nafutbole.uz futbol maktabi

Bu muntazam futbol o‘ynashni xohlaydiganlar uchun havaskorlar klubi. Jamoalarga o‘smirlar va undan kattalar qabul qilinadi. Mashg‘ulotlar murabbiylar bilan, jadval asosida, haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Jamoangiz bilan ham kelishingiz mumkin, faqat suvni o‘zingiz bilan olib keling. Futbolchilar o‘yin darajasiga qarab guruhlarga ajratiladi. Endi boshlaganlar va tajribali o‘yinchilar uchun alohida jamoalar bor. Klub ichida reytinglar yuritiladi va chempionatlar ham o‘tkazib turiladi. Mashg‘ulotga oldindan yozilish kerak.

Qoplama: parket, gazon.
Qayerda: klubning qishki va yozgi maydonlari bor. Masalan, qishda Kimyo-texnologiya instituti, To‘qimachilik litseyi yoki To‘qimachilik instituti maydonlarda o‘ynash mumkin.
Narxi: sinov mashg‘uloti — kishi boshiga 70 000 so‘m, bir martalik mashg‘ulot — 120 000 so‘m, 8 ta mashg‘ulot uchun abonement — 680 000 so‘m.

Havaskorlar klubida har xil jamoalar bor. O‘yinchilar yosh va darajaga qarab taqsimlanadi. Manba: maktabning Instagram sahifasi

Football Club Tashkent havaskorlar o‘yinlarida ishtirok etish

Bu kattalar uchun havaskorlar o‘yinlarini o‘tkazadigan klub. Maydonga zarar yetmasligi uchun tishli butsa kiyish taqiqlangan, boshqa cheklovlar yo‘q. O‘yinlar deyarli har kuni bo‘ladi. 4 ta jamoa yig‘ilib, o‘zaro musobaqa o‘tkazishadi. Maydonni faqat o‘zingiz uchun band qilishingiz ham mumkin. O‘yinga yozilish yoki ijara shartlarini bilish uchun Telegram orqali bog‘laning.

Qoplama: gazon.
Qayerda:
uchta lokatsiya bor. Ochiq maydonlar Iftixor ko‘chasida joylashgan. Mo‘ljal: Toshkent teleminorasi. “Paxtakor” stadioni atrofida yomon ob-havoda o'ynash uchun yopiq maydon ham bor.
Narxi:
murabbiy bilan havaskorlar jamoasida ikki soatlik o‘yin — kishi boshiga 50 000 so‘m. Bu narx ichiga kiyinish xonasi, suv va “nakidkalar” kiradi. Maydon ijarasi soatiga 200 000 – 300 000 so‘m turadi.

Klubda tez-tez havaskor o‘yinlar tashkil etiladi. Manba: klubning Instagram sahifasi.

Shaharda yoki maktab stadionida maydon ijaraga olish

Shahar yoki maktab stadionlarida deyarli har kuni o‘ynash mumkin. Band qilish uchun kontaktlarni saytlardan yoki shu joyga borib bilib olsa bo‘ladi. Toshkentdagi futbol maydonlarini band qilish xizmati — Mana Polya ham bor. U Telegram’dagi chat-bot orqali ishlaydi: maydonni tanlaysiz va ijara bo‘yicha kelishish hamda sharoitlarni bilib olish uchun telefon raqamini olasiz.

Futbol maydonini o‘zini ijaraga olish ko‘pincha murabbiy bilan mashg‘ulotlarga qatnashishdan ko‘ra arzonroq va qulayroq , chunki birovning jadvaliga moslashishingiz shart emas. Lekin ijara puliga faqat maydonning o‘zi va kiyinish xonalari, ba’zida esa sport anjomlari ham kiradi.

Murabbiy va hakamni o‘zingiz izlashingizga to‘g‘ri keladi. Lekin buning ham iloji bor. Masalan, Aviasozlar-4 dagi VITASPORT o‘smirlar maktabida maydon bilan birga, hakam va murabbiyni ham ijaraga olish mumkin. Lekin buning uchun kamida bir hafta oldin +998 90 970 99 39 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib kelishib olish kerak. Kunduzi u yerda bolalar shug‘ullanadi, ijara vaqti kechqurun ochiladi.

Qoplama: parket, gazon. 
Qayerda:
Toshkentdagi turli lokatsiyalar. 
Narxi:
maydonga qarab 100 000 dan 300 000 so‘mgacha.

Maydon ijarasining o‘rtacha narxlari

Sparta jamoasiga qo‘shilish

Bu Olmaota havaskor futbol maktabining Toshkentdagi filiali. Unga UEFA Grassroots Leaders kurslarini o‘tagan Farhod Usmonov rahbarlik qiladi. Bu yerda maydonni ijaraga olsa ham, jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashsa ham bo‘ladi. Suv va sport anjomlarini maktabning o‘zi beradi.

“Sparta” O‘zbekiston bo‘ylab musobaqalarda ishtirok etadi va o‘z maydonida o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarga murabbiy orqali oldindan yozilish kerak.

Qoplama: gazon.
Qayerda: C-4, "Korzinka Shedevr" orqasida.
Narxi: birinchi mashg‘ulot bepul, bir martaligi — kishi boshiga 60 000 so‘m, 8 ta mashg‘ulot uchun abonement — 480 000 so‘m. Maydon ijarasi — soatiga 250 000 so‘m, murabbiy va hakamsiz.

“Sparta” maktabining o‘yinchilari. Manba: maktabning Instagram sahifasi.

O‘z mahallangizda o‘ynash

Futbol maydonlari deyarli hamma joyda bor, shuning uchun bu juda qulay variant. Internet orqali maydonni band qilish imkoni bo‘lmasa, ijaraga olish uchun telefon raqamini bilgan yaxshi. Odatda telefon raqami kirish joyi yoki kiyinish xonasi eshigiga yoziladi.

Ijara pulini to‘laganingizdan keyin sizga kiyinish xonasi kaliti beriladi. To‘p, suv va boshqalarni o‘zingiz bilan olib kelishingiz kerak.

Qoplama: gazon.
Qayerda:
mahallangizdagi baland panjara bilan o‘ralgan yashil maydonchalarni qidiring.
Narxi:
o‘rtacha 200 000 so‘mdan oshmaydi, hamma joyda har xil. Masalan, Chilonzor-3 dahasida maydon ijarasi soatiga 180 000 so‘mga tushadi.

Toshkent mahallasidagi futbol maydoni.