Bu kurslarga borishdan oldin e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlar:

Aniq maqsadni belgilang. Agar bola kompyuterga qiziqsa, qisqa muddatli yoki bazaviy kurslarning o‘zi yetadi. Davomli dasturlarni bolada qiziqish va haftada bir necha bor shug‘ullanishga tayyorlik bo‘lsagina tanlash tavsiya etiladi.

Yoshni inobatga oling. Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin shaklidagi darslar va sodda vazifalar muhim. O‘smirlarga haqiqiy loyihalar ustida ishlash va jiddiyroq yuklamali kurslar ma’qul keladi.

Darsga e’tibor bering. Haftada bir marta va haftada uch marta o‘tiladigan mashg‘ulotlar — bu boshqa-boshqa formatlar. Dasturlash darslari maktab va boshqa to‘garaklarga xalaqit bermasligini inobatga oling.

Ta’lim tilini aniqlashtiring. Ayrim markazlarda mashg‘ulotlar faqat o‘zbek tilida olib boriladi — bu tanlov jarayonida muhim omil hisoblanadi.

Uzoq o‘quv kurslariga to‘lashga shoshilmang. Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz, format va yuklama bolaga mos kelishini tushunish uchun avval sinov darslari yoki qisqa kurslardan boshlang.

IT Step. Yosh dasturchilar akademiyasi

Yosh toifasi: 7–17 yosh
Dars jadvali:
haftada bir marta, 2,5 soatdan
Narxi:
dasturga qarab oyiga 1,03 mln so‘mdan boshlanadi
Manzil:
Istiqbol ko‘chasi, 14-uy. Mo‘ljal: Vestminster universiteti

Bolani ochiq mashg‘ulotlarga olib boring. U o‘ziga mos yo‘nalishni tanlaydi. Manba: akademiya sayti

Akademiyada turli yosh va darajaga mos dasturlar bor. IT olami bilan ilk tanishuvdan tortib, chuqurlashtirilgan o‘qishgacha. Bolalar o‘yinlar, saytlar va ilovalar yaratishni o‘rganib, turli yo‘nalishlarda o‘zlarini sinab ko‘radilar. Mashg‘ulotlar 16 kishilik kichik guruhlarda olib boriladi.

O‘quv jarayoni uzoq muddatga mo‘ljallangan. Dasturga qarab 2 yildan 5 yilgacha davom etadi. Akademiya bolalarni ta’til vaqtida Toshkentda yoki Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada maxsus IT-lagerlarga olib boradi.

Akademiya IT sohasini 0 dan boshlaganlar yoki tizimli o‘rganayotganlar uchun mos.

Kiberone

Yosh toifasi: 6–14 yosh
Dars jadvali:
haftada bir marta, 2 soatdan
Narxlar:
oyiga 750 000 so‘m
Manzil:
Toshkentda bir nechta filiallar bor. Sizga eng yaqin manzilini topish uchun +998 (90) 063-66-99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Instagramda yozish mumkin

O‘quvchilar IT-texnologiyalar bo‘yicha turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi mumkin. Maktabni tugagandan keyin ularga xalqaro namunadagi sertifikat topshiriladi. Manba: maktabning Instagram sahifasi

Darslar modulli tizimda ishlaydi: har bir modul alohida mavzuga bag‘ishlangan. Bu uslub bolalarga dasturlash, vizual modellashtirish, Scratch, chat-botlar yaratish, sun’iy intellekt (AI) bilan ishlash asoslari hamda foto va videomontaj kabi yo‘nalishlarni bosqichma-bosqich, oson o‘zlashtirish imkonini beradi.

Guruhlar kichkina va har bir bolaning o‘z ish o‘rni bor. Agar o‘quvchi darsni qoldirsa, maktabda bepul qo‘shimcha darslar ham bor. Darslarni malakali, amaliyotchi mutaxassislari olib boradi.

Turli yo‘nalishlarini sinab ko‘rishni va katta yuklamalarsiz o‘qimoqchi bo‘lganlarga mos keladi.

Junior Code

Yosh toifasi: 6–17 yosh
Dars jadvali: haftada ikki marta (tanlangan kursga qarab)
Narxlar: Bazaviy kurslar — 16 ta mashg‘ulot uchun 1,2 mln so‘mdan boshlanadi, Professional kurslar — oyiga 1,6 mln so‘mdan boshlanadi
Manzil: Toshkentda filiallar ko‘p. Aniq manzil maktabning Instagram sahifasida bor

Darslarda bolalarga “UCoin” ichki valyutasi beriladi. Bu pulni maktabda bo‘ladigan maxsus yarmarkalarda sarflash mumkin. Manba: Instagram

Maktabda turli yo‘nalishlar bor — bazaviy kurslardan tortib, murakkablashtirilgan dasturlargacha. Bolalar Python tili, mobil ilovalar va chat-botlar ishlab chiqishni o‘rganadi. Bola turli yo‘nalishlarni sinab ko‘rishi va o‘ziga yoqqanini tanlashi mumkin.

Mashg‘ulotlar guruh yoki individual tarzda olib boriladi. Dars jadvali va yuklama tanlangan kursga bog‘liq. Bazaviy kurslar dasturlash bilan ilk tanishuv uchun, professional kurslar esa sohani chuqur o‘qiydiganlarga mo‘ljallangan.

IT-olamining turli yo‘nalishlarida o‘zini sinab ko‘rishni va ta’lim yo‘lini mustaqil tanlashni istagan bolalarga mos keladi.

Mars IT Academy

Yosh toifasi: 8–18 yosh
Dars jadvali:
haftada 3 marta,1 soatdan, to‘liq kurs — 1,5 yil
Narxlar:
oyiga 1,3 mln so‘m
Manzil:
Toshkentda bir nechta filiallar bor, maktabda tanishuv ekskursiyalariga ham borsa bo‘ladi

Bolalar real loyihalar ustida ishlaydilar. Ta’lim o‘yin uslubida olib boriladi. Manba: maktabning Instagrami

Maktabda IT sohasini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘smirlar uchun uzoq muddatli dasturlar bor. O‘quvchilar Frontend, Backend dasturlash va dizayn asoslarini o‘rganadilar. Loyihalar ustida 15 kishilik guruhlarda jamoaviy ish olib boriladi.

Darslar 1 soatdan haftada 3 marta, to‘liq kurs 1,5 yil davom etadi. Darslarda ustozga assistent-o‘qituvchi yordam beradi. Ota-onalar farzandining natijalari haqida hisobot olishadi. O‘quv jarayoni va vazifalarni kuzatish uchun maxsus onlayn-platforma ham bor.

Maktab IT sohasini tanlagan va jiddiy o‘qishga tayyor o‘smirlar uchun mo‘ljallangan.

PDP Junior

Yosh toifasi: 5–16 yosh
Dars jadvali: haftada 3 marta, 1,5 soatdan
Narxlar: oyiga 890 000 so‘m, birinchi dars bepul
Manzil: Yangi Sirg’ali ko‘chasi, 12-uy, Toshkentning turli tumanlarida ham filiallar bor

O‘quvchilar ishlatadigan loyihalar: o‘yinlar, elektron do‘konlar, ilovalar. Manba: maktab sayti

Ta’lim to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi. O‘quvchilar darslarda dasturlash va robototexnikani ham o‘rganishadi. O‘quv dasturida Scratch, Python, JavaScript, HTML va CSS tillari bor.

Mashg‘ulotlar haftada uch marta, 1,5 soatdan. Kurs yakunida shaxsiy loyihalar himoya qilinadi va sertifikatlar beriladi. Bitiruvchilarga PDP akademiyasida qo'shimcha ta'lim olish uchun 30% chegirma belgilangan.

O‘zbek tilida dasturlashni o‘qishni istaganlar va haftada bir necha marta shug‘ullanishga tayyor bo‘lganlar uchun qulay.