki penya: birinchi kechiktirilgan to‘lov uchun qarz summasining 1%, ikkinchi va keyingi to‘lovlar uchun 5%.

💰 Keshbek: kredit puliga qilingan barcha xaridlar uchun 1 foiz. Oyiga maksimal 500 000 so‘m qaytariladi. Birinchi xarid uchun esa 100 foiz keshbek beriladi, lekin 100 000 so‘mdan oshmaydi.

🎁 Bonuslar: ikki nafar do‘stingizni taklif qilsangiz va ular kartadan foydalanishsa, oyiga 100 000 so‘m.

📲 Qanday olinadi: Android va iOS uchun Avo Bank mobil ilovasida.

Hamkorbankdan Tez kartasi

Bu Visa so‘m kartasi. Undan dunyoning istalgan nuqtasida foydalanish va onlayn to‘lovlarni qilish mumkin. Elektron hamyonlarni to‘ldirish va chet el valyutasini xarid qilishda 1,5% komissiya olinadi. Virtual va plastik karta bor. Plastik kartani uyingizgacha yetkazib berishadi.

Tez kartasi dizaynining ko‘rinishi. Manba: Tez sayti

💰 Maksimal kredit summasi: 50 mln so‘m.

🚚 Chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish: bepul.

💳 Foiz stavkasi: imtiyozli davrdan tashqari 43,2%.

💸 Imtiyozli davr: 62 kungacha.

💰 Kredit pulini o‘tkazish: Tez ilovasida 2,9%.

📥 To‘ldirish: bank komissiyasi yo‘q.

🏧 Kredit pulini naqdlashtirish: 2,9%, lekin kamida 28 900 so‘m.

❌ Kechiktirilgan to‘lov uchun jarima va penya: kechikishning 4-kunidan boshlab bir martalik 30 000 so‘m. Qarz to‘liq yopilgungacha, qarz summasiga har kuni 60% yillik penya hisoblanadi.

💰 Keshbek: kredit puliga qilingan har bir xarid uchun 0,5 foiz. O‘z pulingiz bilan to‘lasangiz, keshbek ko‘proq bo‘ladi. Bir oyda maksimal 300 000 so‘m qaytariladi.

🎁 Bonuslar: kredit limiti emas, hisobingizdagi o‘z pulingiz qoldig‘iga yillik 12 foiz hisoblanadi. Buning uchun hisobda kamida 500 so‘m bo‘lishi kerak.

📲 Qanday olinadi: Android va iOS uchun Tez mobil ilovasida.

Agrobankdan kredit karta

Kredit olish uchun shartlar bor. Oxirgi olti oy davomida barqaror daromad bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi, boshqa odamning kafilligi yoki ko‘chmas mulk garovi ham talab qilinadi.

💰 Maksimal kredit summasi: 100 mln so‘m.

🚚 Chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish: chiqarish — 50 000 so‘m. O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bepul, lekin karta faqat bank filiallariga yetkaziladi.

💳 Foiz stavkasi: Agrobankda ish haqi oladigan byudjet tashkilotlar xodimlari uchun 27%. Qolganlar uchun 30%.

💸 Imtiyozli davr: yo‘q.

💰 Kredit pulini o‘tkazish: Agrobank ilovasi orqali istalgan kartaga 1%.

📥 To‘ldirish: o‘tkazma orqali kiritilgan summa uchun 1%, bankning bankomatlari orqali 0,5%.

🏧 Kredit pulini naqdlashtirish: 0,5%.

Kechiktirilgan to‘lov uchun jarima va penya: har bir kechiktirilgan kun uchun 0,2% va foiz stavkasi oshiriladi.

💰 Keshbek: yo‘q.

🎁 Bonuslar: yo‘q.

📲 Qanday olinadi: Android va iOS uchun Agrobank mobil ilovasida.

Qaysi kartani tanlash kerak

Taqqoslash uchun asosiy shartlarni jadvalga yig‘dik. Solishtiring va o‘zingizga mos keladigan kartani tanlang.