Rooftop Cinema
Toshkentning eng mashhur bino tomidagi kinoteatrlaridan biri. Seanslar ochiq terrasadagi ikkita shaffof zal ichida bo‘ladi. Divanlar, pledlar, dam olish hududi va kafe bor. Avtoturargoh uchun kassada bepul talon berishadi. Romantik uchrashuvlar uchun alohida seans buyurtma qilsa bo‘ladi. Afisha har hafta ijtimoiy tarmoqlarda yangilanadi.
Manzil: Bobur ko‘chasi, 6, Next SM avtoturargoh tomi.
Narxi: Oddiy seans — 100 000 so‘m, alohida seans — 300 000 so‘m.
Bron qilish: +998-33-242-33-33 yoki Telegram orqali.

Mahalla Cinema
Bino tomi ustidagi shinam yozgi kinoteatr. Mehmonlar uchun maxsus stollar, yumshoq o‘rindiqlar va tapchanlar bor. Bu yerda mashhur xorijiy kinolar qo‘yilib, tematik kino-kechalar uyushtiriladi. Seans paytida ichimlik va gazaklar buyurtma qilish mumkin. O‘zingiz bilan olib kelishga ham ruxsat bor. Kinolar ro‘yxati har hafta sahifalarida e’lon qilinadi
Manzil: Yunusobod 4-kvartal, 84, Yunusabad Gallery SM tomi.
Narxi: Joy — kattalarga 80 000 so‘m, bolalarga 50 000 so‘m. Topchan (6 kishigacha) — 320 000 so‘m.
Bron qilish: +998-90-828-10-80 yoki Telegram orqali.

Sakura Cinema
Yapon bog‘ida joylashgan shinamgina kinoteatr. Kinolar katta ekranda, har oqshom ikki marta — 20:00 va 22:00 da qo‘yiladi. Mehmonlarga katta yumshoq o‘rindiqlar va ko‘rpachalar, salqin havoda pledlar beriladi. Kinolar ro‘yxatida mashhur xorijiy filmlar bor. Afisha har hafta ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Manzil: Minor, 1-berk ko‘cha, Yapon bog‘i.
Narxi: Kattalarga — 90 000 so‘m, 10 yoshgacha bolalarga — 60 000 so‘m. Bog‘ga kirish alohida to‘lanadi: kattalar — 30 000, bolalar — 20 000 so‘m.
Bron: +998-88-306-35-35 yoki Telegram orqali.

Maroqli tomosha uchun maslahatlar:
- O‘zingiz bilan chivinlarga qarshi sprey oling. Hamma joyda ham elektron himoya vositalari yo‘q.
- Joyni oldindan band qiling. Zallar kichkina, sig‘imi cheklangan.
- Yaxshi joylarda o‘tirish uchun ertaroq keling. Odamlarni seans boshlanishidan 30 daqiqa oldin kiritishadi.
