Hammasini avgustda olmang
O‘qish qurollarining bir qismi, masalan, qo‘shimcha daftarlar yoki plastilin birinchi kunlarda kerak bo‘lmaydi. Boshlanishiga asosiy narsalarni oling. Qolganini keyinroq olsangiz ham bo‘ladi. Birinchidan, pulingizni to‘g‘ri taqsimlaysiz, ikkinchidan, sentyabrda maktab tovarlari arzonroq bo‘ladi.
Yana bir yaxshi tomoni — ortiqcha pul sarflamaysiz. Maktabdan nimalar kerakligini aniqlab olishga vaqt bo‘ladi. Ba’zi o‘qituvchilar yil davomida nimalar kerakligini o‘zlari aytishadi.
Ishlatilgan buyumlarni sotib olish
Yangi buyum olish shart emas. OLX, ota-onalar chatlari yoki ijtimoiy tarmoqlardan yaxshi holatdagi forma, sumka, darsliklar, sport anjomlari va mebellarni topsa bo‘ladi.
Bolalar tez o‘sadi. Kerakli narsalar yaxshi holatda va ancha arzonga sotiladi. Masalan, olx.uz’da dars stollari o‘rtacha 500 000 so‘m, yangisi esa taxminan 1 000 000 so‘m. Uzoq vaqt kerakbo‘ladigan narsalarni, masalan, stol-stul, javonlar, sport anjomlari va texnikani shunday olgan yaxshi.
Sotib olishdan oldin qo‘shimcha rasmlar tashlashni so‘rang, buyumlarning o‘lchamlari va holatini aniqlashtiring.

Oldindan tayyorgarlik ko‘ring
Xaridlarni yozga taqamang. Ko‘p narsalarni yil davomida arzonroqqa olsa bo‘ladi. Yangi yildan keyin, qish tugashida yoki katta chegirmalar vaqtida elektronika va sumkalarni arzonroqqa topsa bo‘ladi. Kanselyariya buyumlarini ham chegirmada xarid qilib, sentyabrga yaqin qolganini olasiz.
Chegirma paytida kiyim va oyoq-kiyimlarni ham arzonroqqa arzonroqqa sotiladi. Lekin ularni oldindan olib qo‘yishga shoshilmang. Maktabgacha bola baribir o‘sishi mumkin. Kelajakni o‘ylab, kattaroq o‘lchamda olsangiz, kiyim baribir tog'ri kelmasligi mumkin. Kerak bo‘ladigan paytda mos kelmaydi yoki bolada yaxshi turmaydi.
Ortiqcha narsalar olmang
Maktabda talab qilmasa, bayramona pidjak, tufli yoki qo‘shimcha forma olmang. Bola ularni atigi bir-ikki marta kiyishi mumkin. Faqat kerakli narsalarni oling. Shunda ortiqcha xarajat qilmaysiz.
Do‘konlarga borishdan oldin o‘tgan yildan qolgan maktab buyumlarini ko‘rib chiqing.
Kiyim-kechak, oyoq kiyim, kanselyariya anjomlari, sumka, penal, papkalar, chizg‘ichlar va bo‘yoqlarni tekshiring. Ularning holati hali yaxshi bo‘lishi mumkin.
payme muddatli to‘lovidan foydalanish
Qimmatroq narsa olish yoki yirik xaridlar qilish kerak bo‘lsa, payme’ning “Keyinroq to‘lash” xizmatidan foydalansangiz bo‘ladi. Shunda birdaniga katta summa sarflamay, xarajatni bir necha oyga bo‘lasiz.
Servisning ishlash tartibi oddiy. Xaridni hozir qilasiz, pulini esa keyin teng to‘lovlar bilan qaytarasiz. Odatda buning uchun 15% komissiya olinadi. Lekin 3-avgustdan 10-sentyabrgacha 3 oyga foizsiz muddatli to‘lov aksiyasi ketmoqda. Masalan, 2 100 000 so‘mga maktab mebeli xarid qilsangiz, shu summani ortiqcha to‘lovsiz, 700 000 so‘mdan uchga bo‘lib qaytarasiz. Aksiya uchun sizda bo‘lib to‘lash limiti bo‘lishi va servisdan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lishingiz kerak.
Bo‘lib to‘lash budjetni tejaydi va kerakli narsalarni sotib olishga yordam beradi.
payme’ning “Keyinroq to‘lash” servisi qanday ishlashi haqida “Hozir xarid qilib, pulini keyin to‘lash servisi qanday ishlaydi” maqolasida yozganmiz.
Maktab bozorlariga boring
Avgust oyida Toshkent va boshqa shaharlarning yirik bozorlarida maktab bozorlari ish boshlaydi. U yerda maktab uchun kerakli hamma narsa bor. Toshkentda “Maktab bozori” rastalarini “Gospitalniy”, “Farhod”, “Askiya”, “Kadisheva”, “Risoviy”, “Qatortol”, “Qo‘yliq”, “Yunusobod”, “Sergeli” bozorlari va savdo markazlarining kirish qismidan topasiz.
Bu yerda asosan kanselyariya buyumlari, sumkalar va aksessuarlar sotiladi. MUMdagi kitob rastalarida tashkil etiladigan yarmarkada darsliklar, qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlarning ham yangisini, ham ishlatilgan variantlarini topasiz. Bozordagi narxlar, odatda, do‘konlarga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Lekin joyga qarab farq qilishi mumkin.
Yana, “Fix Price” do‘konlarga ham kirib ko‘ring. U yerdan daftarlar, ruchka-qalamlar, o‘chirg‘ich, chizg‘ich va fayllarga o‘xshash mayda kanselyariya buyumlarini ancha arzonga topsa bo‘ladi. Lekin sotib olishdan oldin narxi va sifatini solishtirib ko‘ring.

Narxlarni solishtiring va aksiyalardan foydalaning
Avgustdagi chegirma va aksiyalar xarajatlarni ancha kamaytirishga yordam beradi. Ayniqsa qimmatroq narsa olayotganda har xil saytlar va bozorlardagi narxlarni solishtirib ko‘ring. Chegirmalar haqida brendlar va yirik do‘konlarning ijtimoiy tarmoqlaridan ham bilib olsa bo‘ladi.
Internet orqali buyurtma qilganda, mahsulot narxini marketpleyslar va rasmiy do‘konlarda solishtirib ko‘ring. Yetkazib berish narxi qo‘shilsa ham, narxdagi farq baribir seziladi.
