Pro Camp
Oromgohda har mavzuli smenalar bo‘ladi. Masalan, birinchi smenada bolalar dorama suratga oladi, oltinchisida esa Voldemort ustidan g‘alaba qozonishadi.
Shinam xonalar, kuniga 6 mahal ovqat, pediatr nazorati, zamonaviy kurslar, sport, ijodiy mashg‘ulotlar va har kuni o‘yin-tanlovlar bor. Oromgoh Chirchiq yaqinida joylashgan. Ota-onalar dam olish kunlari bolalarni ko‘rgani kelishadi, Telegramda ham doimiy hisobotlar olishadi.
Yosh: 6 dan 17 yoshgacha.
Dastur: tanlov uchun sakkizta til, sport, ijodiy to‘garaklar, zamonaviy kasblar bo‘yicha kurslar, taklif qilingan spikerlardan master-klasslar, har kuni o‘yinlar va konkurslar.
Smena: 12 kun.
Narxlar: 3 390 000 so‘mdan 3 790 000 so‘mgacha. Eng arzonlari — 1 va 7 smena, ular 3 390 000 so‘m turadi. 2 va 6 smena — 3 590 000 so‘m, qolganlari esa 3 790 000 so‘m.

Konstruktor
Chorvoq qirg‘og‘idagi toza havo va yashil tabiatli oromgoh. Bolalar uchun raqs va futbol chempionatlari o‘tkaziladi. Ular Ingliz tilini o‘rganishadi, tug‘ilgan kunlar esa quvnoq tarzda nishonlanadi. Har bir guruh Telegramda alohida nazoratda turadi. Ota-onalar bola ta’tilini kuzatib borishlari mumkin. Ovqatlanish — 6 mahal.
Yosh: 6-16 yosh.
Dastur: tabiat qo‘yniga safarlar, qiziqishlar bo‘yicha mashg’ulotlar, qo‘l mehnati va origami to‘garaklari, shaxmat, ingliz tili, kechki tadbirlar, chempionatlar, kino hamda diskoteka
Smena: 12 kun
Narxlar: 2 200 000 so‘mdan 3 150 000 so‘mgacha. Eng arzonlari — 1 va 5 smena, har biri 2 200 000 so‘m turadi.

Semurg
Oqtosh yashil hududida joylashgan va O‘zbekistondagi eng taniqli oromgohlardan biri. Olti mahal ovqatlanish, kuchli nazorat, xalqaro tajribasi bor guruh yetakchilari. Bolalar zerikib qolishmaydi: basseynda suzish, basketbol yoki futbol o‘ynash, raqsga tushishni o‘rganish, tanlovlarda qatnashish va ijod qilishlari mumkin
Yosh: 7-14 yosh
Dastur: sport, suzish, ijodiy to‘garaklar, tillar, Neptun kunini nishonlash, tabiat qo‘yniga safarlar, raqs bo‘yicha batllar, diskotekalar va tanlovlar.
Smena: 14 kun
Narxlar: 1-smena — 4 000 000 so‘m, qolgan uchta smena esa 4 300 000 so‘mdan.

Радуга – Kamalak
G‘azalkentdan pastroqda va Oqtoshning yashil hududida joylashgan zamonaviy oromgoh. Bu joyni qiziqarli dasturlar va e’tiborli guruh yetakchilari uchun maqtashadi. Bolalar uchun to‘garaklar juda ko‘p — bu, haykaltaroshlik, aviamodellashtirish, rasm chizish, qo‘l mehnati to‘garaklari. Bolalar o‘zlarini haqiqiy sahna yulduzlaridek his qilishlari mumkin bo‘lgan karaoke kechalari ham bor.
Yosh: 7-14 yosh
Dastur: sport, suzish, diskotekalar, tanlovlar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, to‘garaklar, mahorat darslari
Smena: 12 kun.
Narxlar: har bir smena uchun 3 400 000 so‘m.

Anor Camp
Bo‘stonliq tumanidagi katta yashil hududda joylashgan ijodkor bolalar uchun oromgoh. Shirinlik va fast-fudlarsiz foydali ovqatlar beriladi, bolalar pediatrning 24 soatlik nazoratida bo‘ladi. Hududda Wi Fi va videokuzatuv bor.
Yosh: 7-14 yosh
Dastur: sport, mavzuli interaktivlar, san’at va hunarmandchilik studiyalari, to‘garaklar, kino, tabiat qo‘yniga safarlar, diskotekalar, tanlovlar
Smena: 12 kun
Narxlar: har bir smena uchun 2 000 000 so‘m.
.webp)
Happy Summer
Ingliz tiliga ko‘proq urg‘u berilgan oromgoh. Chorvoq suv ombori yaqinidagi tog‘li hududda joylashgan. Tabiat qo‘ynida dam olish bu yerda faol va qiziqarli o‘quv dasturi bilan birga olib boriladi.
Yosh: 6 yoshdan 16 yoshgacha.
Dastur: ekologiya, sehr, anime, kino, kvestlar, jamoaviy o‘yinlar va ijodiy tadbirlarga bag‘ishlangan mavzuli smenalar. Sport mashg‘ulotlari, master-klasslar va ingliz tili darslari ham bor — hammasi o‘yin formatida o‘tadi.
Smena: 12 kun.
Narxlar: 1 900 000 so‘mdan 3 990 000 so‘mgacha. Eng arzon smena — 8 smena, u 1 900 000 so‘m turadi. 3 dan 7 smenalar eng qimmat — 3 990 000 so‘mdan.

Sokol
Katta yashil hududli oromgoh. Bo‘stonliq tumanidagi Xo‘jakent qishlog‘ida joylashgan.
Yosh: 7 yoshdan 15 yoshgacha.
Dastur: futbol va voleybol to‘garaklari, rasm va raqs studiyalari, basseynda suzish, kechki kino namoyishlari, kvestlar va tog‘ havosidagi diskotekalar.
Smena: 12 kun
Narxlar: 3 500 000 so‘mdan 3 700 000 so‘mgacha. 1- va 6-smena — 3 500 000 so‘m, qolganlari biroz qimmatroq.

