Oltin-Arashan, Qirg‘iziston

Bu joy — tog‘ havosi, archazor, buloqlar va sukunatni yaxshi ko‘radiganlar uchun ajoyib manzil. Oltin-Arashanda kunni issiq buloqda cho‘milish, tog‘ yo‘llarida sayr qilish yoki daryo shovqinini tinglab, o‘tovda dam olish bilan o‘tkazish mumkin. Yurishga hafsalangiz bo‘lsa, Olako‘l sari yo‘l olib, muzlikka ham chiqishingiz mumkin.

Qirg‘izistonga kirish uchun ID-kartani o‘zi yetadi — xorijga chiqish pasporti kerak emas. Faqat yo‘l Qozog‘iston orqali bo‘lsa, pasportsiz o‘tkazishmaydi. Oltin-Arashan darasiga kirishda kichik ruxsatnoma olinadi, narxi arzon — taxminan 15 ming so‘m.

Borishning ikki xil yo‘li bor: avtobus bilan — Toshkentdan Bishkekka, u yerdan Qorako‘l tomon. “Olmazor” metrosidan har kuni 15:00 da avtobus jo‘naydi, yo‘l 23 soatcha. Chipta narxi 28–35 dollar atrofida.

Agar qulaylik xohlasangiz, samolyot bilan uchishingiz mumkin. Bishkekka parvoz 1 soat, narxlar bir tomonga 115 dollar, ikki tomonga esa 300 dollardan boshlanadi. Bishkekdan esa taksida Qorako‘lga yoki “Teploklyuchenka” nomli ko‘tarilish nuqtasigacha 7–10 dollarga yetib borish mumkin.

O‘rtacha xarajatlar:

Shimbuloq, Qozog’iston

Bu manzil shunchaki sayr emas — bu sarguzasht. Qozog‘istondagi Shimbuloq darasi va Medeu muz maydoni yonidagi funikulyor yo‘li, paraplanda uchish, Ko‘lsoy ko‘llari va Chorin kanyoniga ekskursiyalar — barchasi yoqimli xotiralar qoldiradi. Tog‘lar, toza havo, balandlik va ozgina ekstremal zavq kerak bo‘lsa, ayni shu joy siz uchun.

Qozog‘istonga borish uchun xorijga chiqish pasporti kerak. Agar mashinada ketmoqchi bo‘lsangiz, haydovchilik guvohnomasi, transport hujjatlari va sug‘urta bo‘lishi shart. Ulardan nusxa oling — chegarada asqatadi. Ro‘yxatdan o‘tmasdan 30 kungacha qolish mumkin.

Toshkentdan Olmaotaga borish uchun bir necha variant bor:

Poyezdda 23 soatda borasiz, narxi 35$ atrofida. Yoki samolyot bilan tezroq, narxi esa tanlagan aviakompaniyangizga qarab o‘zgaradi:

Umumiy xarajatlar:

Pomir, Tojikiston

Xorog orqali Pomir avtomagistrali bo‘ylab sayohat qilish, muzlik ko‘llarida cho‘milish, mahalliy gestxauslarda to‘xtash, uyda tayyorlangan chernikali yogurtni tatib ko‘rish va qorli cho‘qqilarni zabt etish mumkin.

Tojikistonga kirish uchun xorijga chiqish pasporti kerak. Pomir hududi (ya’ni GBAO) uchun esa alohida ruxsatnoma olinadiToshkentdagi elchixonada yoki Dushanbeda 4–5 ish kunida rasmiylashtiriladi. Bepul 30 kungacha qolishingiz mumkin.

Borish yo‘llari qanday?

Tezroq bo‘lishini xohlasangiz, Uzbekistan Airways bilan 2,5 soatda Dushanbegacha yetib olasiz — chipta 135$.
Arzonroq variant — Toshkentdagi Food City’dan Dushanbegacha 6 soat, 20–25$.
Dushanbedan Xoroggacha esa taksi — 30$ atrofida. Dushanbegacha emas, chegara punktigacha yetib borib, so‘ng taxminan 30$ ga Xorog gacha taksi olish ham mumkin.

Umumiy xarajatlar:

Zomin, O‘zbekiston

Zomin — uzoqqa bormasdan, betakror tabiat qo‘ynida dam olish uchun eng yaxshi joylardan biri. Yashil tog‘lar, 700 yillik yong‘oq daraxti, qoyatoshlar, g‘orlar va hatto shisha ko‘prik — bu yerda hammasi bor.

Qanday hujjatlar kerak. Faqat ID karta.

Qanday yetib borish mumkin. Eng tez samolyotda — 45 daqiqada. Chiptalar narxi yuksiz, bir tomonga 11$ dan boshlanadi.

Avtobusda uch soatlik yo‘l, chipta narxi 3$.

Yana bir variant — Toshkent — Buxoro poyezdi Dashtobod stansiyasigacha. Yo‘lga 1 soatdan sal ko‘proq ketadi, chipta narxi 14 $ dan boshlanadi. Stansiyada tushib, Zomingacha bir kishi 4-5 $ ga taksida borishi mumkin.

Umumiy xarajatlar:

Agar dam olish kunlari yo‘lga chiqsangiz — gid va avtobus bilan guruhda sayohatni sotib olishingiz mumkin, butun sayohat bir kishi uchun 27$ dan boshlanadi.

Xulosa

Eng yaqini va arzonrog‘i Zomin, ayniqsa tur olsangiz. Shunda yong’oq daraxti va qo‘riqxonaga tashrif buyurish uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. Eng qimmati — Qozog‘istondagi Shimbuloq: bu, bizning “Amirsoy” kabi mashhur tog‘ kurorti.

Tanlang:

Tabiat qo‘yniga borib, miriqib nafas olishni xohlaysizmi — Zomin.